43
2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari.
Mehnat ta`lim jarayonida o`quvchilar harakat qilish ko`nikmalari va
o`quvlarini o`zlashtirishadi; ularda yangi shartli reflektor aloqalari paydo bo`ladi.
Jismoniy mehnat ta`siri ostida harakatlar
koordinatsiyasi takomillashadi, suyak
sistemasi mustahakamlanadi, muskullar sistemasi rivojlanadi, nafas olish va yurak
– qon tomir sistemalarining ishlashi yaxshilanadi, moddalar almashuvi ko`chayadi.
Slesarlik ustaxonasida havo xarorati 16-18
0
S durodgarlik ustaxanosida 15-17
0
S
bo`lishi kerak.
O`quv ustaxanolari muntazam ravishda shamallatib turishi lozim,
chunki
ba`zi mehnat jarayonlari (metallarni payvandlash, ularga termik ishlov berish, elim
tayyorlash, buyumlarni bo`yash va hokazo) bajarilayotganda zararli gazlar ajralib
chiqadi. Katta – kichikligiga qarab ustaxonalar tabiy shamollatishi (agar har qaysi
o`quvchiga 40 m
3
den ko`p maydon to`g`ri kelsa) va un`iy ravshda shamollatilishi
(agar bir o`quvchiga 40 m
3
dan kam maydon to`g`ri kelsa) mumkin.
Ish o`rnining normal yoritilishi ishda katta ahamiyatga ega yaxshisi, tabiy
yorug`likdan foydalanishga to`g`ri keladi. Bunda gigenist vrachlar ishlab chiqqan
normativlarga amal qilinadi ish o`rnining yoritilganligi 100-200
moks atrofida
bo`lishi kerak. Ammo yorug`lik normal bo`lganda ham o`quvchilarga individual
tarzda yondashish lozim; vrach konsul`tatsiyasiga muvofiq o`qituvchi ko`zi yaxshi
ko`rmaydigan o`quvchilarni yaxshi yoritilgan joyga qo`yishi zarur.
O`qo`vchilarning
mehnat
qobiliyatiga
ustaxonalarida
ishlaganda
chiqadigan shovqin ta`sir qiladi. Tadqiqot natijalarining ko`rsatilishiga, ba`zi
44
operatsiyalar ( metallarni plita ustida kesish, taxtalarni
disk arrada tili sh va
hokazo) bajarilayotganda ruxsat etilganidan kuchliroq shovqin chiqadi. Shuning
uchun barcha ortiqcha shovqinni, xususan, zagatovkani notug`ri mahkamlash yoki
mehnat operatsiyalarini notug`ri bajarish bilan bog`liq bo`lgan shovqinni bartaraf
etish kerak.
O`quvchilarning mehnat qobiliyatiga ta`sir qiluvchi
tashqi muxit omillari
haqida gapirganda maktab ustaxonalarining ong jihatidan bezatilishini unitmaslik
lozim. Elektr zanjirini montaj qilish uchun ishlatiladigan simlar izolyatsiya bilan
qoplanadi. Izolyatsiyalangan simlar ham tok o`tkazuvchi
tomi r va izolyatsiya
qөbig`idan iboratligi ko`rsatiladi. Nima maqsadda montaj simlari izolyatsiya bilan
qoplanadi ? deb qo`yilgan savol o`quvchilar uchun murakkab emas, lekin u
o`quvchilarning e`tirofini aktivlashtiradi.
O`quvchilarni simlarning bir tamirli va ko`p tamirli, izolyatsiyalangan va
izolyatsiyalanmagan turlari bilan tanishtirish zarur. O`tkazgichlarning
turli
shartlarida ishlatilishi haqida aytib o`tiladi. Yaqqollik o`chun alohida
o`tkazgichlardan emas, balki elektroradiotexnikada qo`llaniladigan simlarning
asosiy turlari o`rnatilgan maxsus stenddan foydalanilgan ma`qul.
Shuningdek,
elektrotexnika
ishlarini
bajarishga
doir
mashg`ulotlarda
qo`llaniladigan
o`tkazgichlar haqidagi asosiy ma`lumotlarga ega bo`lgan jadval tuzish maqsadga
muvofiq bo`ladi.