Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix19.12.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#76362
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish (1)


/R
ch 
Katta quvvatli transformatorlarda foydali ish koeffitsienti *u’-99% bo`lishi 
mumkin. Kichik quvvatli  transformatorlarda esa (bir necha vatt) FIK 50-50% 
gacha pasayish mumkin. 
Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatish. Sanoat korxonalarini energiya 
bilan ta`minlash masalasi uzoq masofaga sim orqali juda kam isrof bilan uzatish 
mumkin bo`lgan elektrik energiya yordamida hal qilinadi. Ko`pgina elektr 
energiya stantsiyalari daryolarga va arzon yoqilg`i, masalan, torf miqdori etarli 
bo`lgan joylarga quriladi. Elektrik energiya sim orqali elektr stantsiyasiga 
yuzlab va minglab kilometr masofada bo`lgan korxonalarga uzatiladi.
Elektirk energiyani uzoq masofaga uzatishning asosiy masalasi elektr 
stantsiyasi bilan iste`molchini biriktiruvchi simlardagi tok quvvatining 
yuqolishini kamaytirishdir. Tok keltiruvchi simlarda tok quvvatining yuqolishi 
qo`yidagi formula bilan hisoblanadi: 
P =I
2
 R
2
 


42 
Bundan ko`rinib turibdiki, quvvatning yuqolishi ikki usul bilan kamaytirsh 
mumkin: birinchidan, simlarning qarshiligi R ni kamaytirish, ikkinchidan 
undagi tok kuchini kamaytirish. Elektr stantsiyasi bilan iste`molchi orasidagi 
berilgan masofadagi o`tkazgich simlarning qarshiligi faqat simlarning 
ko`ndalang kesim yuzini orttirish yo`li bilangina kamaytiriladi, bu esa, 
ravshanki noqulay va uncha uzoq bo`lmagan joylardagina qo`llash mumkin.
Iste`molchidagi tokning berilgan quvvatini saqlagan holda tok keltiruvchi 
simlardagi tok kuchini kamaytirish bilan bir vaqtda simlar orasidagi 
kuchlanishni orttirish natijasidagina erishish mumkin, bu iste`molchidagi P ni 
hisoblab chiqariladigan formula 
P=U I (cos 
Elektrik energiya uzatilayotgan simlar orasidagi kuchlanish qanchalik yuqori 
bo`lsa, tok uzatish shunchalik qulay bo`ladi, chunki bunda tok kuchi kamayadi 
va simlardagi energiyaning yuqolishi tok kuchining kvadratiga proportsional 
ravishda kamayadi. Yuqorida tushintirilganidek, uzatilayotgan quvvatni 
o`zgartirmasdan o`zgaruvchang tokning kuchlanishini transformator yordamida 
orttirish mumkin. Shuning uchun hozirgi zamon sharoitida elektrik energiyani 
uzoq masofaga transformatorsiz uzatish mumkin emas.
Elektrik energiyani uzoq masofaga uzatish sxemasi ko`rsatilgan. Elektr 
stantsiyasida yuksaltiruvchi transformator o`rnatiladi. Yuqori kuchlanishli 
tokning energiyasi iste`molchi turgan joyga uzatiladi. Iste`molchidan oldin 
pasaytiruvchi transformator o`rnatiladi, chunki iste`molchi kishi hayotga havfsiz 
bo`lgan va alohida izolyatsiya usuli talab qilmaydigan normal kuchlanishli 
elektrik energiyadan foydalanadi.
1854-yilda F.A.Pirotskiy elektrik energiyani sim orqali uzatish bo`yicha 
tajriba o`tkazgan. U quvvati 6 o.k ga teng bo`lgan elektrik energiyani 
Peterburgga yaqin joydagi bir kilometr masofaga uzatgan. 1882-yilda frantsuz 
M.Depre elektrik energiyani birinchi marta sanoatda foydalanish uchun uzatgan. 

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin