Futbolchilarning mahorat darajasini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri bolalarni ilk yoshlik chog‘idan boshlab futbol o‘yiniga rejali va malakali ravishda ommaviy o‘rgatishga bog‘liq. Faqat bola organizimi sistemalarining yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgatish va trenirovka qildirishning eng samarali metodikasini qo‘llanish natijasidagina yuqori sinfdan futbolchilar tayyorlashvazifasini to‘liq hal etish mumkin.
Bolalar va o‘smirlar organizimining anatomik va fizologik xususiyati
Organizm funksiyalarining rivojlanishda markaziy nerv sistemasi va avvalo uning oliy bo‘lagi – bosh miya po‘stlog‘i etakchi rol o‘ynaydi. Jinsiy etilish davriga kelib nerv sistemasining anatomik rivojlanishi deyarli batamom tugallanadi(7,18).
Miyadagi harakat analizatori yadrosining etilish jarayoni 12-13 yoshlarga kelib tugallanadi. O‘smirlik yoshida bolalarning umumiy psixik qiyofasi ayniqsa tez o‘zgaradi. Bolada o‘z-o‘zini namoyon qila borish jarayoni boshlanadi. Bolalarda – xarakatlarni eslab qolish qobiliyati yosh oshib borgan sari ham miqdor, ham sifat jihatidan o‘zgaradi. 9-10 yosh bolalar futbol o‘yinining eng oddiy usullarini nisbatan oson o‘zlashtirib oladi. SHu bilan birga kattaroq yoshda ularni yanada takomillashtirish ishi ancha muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bolalik yoshida sport bilan shug‘ullanish, agar u to‘g‘ri metodika bilan olib borilsa, organizmning shug‘ullanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikki xil namoyon bo‘ladi: morfologik o‘zgarishlar – bunda antronometrik belgilar tez o‘sadi.
Jismoniy mashqlarning suyak sistemasining rivojlanishiga ta’siri ayniqsa sezilarlidir. O‘smirlik yoshida gavdaning o‘sish sur’ati yuqori bo‘lish gavda og‘irligining ortishi qayd qilinadi. Gavdaning bo‘yiga qarab o‘sishi o‘smirlarda asosan 17-18 yoshlarda tugallanadi. SHuning uchun katta balandlikdan sakrab tushayotganda qattiq depsinish, to‘p uchun kurashayotganda elka bilan elkani turtish, birdan to‘xtash va keskin burilish, o‘ng va chap oyoqqa notekis nagruzka berish bel va tos suyaklarining qo‘shilib ketishiga, ularning noto‘g‘ri o‘sishiga sabab bo‘ladi. Oyoqlarga xaddan tashqari nagruzka berish, agar suyak qotishi (jarayoni tugallanmagan bo‘lsa, oyoqning tuyapaypoq bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.)
Bolalar skeletining jadal rivojlanishi ularning muskullari va paylari va bog‘lovchi – bo‘g‘in harakatining shakllanishi bilan mustahkam bog‘lanadi. Bolalarning nafas olish muskullarining rivojlanishi chuqur nafas olishni ta’minlaydi. Muskullarning jadal ishlash vaqtida zarur bo‘lgan o‘pka ventilyasiyasining ancha ortishiga imkon yaratadi. Bolalarda muskul ishlagan vaqtda 1kg og‘irlikka nisbatan kislorod iste’mol qilish katta kishilarga qaraganda ko‘proq. SHu munosabat bilan ochiq havoda futbol bilan shug‘ullanish nafas olish organlarining ishini va umuman butun organizm ishini yaxshilashda katta o‘rin egallaydi. Yosh futbolchilarni tanlash o‘quv mashg‘ulot jarayonining muhim va uzviy qismidir, chunki u sport tayyorgarligining asosiy vazifasini hal etishga – yuqori sport natijalariga erishishga yordam beradi. Futbolda tanlash faqat natijalarning ancha yuqori darajada bo‘lishigina emas, balki shug‘ullanuvchilarning bir xil me’yorda bo‘lishini ham ta’minlaydi, bu esa o‘qitish-o‘rgatish natijalariga ijobiy ta’sir etadi.
Yosh futbolchilar tayyorlashdan asosiy maqsad sport mahoratiga erishish uchun eng qulay bo‘lgan yoshda bolalarni asta-sekin mahoratli sportchi qilib etishtirishdir. Biroq bolalar va o‘smirlar futbolining vazifasi razryadli futbolchi va masterlar tayyorlash bilan tugallanmaydi. Ular, ya’ni o‘smirlar futbolining vazifasi ancha keng bo‘lib, bolalar va o‘smirlarning jismoniy va aqliy jihatdan garmonik rivojlanishlari, ularning sog‘lig‘ini mustaxkamlash va organizmning tashqi muhitining turli xil noqulay ta’sirlarida chidamliligini oshirish hal etiladi.
Futbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligini shartli ravishda to‘rtta bosqichga bo‘lish mumkin:
I. Bosqich – dastlabki tayyorgarlik ( 8-10yosh)
II. Bosqich – boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi ( 11-12 yosh)
III. Bosqich – jiddiy mashg‘ulot (13-16 yosh)
IV. Bosqich – sportchi bo‘lib takomillashuv (17-18 yoshdan boshlanadi)
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida har tomonlamajismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog‘liqni mustaxkamlash va garmonik rivojlanishga xilma-xil ko‘nikma va malakalarni egallab olishga, futbol o‘yini texnikasi va taktikasining boshlang‘ich asoslariga o‘rgatishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi avvalo yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik, shuningdek o‘z harakatlarini vaqt oralig‘ida, havoda va muskullarning zo‘r berish darajasiga ko‘ra boshqara bilish harakai funksiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirishdan iborat. Harakatlar tezligini tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak, chunki bolalik va o‘smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatini tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Jiddiy shug‘ullanishda tezkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi(2.2-jadval).
Tayyorgarlik jarayonida ishbilarmonlar va didaktik o‘yinlarni qo‘llashni yaxshi samara berishi isbotlandi.
O‘yinlarni tarbiyadagi ahamiyati, o‘yinlarni turlarining keng ravishda yoritish, o‘yin o‘tkazish uchun tayyorlash, o‘yin turlari, o‘yinni yakunlovchi aniq tushuntiriladi.
O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘qishga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Ular quyidagilar:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
davolovchilik;
tashxis;
millatlararo muloqot;
ijtimoiylashuv.
Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar, o‘yinlarning muhim qirralari S.A.SHmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi.
O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakterga – «ijod maydoni»ga ega bo‘ladi.
O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.
O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalar bo‘lishini ko‘rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish uslubi sifatida qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K.Selevko ta’biricha) quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash;
o‘yinda ishtirok etuvchildarning real o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun) – ijro sohasi.
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda o‘qitish uslubi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator uslublari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalar» ni tashkil etadi.
Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi.
Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinlar usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K.Selevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘ladi:
didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi;
o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;
o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o‘quv jarayonida didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi.
Didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.
Tadbirkorlik o‘yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:
Ishlab chiqarish imitatsion modeli sifatida taqdim etilgapn o‘quv materiali mazmunining izchilligi;
O‘yinli o‘quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish;
O‘quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug‘dirish va ularni amalda qo‘llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish;
O‘yinning ta’limiy va tarbiyaviy samaradorligi yig‘indisi;
O‘yinni olib boruvchi o‘qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va boshqarishidan talabalarning o‘z hatti-harakatlarini tashkil etish va boshqarishga o‘tishini ta’minlashi.
Tadbirkorlik o‘yinini tayyorlashning ijtimoiy-psixologik muammolariga quyidagilar kiradi:
Ishtirokchilarni tanlash;
Rollarni taqsimlash;
O‘yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash;
Ijtimoiy psixologiya bo‘yicha umumnazariy bilimlarni egallash;
Nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olish;
SHaxsiy tayyorgarlik.
Tadbirkorlik o‘yinlarining didaktik funksiyalariga quyidagilar kiradi:
SHug‘ullanuvchilarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;
Bilimlarni mustahkamlash va qo‘llash;
O‘quv jarayonida bo‘lg‘usi mutaxassisning faoliyati faqat o‘rganish emas, balki uni bajarishiga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi;
SHug‘ullanuvchilar o‘quv-bilish faoliyatining bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib borishi.
Tadbirkorlik o‘yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik bosqichlariga ega:
1. O‘quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshirig‘i shaklida qo‘yish;
Bo‘lg‘usi tadbirkorlik o‘yinining maqsadini aniqlab olish;
Muammoli vaziyatni anglab etish;
SHug‘ullanuvchilarga navbatdagi tadbirkorlik o‘yini haqida dastlabki ma’lumotlar berish.
2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan avval egallangan bilimlardan foydalanish;
Talabalarning o‘qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;
Bajarilishi lozim bo‘lgan ish to‘g‘risida talabalarga yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish;
Olingan bilim,, o‘zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash uslublarini umumlashtirish;
O‘z-o‘zini nazorat qilish.
3. Tadbirkorlik o‘yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.
4. Navbatdagi ishni rejalashtirish;
Ularga avval ma’lum bo‘lganlar asosida uning ayrim bosqichlarini bajarish usullarini tanlash;
Avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o‘z ijodi uchun zarur bo‘lgan yangi uslublarni qidirish;
Rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish.
5. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvi qoidalar (materiallar)ni o‘rgatish va tahlil qilish bo‘yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o‘yinlaridagi o‘z mavqeini aniqlash.
6. O‘zlaridagi bor bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida reja bo‘yicha ishlarni bajarish;
Yangi bilim va malakalarni hosil qilish;
O‘z hatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish;
qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish;
belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish;
yakuniy natijalarni tekshirib ko‘rish va tahlil qilish.
7. SHug‘ullanuvchilar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi va ko‘nikmalarini nazorat qilish va joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
8. SHug‘ullanuvchilarning tadbirkorlik o‘yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko‘rish.
9. SHug‘ullanuvchilarga tadbirkorlik o‘yinlarini o‘tkazish va unda qatnashish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish, ularni rol o‘ynash bo‘yicha taqsim qilish, zarurat tug‘ilganda har biriga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar berish.
10. Oldindan ishlab chiqilgan ssenariy bo‘yicha talabalarning tadbirkorlik o‘yinlari.
11. O‘yin ishtirokchilariga joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
12. O‘yin ishtirokchilarining o‘yin davomida o‘zi o‘ynagan rollariga baho berishi, o‘z-o‘zini nazorat qilishi.
13. Tadbirkorlik o‘yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o‘quv-o‘yin faoliyatiga baho berish.
SHunday qilib, tadbirkorlik o‘yinlari materiallarni yangi bilimlarni egallash, o‘tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi(7,8,12,25).
Tadbirkorlik o‘yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:
Imitatsion o‘yinlar.
Bunday o‘yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o‘tkazish va b.), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi mumkin.
Ssenariyda bunday o‘ynash to‘la tuzilmasi yozib chiqiladi va imitatsiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion (voqeiy) o‘yinlar.
Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o‘yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.
Rol ijro etish o‘yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi, hatti-harakati, o‘z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktika mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri.
Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o‘ynaladi. Bu o‘yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo‘ljalni to‘g‘ri baholay olishni o‘rgatish, o‘zining xulqiga to‘g‘ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish, ular bilan muloqat o‘rnata olishga o‘rgatishdir.
Psixodrama va sotsiodrama.
Bu ham o‘ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko‘zlaydi. Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o‘zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqatga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik o‘yin turlarini farqlaydilar:
1. Mutaxassislar orasida o‘z vazifalarini, dasturlar va rollarini taqsim qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o‘yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga quyidagilar kiradi:
Kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni va ularni ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo‘lgan «vazifa tadqiqotchilari»;
Ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarning faolligi sathida shu guruhning o‘ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;
Ilmiy muammoning echimiga yordam beradigan yo‘llar va betakror fikrlar taklif qiluvchi «g‘oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
g‘oyalarning tug‘ilishiga va ularning boshqa ijodiy guruh a’zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi) talabalar;
ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarning faolligi sathida shu guruhning o‘ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollantiruvchilar»;
ilmiy muammoning echimiga yordam beradigan yo‘llar va betakror fikrlar taklif qiluvchi «g‘oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
g‘oyalarning tug‘ilishiga va ularning boshqa ijodiy guruh a’zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi» talabalar;
muammoni echishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab chiqish va topish bilan band bo‘lgan «nazoratchi» talabalar.