0 ’rta qator o’yinchilari.
Hozirgi futbolda o’rta qator o’yinchilarining harakatlariga ko’p
jihatdan jamoaning muvaffaqiyat qozonishiga aloqador omillardan biri
deb haraladi. Bu ixtisosdagi futbolchilar butun match davomida yuksak
ishchanlikni ta’minlay-digan a’lo darajadagi har tomonlama
tayyorgalikka ega blishlari kerak. Ular hujum va mudofaa
harakatlarida faol bo’lishlari, o’yinni yuksak sur’atda o’tkazishlari va
uni bir dam ham susaytirmasliklari darkor. Taktik tayyorlik bo’yicha,
jamoa bo’lib o’ynash vositalari va usullarini tanlashdagi epchillik va
ixtirochilik bo’yicha o’rta qator o’yinchilari oldiga oshirilgan talablar
qo’yil-moqda. Ular hujumda ham, himoyada ham hamma she:riklarining
hamkorligini uyushtirib turadilar. 0 ’rta qator o’yinchilari mudofaada
ham, hujumda ham bir xilda yaxshi o’ynashlari, butun jamoa o’yinini
tashkil eta bilishlari kerak. Ulaming harakatlari yuksak darajadagi
ijrochilik mahoratiga asoslangan va doimo mustahkam, kuchli boMishi
lozim. Ular nihoyatda xilma-xil uzatishlardan, aylanib o’tish va
hokazolardan foydalanadilar. Odatda o’rta qatordagi yuksak mahoratli
o’yinchilar kuchli, a’lo darajali, zarba bera oladilar.
Hujumda o ’rta qator o ''yinchilariga qo 'yiladigan asosiy talablar:
a) mudofaadan hujumga o’tishni tashkil etish va hujum rivojini
davom ettirish;
b) maydon o’rtasini nazorat qilish va jamoaning to’pni uzoq vaqt
boshqarib turishini, binobarin, tashabbusni qoMdan bermay turishini
ta’minlash;
c) hujumni yakunlashda qatnashish;
d) ham yaqinda turgan, ham uzoqdagi sheriklar bilan hamkorlik
qilish;
e) hujumni rivojlantirishda to’pni qanotdan tez oshirish va
bo’shagan zonaga tez ochilib chiqish yordamida qo’qqisdan ro’y berish
holatini yuzaga keltirish.
Mudofaada o ’rta qator o 'yinchilariga qo 'yiladigan asosiy
talabalar:
a) maydonning bo’yi va eni bo’ylab to’g’ri taqsimlanib, joylashish
hisobiga raqibning javob hujumi tez rivoj topishiga tsqinlik qilish; b) o’zi turgan zonadagi eng yaqin raqib yinchisini yoki shaxsan
biricitib qo’yilgan raqibni kuzatib borish;
c) to’p uzatilishi va darvozaga to’p tepilishiga yo’l qo’ymaslik;
d) sheriklami straxovka qilish va ular bilan hamkorlik qilish.
Jamoaning o’rta qatori kpincha turli taktik planda harakat qiluvchi
futbolchilardan tuzilib, yarim hujumchi, dispetcher va yarim
himoyachidan iborat bo’ladi.
Yarim hujumchi asosan hujum qiluvchi o’yinchi vazifasini bajaradi.
Goho u hujumning oldingi qatorida harakat qiladi va harakatni faol
yakunlaydi. Dispetcher hujumda guruh va jamoa harakatlarini
uyushtiradi hamda ulami ikkinchi eshelondagi harakatlar bilan birga
qo’shib olib boradi. Yarim himoyachi birinchi galda o’z darvozasi
mudofaasini tashkil etishga yordam berib, ba’zi-ba’zidagina jamoasining
hujum qatorlariga yorib kirib boradi.
rta qatomi tuzayotganda, o’yinchilar bir-birini to’ldirib, umuman
shu o’yin ixtisosi uchun nazarda tutilgan barcha vazifalarning
bajarilishini to’liq va ishonchli ta’minlaydigan qilib tanlanadi. Biroq
yarim himoyachilar o’yin takti-kasining rivojlanishidagi asosiy
tendensiya shundayki, ular jamoaning yakun-lovchi hujum harakatlarida
bevosita ishtirok etadilar.