Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika


Hujum qatori yinchilari Qanot hujumchilari



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə10/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
mustaqil ta\'lim

4.1.3. Hujum qatori yinchilari
Qanot hujumchilari.
Futbolda hujum qatorining boshqa o’yinchilari singari qanot
hujumchilari ham tezkor, chaqqon, qo’rqmas va bardoshli bo’lishlari
kerak. Harakat sur’ati va maromini o’zgartira bilish, raqib kutmaganda
"portlay olish" forvardlar (qanot hujumchilari) uchun shart bo’lgan
xislat. Yerda va havoda samarali kurasha olish uchun hujumchilar
sakrovchan va kuchli bo’lishlari kerak. Hujumchilaming bisotida to’psiz
mohirona manyovr qilish hamda zarba berish, to’pni moslash, to’p olib
yurish, raqibni aldab o’tishdek xilma-xil texnik usullami yuqori tezlik
bilan bajara bilish malakalari mavjud blishi shart. Qolgan hujumchilar
kabi ular ham hujum harakatlarining yakunlovchi bosqichida qafiylik va
mustaqillik ko’rsatishlari, kombinasion o’yinda sheriklar bilan
mohirona, bahamjihat harakat qilishlari, buni individual improvizasiya
bilan birga qshib olib borishlari kerak.
Hujumda qanot hujumchilariga qo 'yiladigan asosiy talablar:
84
a) 'Vyindan tashqari holat" chegarasida mohirlik bilan o’ynash,
shuningdek, orqa va o’rta qator o’yinchilari uzatgan to’pni olish uchun
ortga qayta bilish;
b) qanotda tezkor shaxsiy manyovr qilib, keyin to’pni raqibning
jarima maydoniga uzatish yoki g’izillatib oshirib berish;
c) hujum qatoridagi sheriklari bilan yoinki hujumga qo’shilgan
himoyachilar va o’rta qator o’yinchilari bilan hamkorlik qilish;
d) hujumni yakunlashda qatnashish.
Hujumi bekor ketganidan keyin mudofaaga o’tayotganda, qanot
hujumchisi qanot himoyachisini ta’qib qiladi yoki eng yaqinidagi to’pni
egallagan raqib bilan kurash boshlaydi. Qanot hujumchisi natijali hujum
qilish uchun kuch saqlab, mudofaa harakatlarida kam, lekin faol
qatnashadi.
Markaziy hujumchi.
Hujumni keskin davom ettirish yo’llarini uzluksiz izlash, hujum
qatorining ”uchida,f o’ynash, jamoa urinishlarini natijali yakunlashda
faol qatnashish bu futbolchining asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy
hujumchi zarba pozisiyasiga eng qisqa yo’l bilan yetishga intilib,
maydonning butun kengligi bo’ylab ko’p martalab va xilma-xil tarzda
ochilib chiqadi. U tezkor manyovr qiladigan, bitta, ba’zan esa bir nechta
himoyachi bilan kurashda darvozaga qarata zarba bera oladigan,
sheriklari tepalatib uzatgan to’pdan mohirona foydalana biladigan,
qaytgan to’pga qo’shimcha zarba berishga intiladigan bo’lishi kerak.
Kurashda qo’rqmaslik, qafiylik, fidoyilik - bu xislatlaming hammasi
yuqori mahoratli markaziy hujumchilarga xos fazilatlardir.
Aslida mudofaada markaziy hujumchilaming muayyan vazifalari
bo’lmaydi. Ularning hujumdagi faolligining o’zi hujum qatoriga borib
qo’shilishga jur’at etolmayotgan bir necha himoyachilar harakatini
bo’g’ib turadi, chunki ulaming ort tomonida tezkor, manyovrli raqiblari
bor. Markaziy hujumchi yakkama-yakka kurash va vaqt tanqisligi
sharoitida individual harakatlar bilan guruh harakatlarini mohirona
qo’shib olib boradigan, pozisiyani ustalik bilan tanlaydigan, yakuftlovchi
harakat yoki usullami bajara oladigan bo’lishi kerak.


Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin