Javob hujumi uyushtirish.
0 ’yin vaqtida to’pni qo’lga kiritganidan keyin darvozabon uni qo’li
bilan uzatib, javob hujumi harakatlarini boshlab beradi yoki oyoq bilan
tepib uzatadi. Bunda qo’l bilan tashlangan to’p sherikka juda aniq
yo’naltirilsa ham, qisqa masofaga yetib borishini (to’g’ri, to’pni qo’l
bilan 30-40 metrga yetkazib beradigan darvozabonlar ham bor),
tepilganda esa, masofa uzaysa-da, yetkazib berish aniqligi kamayib
ketishini hisobga olish kerak.
Darvozabon javob hujumi boshlanayotganda muayyan taktik
vazifani hal qiladi, chunki bu vaqtda uning sheriklari jamoa
harakatlarining taktik rejasini amalga oshirish uchun eng qulay
pozisiyaga chiqish niyatida manyovrlar qilishayotgan bo’ladi. Bu
vazifaning to’g’ri hal etilishi jamoaga tashabbusni qo’lda saqlash,
raqibni o’zi uchun qulay sharoitda o’ynashga majbur qilish imkonini
beradi. Darvozabon javob hujumi uyushtirayotganda, undan nima talab
qilinishini yaxshi bilishi kerak. Agar jamoa qanot hujumchilarining
tezkor harakatlaridan bot-bot foydalanayotgan bo’lsa, to’pni qanotdagi
uzoq joyga uzatib bergani ma’qul.
To’pni o’yinga kiritish usulini tanlash yoki javob hujumini
boshlashda darvozabon quyidagilarga amal qiladi:
- darvozadan tepish yoki darvozabon boshlaydigan javob hujumida
jamoa harakatlarini uyushtirish rejasi;
- o’yindagi vaziyat va sheriklardan har birining bu vaziyatni
qanchalik tez baholay bilishi;
- o’z hujumchilarining "neytral to’p” uchun raqiblarga qarshi,
ayniqsa havoda yakkama-yakka kurashi natijalar (agar himoyachilar
osongina yutib chiqishayotgan bo’lsa, to’pni yuqorilatib maydon
markaziga tepib berish maqsadga muvofiq emas va, aksincha, raqib
to’pni yo’lda tutib qolishga intilib o’ynayotgan bo’lsa, unda to’pni uzoq
joyga - himoyachilar orqasiga uzatib berishdan foydalanish murtikin va
hokazo);
89
- o’z darvozasi xavfsizligini (ayniqsa, qo’l bilan to’p uzatayotganda)
maksimal saqlab qolish vazifasi.