8. Futbolchilarni texnik –taktik tayyorgarligini oshirish
Futbolchining texnik mahorati u egallab olgan texnik usullarning hajmi va xilma-xilligi, shunigdek, ularni o‘yin sharoitida samarali qo‘llay bilish bilan harakterlanadi. Futbol o‘yin texnikasi juda ko‘p turli usul va usullar yig‘indisidan iboratdir. SHuning uchun kam vaqt vakuch sarflab o‘rgatish vazifasini hal etish uchun o‘rgatilayotgan materialni tizimga solish va texnikaga o‘rgatishning izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega.
O‘rgatish ishini boshlash va uni optimallashtirish muammosi ko‘p jihatdan tushunarlilik asosi bilan belgilanadi. Ammo bu faqat «oddiydan murakkabga», «osondan qiyinga» uslubiy qoidalaridan foydalanishdan iborat bo‘lib qolmaydi. Dastlab o‘yin olib borishning asosiy usullarini o‘rganish zarur.
Nihoyat, yangi harakat ko‘nikmalari avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar asosida paydo bo‘ladi. SHuning uchun turli xil exnik usul va usullarning o‘zaro tabiiy bog‘liqligidan va tuzilishi bo‘yicha umumiyligidan foydalanish kerak.
Texnik usullar bilan tanishish va ularni o‘rganish jarayonida asosan o‘qitishning mukammal usuldan foydalanadi. U ko‘p yillik mashg‘ulotning har bir bosqichi uchun muayyan doiradagi usul va usullar tanlab olinishi bilan harakterlanadi. Bular darslar tizimida parallel ravishda: dastlab (texnik yasoslari o‘zlashtirib olinguncha) har bir usul alohida, keyinchalik o‘zlashtirilgan boshqa usullar bilan birgalikda o‘zlashtiriladi. SHu bilan birga, bir darsda, bir vaqtning o‘zida ikki – uchtadan ortiq yangi usul o‘rgatish mumkin emas.
Ko‘p yillik mashg‘ulotlarning har biri boqichida futbolchilarning texnik tayyorgarligi yuzasidan muayyan vazifalar qo‘yish ko‘pgina omillar: bolalar va o‘smirlar rivojlanishining yosh xususiyatlari, jismoniy sifatlarini tarbiyalash dinamikasi, harakat ko‘nikmalarini shakillantirish tizimining xususiyatlari, bosqichlarning qaysi maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida futbol o‘yinini yangi o‘rganuvchi futbolchilarni texnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish vazifasi qo‘yiladi. Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi shug‘ullanuvchilarda futbolga nisbatan qat’iy qiziqish hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Mazkur bosqichda o‘qitish ishi maydonda harakat qilish: yugurish, to‘xtash, burilish va sakrashning asosiy usullarini o‘rganishdan boshlanadi. SHular bilan parallel ravishda yosh futbolchilar to‘pni egallash texnikasi va buni bajarishning quyidagi asosiy usullarini o‘rganadilar:
-to‘p tepish ( tovonning ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki va o‘rta qismi bilan);
-kalla qo‘yish (peshonaning o‘rta qismi bilan);
-to‘pni oyoq bilan olib yurish ( oyoq yuzining o‘rta va tashqi qismi “qochib qolish” yo‘li bilan aldaydigan harakatlar qilish;
-to‘pni olib qo‘yish ( hamla qilib, to‘pni tepib yuborish);
-yon chiziqdan ( turgan joydan) turib to‘pni o‘yinga tashlash.
Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida shug‘ullanuvchilar futbol o‘yini texnikasi asoslarini egallab oladilir. YOsh futbolchilar avvalgi bosqichda tanishgan texnik usullarini ancha chuqur o‘rganadilar hamda qolgan usullar va ularning turli xillarini o‘rganishga kirishadilar. Dorvozabonlar to‘pni egallab olish texnikasining asosiy usullarini: to‘pni ushlab olish, urib yuborish va tashlashni o‘zlashtiradilar.
Asosli (chuqur) mashq qilish bosqichida futbolchilar texnikani mustaxkamlaydilar va uni takomillashtirishda davom etadilar. Turli – tuman texnik usullar bo‘yicha mustaxkam ko‘nikma hosil qilinadi va o‘yin sharoitlarida kompleks ravishda va maqsadga muvofiq qo‘llanish ko‘nikmalari tarkib toptiriladi.
Butun bosqich davomida shug‘ullanuvchilar quyidagi usullar bo‘yicha kamolotga erishadilar:
- turli traektoriya va yo‘nalishda harakatlanayotgan to‘pni xilma-xil usullar bilan to‘g‘riga va yo‘nalishni keskin o‘zgartirgan holda tepish;
- to‘pni to‘xtatish va sherigiga oshirish;
- to‘pni turli usullar bilan olib yurish;
- aldash harakatlarini bajarish;
- to‘pni hujum qilib va oyoqning ostiga tashlanib tepib yuborish yoki to‘xtatish;
- raqibni elka bilan turtib to‘pni olib qo‘yish;
- to‘pni turgan joydan, xarakatda, yiqilayotib, yon chiziqdan o‘yinga kiritish.
Darvozabonlar to‘pni ushlab olish, urib yuborish va boshqa tomonga o‘tkazib yuborishni ham yiqilmasdan, ham yiqilayotib takomillash-tiradilar.
Asosli ravishda mashq qilish bosqichida futbolchilar o‘yindagi vazifalariga ko‘ra: hujumchi, ximoyachi va hokozolar bo‘yicha uzil kesil ( ayrim xollarda bir oz vaqtliroq yoki keyinroq) ixtisoslashadilar. SHuning uchun takomillashtirish jarayonini futbolchilarning o‘yindagi vazifalariga nisbatan alohida-alohida olib borish kerak.
Idrok, diqqat, tafakkur, xotira kabi ruxiy jarayonlarning juda yaxshi jismoniy, axloqiy-irodaviy, nazariy va ayniqsa, texnik tayyorgarlik bilan birgalikda yuqori darajada rivojlanganligi taktik tayyorgarlik asosini tashkil etadi.
Futbolchilarning o‘yin faoliyati sharoitlarida yaxshi mo‘ljal (orientir) olish va taktik jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati ko‘p jixatdan tehnik usullarni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash, ya’ni ularning texnik qurollanganligi bilan belgilanadi. SHuning uchun yosh futdolchi texnik usullarni muntazam takomillashtira borib juda ko‘p miqdordagi harakat ko‘nikmalarini egallab olgandagina, yaxshi taktik tayyorgarlikka erishishi mumkin. O‘yinchilarning texnik mahorati yo sheriklari bilan hamkorlikda, yoki individuval ravishda istalgan taktik g‘oyaning amalga oshirilishi ta’minlashi kerak. Har bir futbolchining taktik jixatdan yuqori individual tayyorgarligi butun jamoa taktikasining samarali bo‘lishini belgilab beradi.
Taktik sxemalar.
Yosh futbolchilar bilan o‘tkaziladigan har bir o‘quv mashg‘uloti bosqichi muayyan yo‘nalishga va tegishli o‘quv materiallariga ega bo‘lishi kerak.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa o‘yinda fikr yuritish qobiliyatini tarbiyalash va futbolo‘yini jarayoniga qiziqish uyg‘otishdan iborat. Mashg‘ulotlarda murakkab reaksiya tezligi, mo‘ljal olish, idrok, mustaqillik jamoada ish ko‘ra bilish ko‘nikmalarinirivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar bajariladi. O‘yinda fikr yuritish qobiliyatini tarbiyalash uchun o‘yin faoliyati xarakteriga ko‘ra futbolga yaqin bo‘lgan harakatli o‘yinlardan keng foydalaniladi. Harakatli o‘yinlar raqib “ta’qib”idan qutilish va bo‘sh joyga chiqish, o‘z vaqtida to‘p oshirish, hujum yoki himoya vaqtida tezlik bilan qulay vaziyatni egallashko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Taktik tayyorgarlikda harakatli o‘yinlardan foydalanish to‘pni egallab olishning
murakkab texnikasi yo‘qligi bilan ham belgilangandir. Bu shug‘ullanuvchilarning diqqat-etibori o‘yin jarayonini tushunib olishga qaratiladi, juda ko‘p vaziyatlarda mustaqil qaror chiqarib olish imkoni yuzaga keladi. O‘yinlarda hujum va himoyadagi individual hamda eng oddiy guruhli harakatlar tarbiyalanadi. O‘yinchining “ochilishi” va “yopilishi” kabi taktik harakatlarni, eng yaxshisi, basketbol yoki gandbol o‘yinida o‘rgangan maqul.
Murabbiy o‘yin mohiyatini to‘g‘ri tushunish hissini tarbiyalash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, qabul qilingan har bir noto‘g‘ri qarorni e’tibordan chetda qoldirmasligi, bajarilgan harakatga baho berishi kerak. SHuning uchun mazkur bosqichdagi har bir mashg‘ulot mazmunining asosiy yo‘nalishi – o‘yinni olib borish tajribasini egallash va uni to‘ldirib borishdan iborat.
Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichi taktik tafakkurni (o‘yinchining taktik jihatdan fikr yuritish qobiliyatini) rivojlan-tirishni hamda asosiy individual va guruhli taktik haraktlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Mashg‘ulotlarda quyidagilar:
- nazariy bilimlar, taktik ko‘nikma va malakalar zahirasini kengaytirish;
- o‘zlashtirilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni doimo o‘zgaruvchan o‘yin sharoitidagi ijodiy imkoniyati e’tiborga olinish kerak.
Mashg‘ulotlarda sport o‘yinlari taktikasining umumiy asoslarini o‘rganishga, futbol o‘yini taktikasini, o‘yinchilarning individual va guruhli harakatlarini qarab chiqishga katta o‘rin beriladi. SHu maqsadda futbolchining mustaqil ish olib borishida mavjud barcha formalardan, taktik tayyorgarlikning nazariy asosini yaratishga yordam beruvchi formalardan (adabiy manbalar, kinomateriallar, shaxsiy kuzatishlar va hokazolardan) foydalaniladi. O‘yin qoidalarini o‘rganish hamda individual va guruhli harakatlarni tashkil etishda ularni hisobga olish lozim. Tanishish asnosida qoidalarni rasm, sxema, maketda aks ettirilgan o‘yin vaziyati va hokazolar bilan to‘ldirib tushuntirish, ularni qo‘llashga oid amaliy misollar keltirish foydalidir.
Asosiy taktik harakatlarni o‘rganish jarayonida taktik tafakkur shakllantirilar ekan, asosiy e’tibor qabul qilingan taktik rejani amalga oshirish uchun o‘yin olib borishning shug‘ullanuvchilar qabul qilgan muayyan vositalari va usullarini maqsadga qanchalik muvofiqligini tahlil qilishga qaratiladi.
Hujum va himoyaning doimo o‘zgaruvchan sharoitlarida konkret individual va guruhli harakatlarga alohida e’tibor berib bajariladigan mashqlar ham o‘rganiladi.
Ayrim o‘yin vaziyatlarini ijodiy hal etish qobiliyati o‘yinchilarning eng muhim malakasi hisoblanadi. Bu malakani rivojlantirish boshlang‘ich sport ixtisoslashuvining asosiy vazifalaridan biridir.Jiddiy mashq qilish bosqichidagi taktik tayyorgarlik o‘zlashtirib olingan individual va guruhli harakatlarga alohida
etibor bergan holda olib boriladi. U futbolchilarning kombinatsion o‘yin olib borish qobiliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Jamoada taktik harakatlarni takomillashtirishga katta e’tibor beriladi. Har bir o‘yinchi jamoada qanday o‘rin egallashiga qarab o‘z taktik harakatlarini takomillashtiradi. Mashqlarga ham hujumchi, ham himoyachi harakatlari kiritiladi. O‘z – o‘zini tahlil qilish qobiliyatini, vujudga kelgan o‘yin sharoitida to‘g‘ri yo‘l topa bilish, o‘yin vaziyatini xarakterlovchi ko‘p sonli momentlardan eng muhimini ajratib olish ko‘nikmalarini tarbiyalash juda muhimdir.
Alohida texnik usul va taktik harakatni o’rganish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
-dastlabki o’rganish;
-chuqur o’rganish;
-mustahkamlash va yanada takomillashtirish.
Har bir bosqich bir qator hususiyatlarga ega bo’lib, shu hususiyatlarni hisobga olgan holda konkkret vazifalar qo’yiladi va o’qitish (o’gatish)ning ratsional uslubikasi tanlanadi. Dastlabki o’rgatish. Bu bosqichning asosiy maqsadi o’rgatilayotgan usul yoki harakat asoslarini o’zlashtirib olish. Konkret bir harakatni uning asosiy variantida bajarish ko’nikmalarini shakillantirishdagi dastlabki urinishlar bosh miya dinamik stereotib hosil qilishga qaratilgan va bosh miya qobig’idagi nerv jarayonlarining irradiasiyasi bilan harakterlanadi. Bolalarda ichki tormozlanish yetarlcha rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarning hammasi ko’pincha o’rganilayotgan harakatning kinematik va dinamik harakteristikalarining noaniq esga tushirilishiga, uning ritmining beqarorligiga kerak bo’lmagan qo’shimcha harakatlarga sabab bo’ladi.
Mazkur bosqichning asosiy vazifasi - shug’ullanuvchilarga bajarilayotgan harakat va shu harakat asosiy elementlarining yahlit tasvvurini (ko’rish orqali) va harakat sezgisini paydo qilish, harakat ko’nikmalarini shakillantirish hususiyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi. Harakatni dastlabki o’rganish u bilan tanishishdan boshlanadi. Bunga uslublar kompleksi yordamida erishiladi. Og’zaki tushuntirish, va mashq uslublaridan foydalanadi. Og’zaki tushuntirishda harakatning aniq terminalogik nomi bariladi, uning ahamiyati o’yin sharoitlarida qo’llaniladigan o’rni haqidagi ma’lumotlar aytiladi, bajarish prinssiplari tushuntiriladi.
Bolalar diqqat etiborining beqarorligi, hajmi esa kichikligi sababli tushuntirish aniq, qisqa, va obrazli bo’lishi kerak.
Ikkinchi signal sistemasi orqali hosil qilinadigan ko’ruv tasavvurlari ko’rsatmalilikni ta’ minlash uslublaridan foydalanish bilan to’ldiriladi. Bular birinchi signal tizimi orqali ta’sir etish, o’rganilayotgan harakatlarning konkret obrazlarini hosil qilishga yordam beradi. Bevosita namoyish qilish (ko’rsatish) ko’rsatmalilikni ta’minlashning asosiy uslubidir. Namoyish qilish faqat tashqi formasi bo’yicha namunali bo’lishi kerak emas. Harakatning muvaqqat,fazoviy va kuch harakteritikalarini optimal ravishda qayta esga olib boriladi. Bu esa harakatning tez va puhta idrok qilinishini ta’minlaydi.
Harakat sezgilarini hosil qilish uchun mashq uslublaridan foydalaniladi. O’rganilayotgan harakat nisbatan doimiy va soddalashtirilgan sharoitda sharoitda esga tushuriladi. Futbol o’yini tehnikasini o’rgatishda ko’proq yahlit mashq uslubidan foydalaniladi, chunki harakatni bo’laklarga bo’lib yuborish ko’pincha ularning mohiyatini qo’pol ravishda buzishga olib keladi.
Takrorlash meyorini aniqlashda yangi, koordinasion jihatdan murakkab mashqlar yosh futbolchilarda tegishli narv markazlarining charchashiga sabab bo’lishini hisobga olish lozim. Shuning uchun mazkur bosqichda mashlarni sezilarli takrorlash juda samarali bo’ladi. O’rganuvchilar har birida 8-10ta takrorlashi bo’lgan 2-3 seriyali bajaradilar. Seriyalar oralig’idagi intervallar dam olish uchun yetarlibo’lishi kerak. Ulardan zarur fikirlarni aytish va mashni takroriy ko’rsatish uchun ham fiydalanish mumkin. Yangi materialni o’rganish keyingi 3-5 ta dars mobaynida davom ettiriladi.
Chuqur o’rganish. Bu bosqich tehnik va taktik harakatlarning yanada mustahkamlanishi va yanada mustahkamlanishi va o’rganilayotgan harakat detallarining chuqurroq aniqlashtirilahi bilan harakterlanadi. Usul yoki harakatni o’zlashtirib olish jarayonida dastlabki ko’nikmalar takomillashadi, tehnik usullar ham, taktik harakatlar ham to’g’ri, aniq, bemalol bajarila boshlanadi.
Chuqur o’rganish bosqichini shig’ullanuvchilarning harakat sezgilarini ongli ravishda baholay olishi va joyni idrok qila bilishi o’rgatish vazifalarini muvaffaqiyqyli hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa mufassal so’zlab berish va suhbat, harakatlarni tushuntirish va chuqurroq tahlil qilish, o’z-o’zini tekshirish va husobotberish va shu kabi og’izaki uslublarni qo’llash imkonini beradi. Bevosita ko’rsatish ko’rsatma qurollar: foto va kinomateriallar, plakatlar, rasimlar, shema va hokazolardan keng foydalanish bilan to’ldiriladi. Harakatning borishi va uning asosiy parametrlari haqida zudlik bilan ahborot berishning hilma- hil vositalari keraklicha samara beradi.
Mazkur bosqichda asosan yahlit mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar qat’iy bir maqsadga qaratolgan bo’lishi kerak. Bir Hilda (bir hil sharoitda, bir maqsadni ko’zda tutuvchi, harakat parametrlari bir hil) bo’lgan takrorlashlarsoni kamayadi. O’zgaruvchan takrorlashlar soni ancha oshiriladi. Mashq o’rganilayotgan vaziyat sharoitlari almashtiriladi va murakkablashtiriladi. Mashqni bajarish vazifalari o’zgartiriladi. Bu hol harakat formulalari va harakterining ularning fazoviy vaqt va kuch haraktiristikalarini maksimal tezlik va kuch g’ayratga yaqin tezlik va kuch g’ayrat bilan bajarishga urunib ko’riladi. Bunda tehnik va taktik harakatlar bajarilish vaqtida buzulmasligi mo’ljallangan aniqlik esa yo’l qo’yilgan chegarada bo’lishi muhimdir. Bir qolipdagi o’zgaruvchan takrorlashlar nisbati tahminan 30 va 70% ni tashkil etadi.
Harakat amallarining ko’p variantlarda bajarilishi turli hil analizator tizimlarining faoliyatiga oshirilgan talablar qo’yadi va bajarilayotgan harakatlar to’g’risida aniq tasavvurlarni hosil bo’lishiga yordam beradi.
Bir darsdagi takrorlashlar soni oshiriladi. O’rganilayotgan harakat 10-12 daqiqa davomida takrorlanadi, shundan so’ng 3.5-5 daqiqa boshqa mashqlar bajariladi. O’yin mashqlarini boshqa mashq tarzida qo’llash ancha samaralidir. So’ngra yana o’shancha vaqt davomida harakatni ko’p marta takrorlash lozim.
Darslar tizimida chuqur o’rganish katta intervallar bilan olib borilishi mumkin. Bu darsga yangi material kiritish imkonini beradi.
Mazkur bosqichda o’yin va musobaqa uslublaridan keng foydalaniladi, bular alohida emotsional fon yaratadi, mashqlarni ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayonini faollashtiradi.
Mustahkamlash va yanada takomillashtirish
Bu bosqichning asosiy vazifasi - o’zlashtirib olingan harakatlarni yanada mustahkamlash va turli hil o’yin sharoitlarida ularni qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.Mazkur bosqichda jismoniy tarbiya uslublarining barcha komplekslaridan foydalaniladi. Takomillashtirish bosqichining hususiyatlari “Futbolchilarni tayyorlash uslubiyati” bobida ancha batafsil ko’rib chqiladi.
Ko’p yillik mashg’ulot jarayonidagi texnik tayyorgarlik
Futbolchining tehnik mahorati u egallab olgan tehnik usullarning hajmi va hilma-hilligi, shuningdek, ularni o’yin sharoitlarida samarali qo’llash bilan harakterlanadi. Futbol o’yini tehnikasi juda ko’p turli usul va usullar yig’indisidan iboratdir. Shuning uchun kam vaqt va kuch sarflab o’rgatish vazifasini hal etish uchun o’rganilayotgan materialni tizimga solish va tehnikaga o’rgatishning izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega.
O’rgatish ishini boshlash va uni optimallashtirish muammosi ko’p jihatdan tushunarlilik asosi bilan belgilanadi. Ammo bu faqat “oddiydan murakkabga”, “osondan qiyiga” uslubiy qoidalardan foydalanishdan iborat bo’lib qolmaydi. Dastlab o’yin olib borishning asosiy usullarini o’ganish zarur.
Nihoyat, yangi harakat ko’nikmalari avval o’zlashtirilgan ko’nikmalar asosida paydo bo’ladi. Shuning uchun turli xil tehnik usul va usullarning o’zaro tibiiy bog’liqligidan va tuzilishi bo’yicha umumiyligidan foydalanish kerak.
Texnik usullar bilan tanishish va ularni o’rganish jarayonida asosan o’qituvchining mukammal usulidan foydalaniladi. U ko’p yillik mashg’ulotning har bir bosqichi uchun muayyan doiradagiusul va usullar tanlab olishi bilan harakterlanadi. Bular darslar tizimida parallel ravishda:dastlab (tehnika asoslari o’zlashtirib olinguncha ) har bir usul alohida, keyinchalik o’zlashtirilgan boshqa usullar bilan birgalikda o’rganiladi. Shu bilan birga, bir darsda, bir vaqtning o’zida ikki-uchtadan ortiq yangi usulga o’rgatish mumkin emas.
Ko’p yillik mashgulotlarning har bir bosqichida futolchilarning tehnik tayyorgarligi yuzasidan muayyan vazifalar qo’yish ko’pkina omillar: bolalar va o’smirlar rivojlanishning yosh hususiyatlari, jismmoniy sifatlarni tarbiyalash dinamikasi, harakat ko’nikmalarini shakllantirish tizimining hususiyatlari, bosqichlarning qaysi maqsdga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida futbol o’yinini yangi o’rganuvchi futbolchilarni tehnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish vazifasi qo’yiladi. Bu vazofaning muvoffaqiyatli hal etilishi shug’ullanuvchilarda futbolga nisbatan qat’iy qiziqish hosil bo’lishiga yordam beradi.Mazkur bosqichda o’qitish ishi maydonda harakat qilish: yugurish, to’htash, burulish va sakrashning asosiy usullarini o’rganishdan boshlanadi.
Shular bilan parallel ravishda yosh futbolchilar to’pni egallash tehnikasi va buni bajarishning quyidagi asosiy usullarni o’rganadilar:
-to’p tepish (tovonning ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki va o’rta qismi bilan);
-kalla qo’yish (peshonaning o’rta qismi bilan);
-to’pni oyoq bilan to’htatish (tovonning ichki tomoni, oyoqning kafti va son bilan);
-to’pni oyoq bilan olib yurish (oyoq yuzining o’rta va tashqi qismi “qochib qolish” yo’li bilan aldaydigan harakatlar qilish);
-to’pni olib yurish ( hamla qilib, to’pni tepib yuborish);
-yon chiziqdan (turgan j oydan) turib to ’pni o’yinga tashlash.
Boshlang’ichich sport ihtisoslashuvi bosqichida shug’ullanuvchilar futbol
o’yini tehnikasi asoslarini egallab oladilar. Yosh futbolchilar avvalgi bosqichda tanishgan tehnik usullarini ancha chuqur o’rganadilar hamda qolgan usullar va ularning turli hillarini o’rganishga kirishadilar. Darvozabonlar to’pni egallab olish tehnikasining asosiy usullarini: to’pni ushlab olish, urub yuborish va tashlashni o’zlashtiradilar.Asosli (chuqur mashq qilish bosqichida futbolchilar tehnikani mustahkamlaydilar va uni takomillashtirishda davom etadilar.
Turli tuman texnik usullar bo’yicha mustahkam ko’nikma hosil qilinadi va o’yin sharoitlarida kompleks ravishda va maqsadga muvofiq qo’llanish ko’nikmalarini tarkib toptiriladi.
Butun bosqich davomida shug’ullanuvchilar quyidagi usullar bo’yicha kamolotga erishadilar:
-turli traektoriya va yo’nalishda harakatlanayotgan to’pni hilma- hil usullar bilan -to’g’riga yo’nalishini keskin o’zgartirilgan holda tepish;
-to’pni to’tatish va serigiga oshirish;
-topni turli usullar bilan olib yurish;
-aldash harakatlarini bajarish;
-to’pni hujum qilib va oyoqning ostiga qashlanib tepib yuborish yoki to’xtatish;
-raqibni yelka bilan turtib to’pni olib qo’yish;
to’pni turgan joydan harakatda, yiqilayotib, yon chiziqdan o’yinga kiritish.
Darbozabomlar to’pni ushlab olish, urib yuriborish va boshqa tomonga o’tqazib yuborishni ham yiqilmasdan, ham yiqilayotib takomillashtiradilar.Asosli ravishda mashq qilish bosqichida futbolchilar o’yindagi vazifalariga ko’ra: hujumchi, himoyachi va boshqalar bo’yicha uzul-kesil ( ayrimhollarda bir oz vaqtliroq yoki keyinroq) ihtisoslashadilar. Shuning uchun takomillashish jarayonini futbolchilarning o’yindagi vazifalariga nisbatan alohida - alohida olib boorish kerak.Idrok, diqqat, tafakkur, hotira kabi ruhiy jarayonlarning juda yahshi jismoniy, ahloqiy-irodaviy, nazariy va ayniqsa, tehnik tayyorgarlik bilan birgalikda yuqori darajada rivojlanganligi taktik tayyorgarlik asosini tashkil etadi.
Futbolchilarning o’yin faoliyti sharoitlarida yahshi mo’ljal (oriyentir) olish va taktik jihattan to’g’ri qaror qabul qilish qobilyati ko’p jihattan tehnik usullarni maqsadga muvofiq ravishda qo’llash, ya’ni ularning tehnik qurollanganligi bilab belgilanadi. Shuning uchun yosh futbolcji tehnik usullarni muntazam takomillashtira borib juda ko’p muqdordagi harakat ko’nikmalarini egallab olgandagina, yahshi taktik tayyorgarlikka erishish mumkin. Oyinnchining tehnikm mahorati yo sheriklari bilan hamkorlikda, yoki individual ravishda istalgan taktik g’oyaning amalgam oshirilishini ta’minlashi kerak.
Har bir futbolchining taktik jihatdan yuqori individual tayyorgarligi butun jamoa taktikasining samarali bo’lishini belgilab beradi.
Yosh futbolchilar bilan o’tkaziladigan har bir o’quv mashg’uloti bosqichi muayyan yo’nalishga va tegishli o’quv materiallariga ega bo’lishi kerak.Dastlabki tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa o’yinda fikr yurutish qobilyatini tarbiyalash va futbol o’yini jarayoniga qiziqish uyg’otishdan iborat. Mashg’ulotlarda murakkab riyaksiya teligi, mo’ljal olish, idrok, mustaqillik jamoada ish ko’ra bilish ko’nikmalarini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar bajariladi. O’yinda fikr yurutish qobilyatini tarbiyalash uchun o’yin faoliyati harakteriga ko’ra futbolga yaqin bo’lgan harakatli o’yinlardan keng foydalaniladi.
Harakatli o’yinlar raqib “Ta’qib”idan qutilish va joyga chiqish, o’z vaqtida to’p oshirish, hujum yoki himoya vaqtida tezlik bilan qulay vaziyatni egallsh ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Taktik tayorgarlikda harakatli o’yinlardan foydalanish to’pni egallab olishning murakkab tehnikasi yo’qligi bilan ham belgilangandir. Bu shug’ullanuvchilarning diqqat - etibori o’yin jarayonini tushunib olishga qaratiladi, juda ko’p vaziyatlarda mustaqil qaror chiqarib olish imkoni yuzaga keladi. O’yinlarda va himoyadagi injividual hamda eng oddiy guruhli harakatlar tarbiyalanadi. O’yinchining”Ochilishi”va“Yopilishi”kabi taktik harakatlarni, eng yahshisi, basketbol yoki gandbol o’yinida o’rgangan ma’qul.
Murabbiy o’yin mohiyatini to’g’ri tushinish hissini tarbiyalash to’g’risida g’amho’rlik qilishi, qabul qilingan xar bir noto’g’ri qarorni e’tibordan chetga qoldirmasligi, bajarilgan harakatga baho brrishi kerak. Shuning uchun mazkur bosqichdagi har bir mashg’ulot mazmuning asosiy yo’nalishi - o’yinni olib boorish tajribasini egallash uni to’ldirib borishdan iborat.
Boshlang’ich sport iqtisoslashuvi bosqichi taktik tafakkurni (o’yinchining taktik jihatdan fikr yuritish qobilyatini ) rivojlantirishni hamda asosiy individual va guruhli taktik harkatlarni o’rganishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |