Yangi mavzu: Muntazam ko`pburchakning tomoni bilan tashqi va ichki chizilgan aylanalar radiuslari orasidagi bog`lanish.
Maqsad:
ta’limiy:
Muntazam ko`pburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslari bilan muntazam ko`pburchak tomonlari orasidagi bog`lanishni ifodalovchi formulalarni keltirib chiqarish.
Muntazam ko`pburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslari uchun n=3, n=4, n=5 bo`lganda muntazam ko`pburchak tomoni bilan bog`lovchi formulalarni keltirib chiqara olish va masalalar yechishga qo`llay bilish.
tarbiyaviy:
π soni haqida tushunchani takrorlab, ularda vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish, ota-bobolarimizning jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.
rivojlantiruvchi :
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o`quvchilarni to`liq darsga jalb qilish,qiziqtirish, ulardan olingan fikrni xulosalab, ixcham tushuntirish, muammoning yechimini birga topish.
Dars jihozi: Darslik, dars ishlanmasi, testlar, tarqatmali materiallar, mavzuga oid plakatlar.
Darsning uslubi: Interfaol usul, guruhlarda ishlash, rag`batlantirish orqali o`quvchilar bilimini baholash.
Dostları ilə paylaş: |