9.FUTBOLCHILARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGI
Tarixan mavjud bo'lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo'g’inlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o'lchovga ega, uning ko'rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari deb ataladi va ko'rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi.
Masalan, individ 100 kg og’irlikdagi shtangani elkaga olib faqat 3 marotaba o'tirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortiq o'tirib tura olishi mumkin. Shu mashqni ikki marta ortiq bajarganligi uchun ikkinchi o'rtoqning kuch sifati rivojlangan deb baholanadi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa a'zolarining to'qimalari, hujayralari vahokazolarning rivojlanganligigagina bog’liq bo'lmay, ma'naviy-ruhiy fazilatlariga ham bog’liq. SHuning uchun harakat sifatlarini tarbiyalash ma'naviy-ruhiy fazilatlami tarbiyalash ishi bilan cham barchas bog’liq va tarbiyaning shu yo'nalishiga vosita bo'lib xizmat qiladi.
Harakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyatning azaliy orzusi. Mehnat qurollari,harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat insonga inom etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin bo'lgan jismoniy fazilatlarga bog’liq tarbiyalash lozimligi masalasini ko'ndalang qo'yadi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e'tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma'naviy etuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungaCha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanib kelindi.
Hozir ham bu dastur o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan “sog’lom avlod uchun” dasturining o'zagini tashkil etadi.
Xulosa qilganda jismoniy tarbiyani, xususan, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni mohiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko'zga yaqqol tashlanib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ulaming (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va hokazolaming) barchasini o'zaro uzviy bog’lab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi.
Lekin sportning ma lum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u etakchi harakat sifati tarzida nomoyon bo'ladi. Boshqa sifatlar ham nisbatan rivojlanadi, lekin ular yordamchi, ko'makchi harakat sifati tarzida namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, sport o'yinlari chaqqonlik sifatini rivojlantiradi deb hisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi.
Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez o'zgaruvchan o'yin sharoitiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, mo'ljalga to'g’ri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to'xtamga kelish, uni his qilish va o'z harakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy zaruriy Amaliy harakat malakalami shakllantiradi. Velosiped, harakatli o'yinlar ham chaqqonlikni rivojlantiradi.
Harakatlaming koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o'lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo'Isa, harakat etarli darajada aniq bo'ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan Chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlami bajarishni, ikkinchidan harakat faoliyatini to'satdan o'zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Chidamlilikni rivojlantirish : Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomida charchoqka qarshilik ko'rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi. Jismoniy mehnat (sport faoliyati)ni bajarayotgan kishi sekin asta o'z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o'zgaradi, muskullarida xorg’inilik sezadi, harakat koordinatsiyasi, harakat texnikasi tarkibidagi elementlaming bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o'zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo'shimcha keraksiz harakatlar paydo bo'ladi, qo'shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o'zgarishlar sabab bo'ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funktsional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo'lgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bog’liq bo'Isa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog’liq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ular harakatni tashqi formasiga ham aytarli bog’liq bo'lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o'zini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug’ullanuvChi boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishda ham o'zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagi harakatlaming koordinatsiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko'phollarda turliCha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsata olmaydi.
Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reaktsiyasining vaqtini belgilovchi funktsional xususiyatlaming kompleksi tushuniladi. Tezlikni namoyon bo'lishining uchta asosiy shakli bor:
1. YAkka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni engish bilan);
2. Harakatlar chastotasi;
3. Harakatlar reaktsiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Ko'pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
A) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
B) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Maxsus jismoniy tayyorgarlik - maxsus tashkil etilgan ja-rayon bo'lib, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga va mukammallash-tirishga hizmat qiladi hamda badiiy gimnastika mashqiarini tex-nikasini muvaffaqiyatli bajarishga va uni takomillashtirishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi vaqtda 7 ta asosiy jismoniy qobiliyat ajratib ko'rsatiladi (ba'zida ularni harakat yoki psixomotor qobiliyatlar deb atashadi):
1. Koordinatsiya - mushak faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil eta bilish qobiliyati va chaqqonlik - yangi harakatlarni o'zlashtirish hamda faoliyatni vaziyatga qarab o'zgartira bilish qobiliyatidir.
2. Egiluvchanlik - bo'g'imlardagi harakatchanlik - harakatlarni katta amplituda bilan faol va sust tarzda bajarish qobiliyatidir.
3. Kuch - tashqi qarshilikni yengib o'tish yoki unga statik va dinamik harakatlardagi mushak qisqarishlari hisobiga qarshi tura olish qobiliyatidir.
4. Tezlik - ko'rsatilgan ta'sirga tezda javob berish (reaktsiya) va harakatlarni katta tezlik va chastota bilan bajara olish qobiliyati.
5. Sakrovchanlik - turfilish (biron nimaga tayanib itarilish) balandligida namoyon bo'ladigan tezlik-kuch qobiliyati.
6. Muvozanat - statik va dinamik mashqlarda muvozanatni saqlab turish qobiliyati.
7. Chidamlilik - charchashga qarshi tura bilish qobiliyati.
Jismoniy sifatlar bu barcha boshqa sport turdagi kabi futbol mashg'ulotlari
asosini tashkil etadi. Futbolda jismoniy sifatlar yakka holda namoyon bo'lmaydi, balki har doim ham kompleksda namoyon bo'ladi. Biroq, kuch, tezlik, epchillik, egiluvchanlik va chidamlilikning optimal rivojlanishi har bir sifatni rivojlantirishga alohida yondashishni talab qiladi va qaysi davr, bosqich nazarda tutilganiga qarab, u yoki bu sifatni tarbiyalashga ko'proq e'tibor beriladi .
Ma'lumki, jismoniy tarbiya uzoq muddatli jarayon bo'lib, uning maqsadi
futbolchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligiga erishishdir. Jismoniy tayyorgarlikning bu darajasi o'yin talablariga javob berishi kerak. Misol uchun, agar samarali o'yin faoliyati uchun futbolchi 12000 metrlik o'yinda ishlashi kerak bo'lsa va ulardan kamida 2000 metr maksimal kuchga ega bo'lsa, unda barcha turdagi chidamlilik va tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish darajasi har bir o'yinda qo’llanishi darkor. Futbolda sport zahiralarini tayyorlash o'quvchilarning yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirish uchun malakali mutaxasis
hamda futbolchini morfologik va funksional holatini yaxshi baholay oladigan murabbiy kerak. Yuqori mahoratli fitbolchilarni tayyorlash jismoniy tayyorgarlikning bir qator vazifalarini hal qilishni talab qiladi.
O’quv mashg’ulotlarida futbolchilarni tayyorlashda turli xil mashqlar qo'llaniladi:
-oddiy mashqlardan - yugurish, sakrash, kuch-kuch mashqlari, qattiq to'pni urish, to'pni juftlikka uzatish, -murakkab mashqlardan: murakkab o'yin vazifalarini hal qilishga xizmat qiladigan mashqlari, aerobika va akrobatikani muvofiqlashtirish mashqlari. Ushbu mashqlarning ta’siri har futbolchilar organizmining funktsional tizimlariga, ruhiyatiga va javob reaksiyasiga qarab, shuning bilan birga mashqlarning ta'sir kattaligi, ham yo'nalishi bo'yicha farq qiladi. Futbolda yuklamalar(nagruzka)ni rejalashtirish va nazorat qilish quyidagi xususiyatlar yordamida amalga oshiriladi. Ularning birinchisi mashqlarning ixtisoslashuvi bo'lib, unda ularning barchasi ikki guruhga bo'linadi:
O'z navbatida, o'ziga xos (futbol) mashqlar jamoaviy, guruhli va yakka tartibda bajariladi.
Ikkinchi xususiyati - o'ziga xos mashqlar futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Shunday aralash mashqlar borki, bu mashqlar bir vaqtning o’zida futbolchilarning turli jismoniy sifatlarini takomillashiga qaratilgan bo’ladi. Bu odatda, jamoaviy va guruh mashqlarini bajarishda sodir bo'ladi. Tanlab olingan va yo’naltirilgan mashqlar asosan bitta jismoniy sifatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunga asosan nospesifik mashqlar kiradi. Ushbu jismoniy tayyorgarlikning barcha vositalari o'quv mashg'ulotlari doirasida futbolchining jismoniy sifatlariga qarab rejalashtiriladi.
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashiga, sog’liqini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, xilma-xil ko’nikma va malakalami egallab olishiga, futbol o’yini
texnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslarini o’rganishiga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi, awalo, yosh futbolchilaming harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik), shuningdek o’z harakatlarini vaqt ora!ig’ida (havoda va mushaklaming zo’r berishi darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirishdan iborat bo’ladi. Harakatlar tezligini tarbiya-lashga katta e’tibor berish kerak. Chunki bolalik va o’smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir.
Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik chaqqonlik bilan mustahkam bog’liq ravishda tarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o’tishning) rasional texnikasini muvaffaqiyatli egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar oralig’ida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakatlar tezligining tabiiy o’sishi bilan bog’liq. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-kuch sifatlarining va mushak kuchining o’sib borishi tufayli ortadi.
Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va katta mushak kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakat qilish kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko’proq o’rin berish lozim. 0 ’yin, musobaqa formasida bajariladigan sport o’yinlari va harakatli o’yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko’rsatishi mumkin. 0 ’yin mashqlarini bajarish yosh fiitbolchilami alabaga erishish uchun maksimal kuch sarflashga majbur etadi. 0 ’yin materiali mashg’ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 soniya) bir necha seriyali usulda bajariladi, dam olish intervali 10-15 m bo’ladi. Maksimal tezlik bilan qayta yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi.
Insonning kuchi mushaklar kuchi orqali tashqi qarshiliklami
yengishi yoki ularga qarshi tura olishida aniqlanadi.
Futbolchi o’z vazni va to’p og’iriigi bilan ish tutadi. Boshqacha
qilib aytganda, u, asosan, gavdasi va to’pning inersiyasini bartaraf qilish
uchun o’z kuchidan foydalanadi. Harakatning boshlanishi, uni
tezlashtirish, to’xtatish, harakatning yo’nalishini o’zgartirish, sakrash,
to’pga zarba berish - mana shu aytib o’tilganlar futbolchilaming kuchini
namoyon qiladigan sifatlardir. Ko’rinib turganidek, hamma holatlarda
dinamik xarakterga egadir. Shunday qilib, o’yin faoliyatining xarakteri
o’yinda namoyon qilinadigan kuchning rivojlanish darajasi va
xususiyatlarini belgilaydi. Ko’p yillik tadqiqotlar yengib o’tiladigan
qarshiliklaming miqdori qanchalik kam bo’lsa va mushaklaming
qisqarish tezligi qancha ko’p bo’lsa, maksimal kuch kattaligining
qiymati shuncha kam bo’lishini ko’rsatmoqda.
Futbolchiga muayyan miqdordagi kuch zamr bo’ladi va u bu
kuchdan qandaydir qisqa vaqt ichida foydalanishi kerak. Mazkur kuch
"dinamik kuchdir".
Kuchning darajasini ikki omil: mushakning ko’ndalang kesimini
kattala-shtirish va nerv-mushak boshqariluvini yaxshilash hisobiga
oshirish mumkin ekanligi ma’lum.
Shu pozisiyadan turib futbolchilarda kuchni oshirishning maqsadga
muvo-fiqligini ko’rib chihamiz. Hamma mushaklar morfologik jihatdan
qaraganda, bir qator bog’lamlardan tuzilgan koplekslardan iborat bo’lib,
ulaming har biri juda ko’p tolalardan tarkib topgan. Har bir tola nerv
simtasi - akson shoxchasi bilan bog’langan bo’lib, bu harakat birligini
tashkil qiladi. Ana shu morfologik xususiyati tufayli mushaklar butbutun holda ham, alohida tomirlar guruhi holida ham qisqara oladi.
Mushaklar but-butun holda qisqarmay, balki bir nechtagina harakat
birligi hisobiga qisqara olishi harakatlami koordinasiya qilishda
mushaklar tizimining muhim xususiyati hisoblanadi. Mushaklararo va
mushaklaming ichki koordinasiyasini futbolchi qanchalik differensial
olib borsa, o’z gavdasi va to’pni shunchalik yaxshi boshqara oladi.
Aytaylik, biz kuchimizni mushakning kndalang kesimini
kattalashtirishga yo’na!tirilgan maxsus mashqlar yordamida
rivojlantirishni moMjalladik. Bunday holda maksimal vaznning kamida
60-70% miqdorida og’ir snaryadlami ko’tarishdan foydalanish kerak.
OgMrliklami ko’tarishni 2-6 oy mobaynida haftasiga 4-5 marta bir
yarim-ikki soatdan mashq qilish lozim.
Futbol amaliyotida, odatda, maksimum vaznning 40-50%
miqdoridagi shtanga va shu singari asboblar yordamida kuchni
tarbiyalash 1-1,5 oy davom ettiriladiki, bu amalda kuchni oshirmay mushaklararo koordinasiyaning yomonlashishiga olib keladi. To’g’ri,
bunday trenirovkada absolyut kuch oshadi, ammo u ba’zi salbiy
oqibatlarga ham olib keladi. Birinchidan, futbolchilaming o’z vazni ortib
ketadi, bu esa yaxshi ko’rsatkich sanalmaydi. Ikkinchidan,
mushaklaming ichki va o’zaro koordinasiyasi yomonlashadi. Og’irlik
snaryadlari bilan mashqlar bajarish jarayonida mushaklaming o’zida
Dostları ilə paylaş: |