Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə19/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
mustaqil ta\'lim

6. Musobaqa qoidalari
Rasmiy musobaqalarda qoidalarda ko‘rsatilgan texnik talablarga javob beradigan to‘plargagina ruxsat beriladi.
FIFA tomonidan o‘tkaziladigan musobaqa matchlarida, quyidagi 3 markirovkadan birortasiga ega bo‘lgan to‘plargagina foydalanishga ruxsat beriladi.
Rasmiy logotip “FIFA APPROVED” ( FIFA maqullaydi )
Rasmiy logotip “ FIFA INSPECTED” (FIFA nazorat qilgan )
yoki “INTERNATIONAL MATCH – BALL STANDARD”
( To‘p xalqaro standartga mos )
To‘pning bunday markirovkasi uning rasmiy tekshiruvdan o‘tganini ko‘rsatadi va tekshiruv natijasiga kura to‘p muxim texnik talablarga mos ekanligini bildiradi.
Milliy federatsiyalar musobaqa vaqtida faqatgina shu uch markirovkaga ega har qanday to‘plardan foydalanishni talab qilish mumkin.
Boshqa har qanday matchlardan to‘p qoida talablariga mos kelishi kerak.
FIFA musobaqalarida va milliy federatsiyalar tashkil qilgan musobaqalarda to‘plarga xech qanday savdo sotiqqa oid reklamaga ruxsat berilmaydi, quyidagi xolatni xisobga olmaganda ya’ni musobaqa nishoni, musobaqa tashkilotchisi va tasdiqlangan tayyorlovchining savdo markasi.Bunday muhrlarning soni va o‘lchami, mustaqil reglamenti bilan cheklanishi mumkin
O‘YINCHILAR SONI.
O‘yinchilar.
Match xar qaysisida darvozabonlarni qo‘shgan holda o‘yinchilarning soni 11tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida o‘tkaziladi
Agar jamoalarda o‘yinchilar soni 7ta kam bo‘lsa,match boshlanmasligi mumkin.
Rasmiy musobaqalar.
FIFA yoki milliy federatsiyalar tomonidan tashkil qilinadigan har qanday rasmiy musobaqalarda 3tagacha o‘yinchilarni almashtirishga ruxsat beriladi. Musobaqa nizomida buyurtmaga kiritiladigan zahiradagi o‘yinchilar soni 3dan 7gacha uzaro kelishilgan bo‘lishi kerak,bundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Boshqa matchlarda.
Boshqa matchlarda zahira almashtirilishi mumkin ,shu shart bilanki,
*Jamoalar almashinadigan o‘yinchilarning maksimal sonini o‘yin oldidan kelishib oladilar
*Xakam bu haqda match boshlanishidan oldin xabardor qilinishi kerak.
Agar hakam xabardor qilinmagan bo‘lsa yoki (kelishuv) match boshlangunga qadar bir bitimga kelinmagan bo‘lsa 3tagacha zaxira almashtirishga ruxsat beriladi.
Hamma matchlarda.
Har qanday match boshlanishidan oldin hakamga zaxiradagi o‘yinchilar familiyasi taqdim etilishi kerak .Shu usulda familiyasi ko‘rsatilmagan o‘yinchilar matchda qatnasha olmaydilar.
Almashtirish tartibi.
Asosiy o‘yinchilarni zaxiradagi bilan almashtirish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur.
*Har qanday mo‘ljallangan almashtirish haqida hakam xabardor qilingan bo‘lishi kerak.
*Zaxiradagi o‘yinchi faqatgina asosiy o‘yinchi maydondan chiqqandan so‘ng xakam xushtagidan keyin maydonga chiqadi.
*Zaxiradagi o‘yinchi o‘yin to‘xtatilganda faqat o‘rta chiziqdan o‘yin maydoniga kiradi.
*Zaxiradagi o‘yinchi maydonga chiqqandan so‘ng almashtirish tugallangan xisoblanadi.
*Shu vaqtdan boshlab zaxiradagi o‘yinchi asosiy tarkib o‘yinchisi xisoblanadi, almashtirilgan o‘yinchi esa asosiy o‘yinchi xisoblanmaydi.
*Almashtirilgan o‘yinchi matchda boshka ishtirok eta olmaydi.
*Xamma zaxiradagi o‘yinchilar o‘yinga qatnashish yoki qatnashmasliklaridan qatiy nazar xakam vakolatlariga bo‘ysunadilar.
Darvozabonning almashtirilishi.
Boshqa har qanday o‘yinchilar darvozabon bilan joylarini almashishlari mumkin shu shart bilanki;
*Xakam bu xaqda almashinishdan oldin xabardor kilingan bo‘lishi kerak.
*Almashinish match to‘xtaganda amalga oshiriladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar zaxiradagi o‘yinchi xakam ruxsatisiz maydonga chiqsa
*O‘yin to‘xtatiladi.
*Zaxiradagi o‘yinchi sariq kartochka kursatilish bilan ogoxlantirish oladi va uning maydondan chiqishi so‘raladi
*O‘yin to‘xtatilganda to‘p qayerda bo‘lsa o‘sha joydan,« baxsli to‘p « yordamida o‘yin yangilanadi.
Agar o‘yinchi xakam ruxsatisiz darvozabon bilan joy almashsa:
* o‘yin davom etadi.
* to‘p keyingi marta o‘yindan chiqqanda qoidani buzgan o‘yinchilar sariq kartochka ko‘rsatishi bilan ogoxlantirish oladilar.
Boshqa har qanday shu qoidaning buzilishida:
* Shunga muvofiq o‘yinchilar sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogoxlantirish oladilar.
O‘yinning qaytadan boshlash.
Agar o‘yin xakam tomonidan ogoxlantirish berish uchun to‘xtatilsa:
* O‘yin raqib jamoa o‘yinchisi tomonidan o‘yin to‘xtatilganda to‘p qayerda bo‘lsa shu joydan erkin zarba bilan o‘yin yangilanadi.
Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi, chiqarib yuborilgan o‘yinchilar.
Boshlang‘ich zarbadan oldin chiqarib yuborilgan o‘yinchi, faqatgina ro‘yxatdagi zaxira o‘yinchilardan birortasi bilan almashtirilishi mumkin.
*Match protokolida boshlang‘ich zarbadan oldin yoki o‘yin boshlangandan so‘ng chiqarib yuborilgan zahiradagi o‘yinchini almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
XALQARO YIG‘IN QARORI.

O‘yin davomida jamoaning rasmiy kishisi o‘yinchilarga taktik ko‘rsatmalar berishga xuquqi bor, lekin bundan so‘ng u tezda joyiga qaytishga majbur. Hamma rasmiy kishilar texnik zona doirasida bo‘lishlari majburdir:


Ular uzlarini odobli tarbiyali xush muomalali va javobgar xis qilishi (tutishlari) kerak.

O‘YINCHILAR EPIKIROVKASI.


Xavfsizlik.
O‘yinchi o‘z xayotiga yoki boshqa o‘yinchi xayotiga xavf soluvchi biror narsa taqmasligi yoki kiymasligi kerak.
Epikirovka.
O‘yinchilar majburiy ekipirovka elementlari xisoblanadi.
Ko‘ylak yoki futbolka.
Kalta ishton – agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan bo‘lsa, ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan bo‘lishi kerak.
Getralar.
Oyoq qalqoni.
Oyoq kiyim .
Shitlar
To‘lik getra bilan yopiladi.
To‘g‘ri keladigan ( mos keladigan ) materialdan ( rezina, plastik yoki shunga uxshash) tayyorlanadi.
Yetarli darajada himoya bilan ta’minlaydi.
Darvozabonlar.
Darvozabonlar kiyimining rangi boshqa o‘yinchilar xakam va xakam yordamchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak.
Qoida buzilishi va jazo.
Shu qoidaning har qanday buzilishida:
O‘yinni to‘xtatishning xojati yo‘q.
Xakam o‘yinchining o‘z ekipirovkasini tartibga keltirishi uchun maydondan chiqishini so‘raydi. (maslaxat beradi )
O‘yinchi to‘p o‘yindan chiqqan vaqtda maydonni tashlab chiqadi (chiqib ketadi) agar shu paytgacha u o‘z ekipirovkasni tartibga keltirmagan bo‘lsa.
Xakam talabi bilan o‘z ekipirovkasini tartibga keltirish uchun maydonni tashlab chiqqan har qanday o‘yinchi, xakam ruxsatisiz yana maydonga qaytishi mumkin emas.
O‘yinchining yana maydonga chiqishiga ruxsat berishdan oldin, xakam uning ekipirovkasini tekshiradi.
O‘yinchi yana maydonga chiqishi mumkin, qachonki: to‘p o‘yindan chiqsa. Shu qoidani buzganligi sababli maydondan chiqishi so‘ralgan o‘yinchi (yoki yana kaytayotgan ) xakam ruxsatisiz maydonga chiqsa sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi.
O‘yinni qaytadan boshlash.
Agar xakam ogoxlantirish berish uchun o‘yinni to‘xtatsa :
O‘yin qarshi jamoa o‘yinchisi tomonidan xakam o‘yinni to‘xtatgan vaqtda to‘p qayerda bo‘lsa, shu joydan erkin to‘p tepish bilan o‘yin qaytadan boshlanadi.
2. HAKAMLIK VA YORDAMCHI XAKAMLAR

Hakam vakolati .


Har qanday match hamma vakolatga ega bulgan hakam tomonidan nazorat qilinadi va o‘yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Hakamning huquqi va majburiyatlari.
Hakam:
O‘yin Qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Matchning borishini o‘z yordamchilari bilan nazorat qiladi.
Foydalaniladigan har kanday tupni 2 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
O‘yinchilar kiyimi 4 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
O‘yin xronometrajini va matchni yozib boradi.
U o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘yinni to‘xtatishi vaqtinchalik to‘xtatishi yoki har qanday qoida buzilishida o‘yinni umuman to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
To‘xtatishi, vaqtinchalik to‘xtatishi yoki har qanday chetdan bo‘lgan aralashuvga matchni umuman to‘xtatib qo‘yish mumkin.
Matchni to‘xtatadi, agar uning fikricha o‘yinchi jiddiy jaroxat olgan va o‘yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi.
Agar uning fikricha o‘yinchi unchalik axamiyatga ega bo‘lmagan jaroxat olgan bo‘lsa to‘p o‘yindan chiqmaguncha o‘yinni davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
O‘yinchidan qon oqayotgan bo‘lsa, uning maydondan chiqishini ta’minlaydi.Xakam qon oqishining to‘xtaganiga ishonch xosil qilib, signal berganidan so‘ng o‘yinchi maydonga qaytishi mumkin.
Qachonki o‘yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yo‘l qo‘ysa, uni muximrok ( og‘irroq ) bo‘lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi.
Ogoxlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida buzilishlariga yo‘l qo‘ygan o‘yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabul qiladi. U bunday choralarni tez qabul qilishga majbur emas, lekin to‘p o‘yindan chiqqan zaxotiyoq qabul qilishi keark.
O‘zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan chora qabul qiladi va o‘z ixtiyoriga ko‘ra maydondan ( texnik zonadan ) chiqarib yuborishi mumkin.
Xakam o‘zi ko‘rmay qolgan xolatlar bo‘yicha o‘z yordamchilari tavsiyasiga asoslanib xarakat qiladi.
Begona shaxslar maydonda bo‘lmasliklarini ta’minlaydi.
Match vaqtinchalik tuxtatilgandan keyin uni yangilaydi.
Match davomida o‘yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga
nisbatan qo‘llanilgan intizom choralari va har xil matchdan oldin, match davomida yoki matchdan so‘ng yuz bergan xolatlar bo‘yicha tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.
Hakam qarori.
O‘yinga bog‘liq voqealar bo‘yicha xakam qarori qat’iy xisoblanadi. Hakam o‘z qarorini faqat shunday xolatlarda o‘zgartirishi mumkin, agar u qarorini xato ekanligini yoki yordamchilari tavsiyasi bilan tushunib yetsa, lekin shu shart bilanki u xali o‘yinni yangilamagan bo‘lsa
XALQARO YIG‘IN QARORI.
Hakam (yoki sharoitga qarab yordamchi yoki zaxiradagi xakam ) fuqorolik javobgarligiga tortilmaydi:
Har qanday o‘yinchi rasmiy shaxs yoki tomoshabin tomonidan olingan jaroxat (uchun).
Har qanday mulkka yetkazilgan zarar uchun.
Matchni tashkil qilish, o‘tkazish va boshqarishda zarur bo‘lgan yoki o‘yin qoidasi talablariga mos qabul qilingan qarorlar oqibatida yuzaga yoki yuz bergan har qanday klub, kompaniya, uyushma yoki tashkilotga yetkazilgan har qanday zarar uchun.
Bularga kirishi mumkin :
Maydon xolatiga ko‘ra yoki ob xavo sharoitiga ko‘ra matchni utqazishga ijozat bersa bo‘ladimi, yo‘qmi.
Biron bir sababga ko‘ra matchni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror.
Match davomida foydalaniladigan uskuna yoki jixozlar xolati to‘g‘risida qaror, darvoza ustuni, tusini, burchak bayroqlari va to‘pni qo‘shgan xolda .
Tomoshabinlar aralashuvi sababli yoki tomoshabinlar uchun ajratilgan zonada yuz bergan muammolar uchun matchni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslik to‘g‘risidagi qaror.
Jaroxat olgan o‘yinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun maydondan chiqishiga ruxsat berish uchun o‘yinni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslik to‘g‘risida qaror.
Jaroxat olgan o‘yinchidan unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maydondan chiqishini so‘rash yoki talab qilish to‘g‘risidagi qaror.
O‘yinchiga ayrim kiyim yoki ekipirovka predmetlarini taqib yurishga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik to‘g‘risidagi qaror.
Har qanday shaxslarga ( jamoaning yoki o‘yingox rasmiy kishilari, xavfsizlik hizmati vakillari, suratchi yoki boshqa ommaviy axborot vakillarini qo‘shgan holda) to‘g‘ridan to‘g‘ri maydon yaqinida bo‘lishlariga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik ( uning majburiyatlari doirasida bo‘lsa ) to‘g‘risida qaror.
O‘yin qoidasiga mos keluvchi yoki FIFA reglamenti yoki qoida shartlariga ko‘ra uning vazifasiga kiruvchi boshqa har qanday qaror.

Zaxiradagi xakam tayinlanadigan musobaqa yoki turnirlarda, uning roli va majburiyati, Halqaro yig‘in tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatmaga mos kelishi kerak.


HAKAM YORDAMCHILARI.
Majburiyati.
Ikkita hakam yordamchisi tayinlanadi va ularning vazifasiga ( hakam qaroriga bog‘liq ) signal berish kiradi:?
Qachonki to‘p maydon chizig‘idan tashqariga to‘liq chiqsa.
Qaysi jamoa burchak to‘pi, darvozadan zarba yoki to‘p tashlash xuquqiga ega.
Qachon o‘yinchi o‘yindan tashqari xolatda bo‘lganligi uchun jazolanadi.
Qachonki o‘yinchi almashtirish to‘g‘risida iltimos bulsa.
Hakam ko‘rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulk yoki boshqa har qanday xolatlar bo‘yicha.
Qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan ko‘ra shu joyga hakam yordamchilari yaqin bo‘lgan xolatlarda ( qisman jarima maydonida yuz bergan qoida buzilishlari ham kiradi.)
Shunday hollarda ya’ni qachonki 11m jarima to‘pi bajarilayotganda darvozabon to‘pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, to‘p esa chiziqni kesib o‘tsa.
Yordam.
Yordamchilar hakamga matchni o‘yin qoidasiga mos utkazilishiga yordam beradilar. Yordamchilar 9,15m masofasiga rioya qilishiga yordam berish uchun maydon doirasiga kirish mumkin .
Hakam o‘z yordamchisini asoslanmagan aralashuv yoki qupol muomala holatlarida vazifasidan ozod qiladi va tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.

MATCH DAVOMIYLIGI.


O‘yin vaqti.
O‘yin 45 minutdan 2 taym davom etadi. (agar hakam va ikki jamoa vakillari boshqa variantni kelishmagan bo‘lsa) Har qanday o‘yin vaqtini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuvga ( masalan yorug‘likning yetishmasligi sababli har qaysi taymning 40 minutgacha qisqartirilishi ) o‘yin boshlangunga qadar erishilgan bo‘lishi kerak va bu holat musobaka talablariga javob berishi kerak.

Taymlar oralig‘idagi tanaffus.


O‘yinchilar 2 taym oralig‘ida tanaffus olishlariga xaqlari bor. Taym oralig‘idagi tanafus 15 minutdan oshmasligi kerak. Musobaqa tartibida taymlar oralig‘idagi tanafus vaqti ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Taymlar orasidagi tanaffusning davomiyligi faqat hakamning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Qushib berilgan vaqt.
Quydagi xolatlarga ketgan vaqt ikki taymning har qaysisiga qo‘shib beriladi.
O‘yinchilarni almashtirishga.
O‘yinchining jaroxatini jiddiyligini aniqlashga.
Jaroxatlangan o‘yinchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ularni maydon tashqarisiga olib chiqishga.
Qasddan o‘yin vaqtini chuzish
Boshqa har qanday xolatlarda.
Qo‘shib berilgan vaqtning davomiyligini faqat hakam aniqlaydi.
11- Metrlik to‘p.
Har qaysi ikki taymning asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida yoki qo‘shib berilgan vaqtning oxirgi daqiqasida belgilangan 11 metrlik jarima to‘pi uchun aloxida vaqt ajratiladi.
Oxirigacha o‘ynalmagan match.
Agar musobaqa nizomida boshqacha holatlar bo‘lmasa oxirigacha o‘ynalmagan match qayta o‘ynaladi.
O‘yin boshlanishi va yangilanishi.
Dastlabki shartlar.
Match boshlanishidan oldin qur’a tashlash o‘tkaziladi va jamoalardan biri darvozani tanlash huquqini oladi.
Qarshi jamoa matchda boshlang‘ich zarbani bajaradi.
Qur’a tashlash tufayli darvozani tanlagan jamoa, ikkinchi taymda boshlang‘ich zarbani bajaradi.
Matchni ikkinchi taymida jamoalar darvoza almashadilar.
Boshlang‘ich zarba.
Boshlang‘ich zarba bu o‘yinni boshlash yoki o‘yinni yangilash uchun qo‘llaniladigan usuldir.
1.Match boshida.
2.Urilgan goldan so‘ng.
3.Ikkinchi taym boshida.
Boshlang‘ich zarbani bajarish holatlari.
1.Hamma o‘yinchilar o‘z maydonida bo‘lishlari kerak.
2.Boshlang‘ich zarbani bajarish xuquqini qo‘lga kirita olmagan jamoa o‘yinchilari to‘p o‘yinga kiritilmaguncha to‘pdan 9,15m masofa uzoqlikda turishlari kerak.
3.To‘p harakatsiz xolatda maydon markazida turadi.
4.Hakam signal beradi.
5.To‘pga zarba berilib to‘p oldinga xarakatlangandan so‘ng to‘p o‘yinda hisoblanadi.
6.Boshlang‘ich zarbani bajargan o‘yinchi to‘p boshqa o‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta tegishga xaqqi yo‘k.
Jamoalardan biri gol urgandan so‘ng boshlang‘ich zarba boshqa jamoa o‘yinchisi tomonidan bajariladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar boshlang‘ich zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa bir o‘yinchi tegmasidan oldin ikkinchi marta tegsa .
1. Qoida buzilgan joydan raqib jamoa o‘yinchisiga erkin to‘p tepish xuquqi beriladi.
Har qanday boshlang‘ich zarba bajarish tartibi buzilganda:
* boshlang‘ich zarba qaytariladi.

Bahsli to‘p.


«Bahsli to‘p»-- bu to‘p o‘yinda bo‘lgan vaqtda o‘yin qoidasida ko‘zda tutilmagan holat buyicha vaqtinchalik tuxtatilgandan sung o‘yinni yangilash usulidir.

Bahsli to‘pni bajarish holati.


Hakam o‘yinni to‘xtatganda to‘p qayerda bo‘lsa o‘sha joydan to‘pni tashlab beradi. To‘p yerga tegishi bilan o‘yin davom etiriladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Bahsli to‘p qayta o‘ynaladi:
Agar o‘yinchi to‘p yerga tegmasidan oldin tegsa.
Agar to‘p yerga tekkandan so‘ng maydon tashqarisiga chiqib ketsa va bunda xech qaysi o‘yinchi to‘pga tegmagan bo‘lsa.
Muhim holatlar.
Ximoyalanuvchi jamoa foydasiga uning darvoza maydoni chegarasida erkin yoki jarima to‘pi belgilansa darvoza maydonining har qanday nuqtasidan bajariladi.
Xujum qiluvchi jamoa foydasiga belgilangan raqib jamoa darvoza maydoni chegarasidagi erkin to‘p darvoza maydoni chizig‘idan qoida buzilgan joyga yaqin nuqtada bajariladi.
Darvoza maydoni ichida vaqtinchalik tuxtatishdan sung o‘yinni yangilash uchun qo‘llaniladigan «bahsli to‘p», darvoza chizig‘iga parallel holatda darvoza maydoni chizig‘ida o‘yin to‘xtatilgan vaqtda to‘p qayerda bo‘lgan bo‘lsa shu joy yaqinidagi nuqtadan o‘ynaladi.
3. TO‘P O‘YINDA VA O‘YINDAN TASHQARIDA.

To‘p o‘yindan tashqarida.


To‘p o‘yindan chiqqan xisoblanadi agar:
To‘p yerdan yoki xavo orqali darvoza chizig‘idan yoki yon chiziqdan tuliq kesib o‘tsa.
O‘yin hakam tomonidan to‘xtatilsa.
To‘p o‘yinda.
Qolgan hamma vaqtlarda to‘p o‘yinda xisoblanadi, quyidagi holatlarni ham xisobga olgan xolda.
To‘p darvoza ustuniga, tusiniga yoki burchakdagi bayroqqa tegib maydonga qaytsa.
To‘p maydonda turgan hakamga yoki hakam yordamchisiga tegib qaytsa.

NATIJANI ANIQLASH.


Gol.
Agar to‘p ikki ustun oralig‘i va tusin ostida darvoza chizig‘idan to‘liq o‘tsa va bunda gol urgan jamoa o‘yin qoidasini buzmagan bo‘lsa, darvozaga to‘p urilgan xisoblanadi.
G‘olib jamoa.
O‘yin davomida eng ko‘p to‘p urgan jamoa g‘olib xisoblanadi.
Agar ikkala jamoada to‘plar nisbati teng bo‘lsa yoki bitta ham to‘p urilmagan bo‘lsa bunday o‘yin natijasi durang bo‘ladi.
Musobaqa reglamenti.
Musobaqa tartibida agar match durang natija bilan tugasa qushimcha vaqt tayinlash yoki xalqaro yig‘in tomonidan tasdiqlangan match g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi vaziyat ko‘zda tutilishi mumkin.
O‘YINDAN TASHQARI XOLAT.
O‘yinchining o‘yindan tashqari xolatda bo‘lishi o‘zidan o‘zi qoida bo‘zilishi bo‘lib hisoblanmaydi.
O‘yinchi o‘yindan tashqari xolatda bo‘ladi agar:
To‘p va oxirgi raqib o‘yinchisidan ko‘ra raqib darvoza chizig‘iga yaqin bulsa.
O‘yinchi o‘yindan tashqari xolatda bo‘lmaydi agar:
U maydonning o‘ziga tegishli qismida bo‘lsa.
U raqib jamoaning oxirgi o‘yinchisi bilan bir chiziqda bo‘lsa yoki
U raqib jamoaning oxirgi 2 o‘yinchisi bilan bir chiziqda bo‘lsa.
Qoida buzilishi va jazo
Uyindan tashqari holatda turgan o‘yinchi faqat shunday hollarda jazolanishi mumkin, agar to‘pga tegish vaqtida yoki biror jamoadoshi to‘pga zarba berayotgan vaqtda, u hakamning fikricha o‘yin faoliyatiga aktiv ishtirok etayotgan bulsa, aniqrog‘i:
o‘yinga aralashsa yoki
raqibining o‘ynashiga xalaqit bersa yoki
o‘zining joylashgan vaziyatiga ko‘ra ustunlikka ega bo‘lsa.
Qoida buzilmaydi.
O‘yindan tashqari xolat xisoblanmaydi agar o‘yinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘pni qabul qilsa:
Darvoza maydoni chizig‘idan zarbadan yoki
Yon chiziqdan to‘p o‘yinga kiritilganda yoki
Burchak to‘pi tepilganda.
Qoida buzilishi va jazo.
Har qanday o‘yindan tashqari xolat qoidasi buzilganda hakam erkin to‘p tayinlaydi va bu qoida buzilgan joydan raqib jamoa o‘yinchisi tomonidan amalga oshiriladi.

QOIDA BUZILISHI VA INTIZOMSIZ O‘YINCHILAR XULQI.


Qoida buzilishi, ta’qiqlangan usullarning qo‘llanishi, tartibsiz o‘yinchilar xulqi quyidagicha jazolanadi.
Jarima to‘pi.
O‘yinchi quyidagi 6 xolatdan birortasini amalga oshirsa va bunda hakam o‘yinchining harakatini extiyotsizlik yoki o‘ta jismoniy zo‘ravonlik deb baxolasa jarima to‘pga tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi :
Raqibga oyok bilan zarba berish yoki zarba berishga harakat qilish.
Chalib yuborish yoki chalib yuborishga harakat qilishi.
Raqib ustiga sakrash.
Raqibga xujum qilishi.
Raqibga qo‘l bilan zarba berish yoki zarba berishga urinish harakat qilish.
Raqibni itarish.
Jarima to‘pini tepish xuquqi raqib jamoaga ham berilishi mumkin agar o‘yinchi quyidagi 4 ta qoida buzilishiga yo‘l qo‘ysa.
Raqibdan to‘pni olib qo‘yishda, to‘pga yetib unga tegmasidan oldin raqibga tegsa.
Raqibni ushlab qolish.
Raqibga tupurishi.
Qasddan qo‘l bilan o‘ynash (o‘z jarima maydonida turgan darvozabondan tashqari )
Jarima to‘pi qoida buzilgan joydan bajariladi.
11 metrlik jarima to‘pi.
11- metrlik jarima to‘pi yuqorida ko‘rsatilgan 10 ta qoida buzilishining har qaysisida tayinlanadi. Agar bu xolatlar o‘yinchi tomonidan o‘z darvozasi jarima maydonida sodir etilsa.
Bunda to‘pning qayerda bo‘lishi xisobga olinmaydi, shu shart bilanki to‘p o‘yinda bo‘lishi kerak.
Erkin to‘p.
Erkin to‘p tepish xuquqi raqib jamoaga beriladi agar darvozabon o‘z jarima maydonida turib quyidagi 5 ta qoidadan birortasini buzsa.
To‘pni tashlashdan oldin, qo‘lida 6 sekunddan ortiq to‘pni ushlab tursa.
To‘pni tashlagandan so‘ng, boshqa o‘yinchi tegmasidan yana to‘pni qo‘l bilan ushlasa.
O‘z jamoadoshi tomonidan ataylab oshirilgan to‘pga qo‘li bilan tegsa.
O‘z jamoadoshi tomonidan yon chiziqdan tashlangan to‘pni qabul qilishda to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘li bilan tegsa.
Shunday xolatlarda erkin to‘p tayinlanadi, agar o‘yinchi hakam fikricha:
Havfli o‘ynasa.
Raqibning harakat qilishiga yo‘l qo‘ymasa.
Darvozabonning to‘pni tashlashiga xalaqit qilsa.
Qoidada ko‘rsatib o‘tilmagan, boshqa har qanday qoida buzilishida, o‘yin to‘xtalib o‘yinchiga ogoxlantirish beriladi yoki maydondan chiqarib yuboriladi.
Erkin to‘p qayerda qoida buzilgan bo‘lsa o‘sha joydan bajariladi.
Intizomni buzuvchilarga qo‘llaniladigan xolatlar.
Ogoxlantirish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
O‘yinchi sariq kartochka olish bilan ogoxlantirish oladi, agar quyidagi yetti qoidaning birontasini buzsa.
Sportchiga xos bo‘lmagan xatti harakatlar.
Hakam qaroriga namoyishkorona norozilik bildirish ( so‘z bilan yoki ishora bilan).
O‘yin qoidasini muntazam buzish.
O‘yinni yangidan boshlashni cho‘zish.
O‘yinni burchakdan, jarima yoki erkin to‘p bilan yangidan boshlashda talab qilingan masofaga rioya qilmasa.
Maydonga hakam ruxsatisiz chiqish yoki qaytish.
O‘zboshimchalik bilan hakam ruxsatisiz maydondan ketish.
O‘yindan chetlatish bilan jazolanadigan qoida buzishlar.
O‘yinchi qizil kartochka ko‘rsatish bilan o‘yindan chetlatiladi. Agar quyidagi yetti qoidaning birontasini buzsa.
O‘yin qoidasining jiddiy buzilishi.
Zo‘ravonlik, qupollik xatti harakatlari.
Raqibga yoki boshqa shaxsga tupirish.
Ataylab qo‘l bilan o‘ynab, raqibning gol urishiga xalaqit qilish yoki aniq gol urishi imkoniyatidan maxrum qilish. (bu o‘z jarima maydonida turgan darvozabonga tegishli emas)
5. Erkin to‘p jarima yoki 11metrlik zarba bilan jazolanidigan qoida buzish bilan darvozaga harakat qilayotgan raqibni aniq gol urish imkoniyatidan mahrum qilish.
Ranjitadigan haqoratli so‘zlar yoki odob ahloqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishoralar qilsa.
Bir match davomida 2ta ogoxlantirish olsa
Maydondan chiqarilib yuborilgan o‘yinchi maydon chegarasiga yaqin joylar va texnik zonalardan ham chiqib ketish kerak.Qizil yoki sariq kartochka faqat o‘yinchiga,zaxiradagi o‘yinchiga yoki almashtirilgan o‘yinchiga ko‘rsatilishi mumkin.
XALQARO YIG‘IN QARORI.
O‘yinchining raqibga, sherigiga, hakamga, hakam yordamchisiga yoki boshqa har qanday shaxsga nisbatan uyin maydonida yoki maydon tashqarisida ogoxlantirishga yoki chiqarib yuborilishiga olib keladigan qoida buzishi, yo‘l qo‘ygan hatti harakatlariga munosib jazolanadi.
Agar darvozabon qo‘lining har qanday qismi to‘pga tegsa u to‘pni nazorat qilayotgan hisoblanadi. Darvozabon to‘pni nazorat qilishi deganda ataylab to‘pni egallab olishi tushuniladi. Agar darvozabon to‘pni egallashda qo‘lidan chiqarib yuborsa, maydondagi o‘yinchilar to‘p bilan o‘ynashlari mumkin.
12 Qoidaga ko‘ra o‘yinchi to‘pni o‘z darvozaboniga kallasi, ko‘kragi yoki tizzasi bilan berishi mumkin. Lekin o‘yinchi hakam fikricha ataylab ustalik bilan xiyla ishlatib qoidani aylanib o‘tmokchi bo‘lsa (to‘p o‘yinda bo‘lgan vaqtida) bu sportga xos bulmagan harakat hisoblanadi va o‘yinchi sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi va raqib jamoa qoida buzilgan joydan erkin to‘p tepish xuquqini qo‘lga kiritadi.
O‘yinchi erkin yoki jarima zarbasini bajarayotganda ataylab ustalik bilan xiyla ishlatib qoidani aylanib o‘tmokchi bo‘lsa sportga xos bo‘lmagan harakati uchun bunda ular sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi. Zarba qaytariladi.
To‘pni orqadan olib qo‘yishda raqibning xavfsizligiga taxdid solinishi, jiddiy qoida buzilishi sifatida jazolanishi kerak.
Maydonda hakamni aldash uchun ishlatilgan har qanday mug‘ambirlik ayyorlik sportchiga xos bo‘lmagan hatti harakat sifatida jazolanadi.

JARIMA VA ERKIN ZARBALAR.


Zarba xillari.
Zarbalar jarima yoki erkin zarbaga bo‘linadi.
Jarima zarbasida bo‘lganidek xuddi shunday erkin zarbada ham to‘p zarba bajarilayotganda harakatsiz holatda bo‘lishi kerak, zarbani bajarayotgan o‘yinchi esa to‘p boshqa o‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta to‘pga tegishga haqqi yo‘q.
Jarima zarbasi.
Agar to‘p jarima zarbasidan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri, qarama qarshi jamoa darvozasiga tushsa,gol hisoblanadi.
Agar to‘p jarima zarbasidan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z darvozasiga tushsa qarama-qarshi jamoa burchak to‘pini tepishni qo‘lga kiritadilar.
Erkin zarba. (SIGNAL) -Hakam qo‘lini boshi tepasiga ko‘targan xolda erkin zarba haqida signal beradi .U qo‘lini shu holatda zarba bajarilib to‘p biron bir o‘yinchiga tegmaguncha yoki o‘yindan chiqmaguncha ushlab turadi.
To‘pning darvozaga tushishi.
To‘p faqat shu holatda xisoblanishi mumkin, agar zarbadan so‘ng va darvozaga tushishdan oldin boshqa o‘yinchiga tegsa.
*Agar erkin zarbadan to‘p to‘g‘ri qarama-qarshi jamoa darvozasiga tushsa, darvozadan zarba tayinlanadi.
*Agar erkin zarbadan to‘p to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘z darvozasiga tushsa qarshi jamoa burchak zarbasini bajarish xuquqini oladi.
Jarima va erkin zarba bajarilish joyi .
Jarima yoki erkin zarba jarima maydoni doirasida :
Ximoyalanuvchi jamoa tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma o‘yinchilari to‘pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
*To‘p o‘yinga kirmaguncha raqib jamoaning hamma o‘yinchilari jarima maydoni tashqarisida turadi.
*Qachonki to‘p jarima maydonidan tashqariga chiqsa, to‘p o‘yinda xisoblanadi.
*Darvoza maydoni doirasida bajarilishi kerak bulgan jarima yoki erkin zarba uning har qaysi nuktasida bajarilishi mumkin.
Xujumdagi jamoa tomonidan bajariladigan erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma o‘yinchilari to‘pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
*To‘p o‘yinda xisoblanadi qachonki to‘pga zarba berilib, u harakatda bo‘lsa.
*Darvoza maydonida bajarish uchun tayinlangan erkin zarba, darvoza chizig‘iga parallel bo‘lgan darvoza maydoni chizig‘ida qoida buzilgan joy yaqinida amalga oshiriladi.
Jarima maydoni tashqarisida bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma o‘yinchilari to‘p o‘yinga kirmaguncha to‘pdan 9,15 m masofa uzoqlikda joylashadi.
*To‘p o‘yinda hisoblanadi qachonki to‘pga zarba berilib u harakatda bo‘lsa.
*Jarima yoki erkin zarba qayerda qoida buzilgan bo‘lsa o‘sha joydan bajariladi .
Qoida buzilishi va jazo.
Agar jarima yoki erkin zarba bajarilayotganda raqiblardan biri to‘pga ruxsat berilgan masofadan ko‘ra yaqinroqda bo‘lsa.
*Zarba qaytariladi.
Ximoyalanayotgan jamoaning o‘z jarima maydonida bajarayotgan jarima yoki erkin zarbasidan so‘ng to‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘yinga kirmasa.
*Zarba qaytariladi.
Maydon o‘yinchisi tomonidan (Darvozabon emas) bajariladigan jarima yoki erkin zarba
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinga to‘pga boshqa biror o‘yinchi tegmasdan oldin ikkinchi marotaba to‘pga tegsa :(qo‘li b\n emas).
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini qo‘lga kiritadi.
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasidan oldin ataylab to‘pni qo‘li bilan o‘ynasa .
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini qo‘lga kiritadi.
*Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o‘yinchi jamoasi jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11m zarba tayinlanadi .
Darvozabon tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Agar, to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng darvozabon to‘pga boshqa biror o‘yinchi tegmasidan oldin (qo‘li bilan emas) qaytadan to‘pga tegsa.
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini qo‘lga kiritadi .
Agar to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng darvozabon to‘pga biror o‘yinchi tegmasidan oldin ataylab to‘pni qo‘li bilan o‘ynasa .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi,agar qoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni tashqarisida yuz bergan bo‘lsa, zarba qoida buzilgan joydan bajariladi .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi,agar qoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni ichida yuz bersa,zarba qoida buzilgan joydan bajariladi .
11-METRLIK ZARBA.
To‘p o‘yinda bo‘lgan vaqtda o‘yinchilar o‘z jarima maydoni doirasida jarima to‘pi tayinlanadigan 10ta qoidaning birortasini buzsa shu jamoa darvozasiga 11metrlik jarima zarbasi tayinlanadi, 11metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol hisoblanadi. Har qaysi taymning tugashida, asosiy yoki qo‘shimcha vaqt bo‘lishidan qat’iy 11metrlik zarba uchun vaqt qo‘shib beriladi.
To‘p va o‘yinchilarning joylashishi.
To‘p:
*11metrlik nuqtaga joylashtiriladi.
Zarbani bajaruvchi o‘yinchi kerakli tarzda aniqlanadi.
Ximoyalanuvchi jamoa darvozaboni.
*To‘pga zarba berilmaguncha darvoza chizig‘ida ikki ustun oralig‘ida zarbani bajarayotgan o‘yinchiga yuzma-yuz turgan holatda qoladi.
Zarbani bajarayotgan o‘yinchidan boshqa o‘yinchilar turishadi.
*Maydon doirasida.
*Jarima maydonidan tashqarida.
*11metrlik nuqta orqasida .
*11metrlik nuqtadan kamida 9,15 m uzoqlikda.
Hakam.
*O‘yinchilar shu qoidada asosan joylarini egallamaguncha, 11m zarbani bajarish uchun signal bermaydi.
*11m zarba bajarilgani haqida qaror qabul qiladi.
Zarbani bajarish tartibi.
*11m zarbani bajaruvchi o‘yinchi to‘pni zarba bilan to‘g‘riga yo‘naltiradi.
*To‘p biror bir o‘yinchiga tegmaguncha to‘pga ikkinchi marta tegmaydi.
*To‘pga zarba berilib u oldinga harakat qilsa,to‘p o‘yinda
hisoblanadi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar hakam 11m zarbani bajarish uchun signal bersa va to‘p o‘yinga kirgunga qadar quyidagi holatlardan biri yuz bersa :
Zarbani bajaruvchi o‘yinchi o‘yin qoidasini buzsa:
*Hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi.
*Agar to‘p darvozaga kirsa, zarba qaytariladi.
*Agar to‘p darvozaga kirmasa zarba qaytarilmaydi.
Darvozabon o‘yin qoidasini buzsa .
*Hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi
*Agar to‘p darvozaga kirsa gol hisoblanadi.
*Agar to‘p darvozaga kirmasa zarba qaytariladi.
Zarbani bajaruvchi o‘yinchining jamoadoshi jarima maydonchasiga kirsa, yoki 11metrlik nuqtadan oldinga o‘tsa yoki nuqtaning 9,15metrlik doirasida bo‘lsa.
*Hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi.
*Agar to‘p darvozaga kirsa zarba qaytariladi.
*Agar to‘p darvozaga kirmasa zarba qaytarilmaydi.
*Agar to‘p darvozabonga, darvoza tusiniga yoki darvoza ustuniga tegib sapchib ketsa va to‘pga shu o‘yinchi tegsa hakam o‘yinni to‘xtatadi va erkin zarba bilan yangidan boshlash huquqini qarshi jamoaga beradi.
Darvozabonning jamoadoshi jarima maydoniga kirsa yoki 11metrlik nuqtadan oldinga o‘tsa yoki nuqtaning 9,15m doirasida bo‘lsa:
*Hakam zarbani bajarish uchun imkon beradi.
*Agar to‘p darvozaga kirsa gol xisoblanadi.
*Agar to‘p darvozaga kirmasa, zarba kaytariladi.
Himoyalanuvchi va xujumga o‘tuvchi jamoa o‘yinchilari o‘yin qoidasini buzsa.
*zarba qaytariladi.
Agar 11metrlik zarba bajarilgandan so‘ng:
Zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror o‘yinchiga tegmasidan oldin ikkinchi marotaba to‘pga tegsa (qo‘li bilan emas) .
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi.
Zarbani bajruvchi o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasidan oldin qo‘li bilan ataylab o‘ynasa:
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi.
To‘p oldinga harakatlanayotganda unga begona buyum tegsa:
* zarba qaytariladi.
To‘p darvozabon, ustun yoki darvoza tusinidan sapchib maydonga qaytsa, undan so‘ng begona buyum yoki biror shaxs tegsa:
*Hakam o‘yinni to‘xtatadi. To‘pga begona buyum yoki biror shaxs tekkan joydan, «baxsli to‘p» bilan o‘yin yangilanadi.
TO‘PNI TASHLASH.
To‘pni tashlash o‘yinni yangidan boshlash usuli hisoblanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri to‘pni tashlashdan so‘ng urilgan gol xisoblanmaydi.
To‘pni tashlash tayinlanadi.
Qachonki to‘p to‘liq yon chiziqni yerdan yoki xavodan kesib o‘tsa.
To‘p yon chiziqni kesib o‘tgan joyda.
To‘pga oxirgi tekkan o‘yinchining raqib jamoasiga.
To‘pni tashlash xolati.
To‘pni tashlash vaqtida o‘yinchi.
Maydonga yuzi bilan qaragan xolda.
Tovonning bir qismi yon chiziqda bo‘ladi yoki yon chiziqning tashqarisida bo‘ladi.
To‘pni tashlashni ikki qo‘llab amalga oshiradi.
To‘p bosh orqasidan harakatga keltirib tashlaydi.
To‘p tashlashni bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasidan oldin yana tegishi mumkin emas. To‘p maydonga tushishi bilanoq o‘yinda xisoblanadi.
Qoida buzilishi / Ruxsat berish.
To‘pni o‘yinchi tomonidan tashlanishi:
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng to‘p tashlashni amalga oshirgan o‘yinchi to‘p boshqa biror o‘yinchiga tegmasdan oldin(qo‘l bilan emas) yana to‘pga tegsa:
Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqi beriladi.
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng to‘p tashlashni amalga oshirgan o‘yinchi, to‘p boshqa biror o‘yinchiga tegmasidan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa.
Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqi beriladi.
Agar qoida buzilishi to‘p tashlashni bajargan o‘yinchi jarima maydonida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
To‘pni darvozabon tomonidan tashlanishi.
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng darvozabon to‘p boshqa biror o‘yinchiga tegmasdan avval yana to‘pga tegsa ( qo‘l bilan emas ).
Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqi beriladi.
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng darvozabon to‘p boshqa biror o‘yinchiga tegmasdan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa
Qarshi jamoaga jarima zarbasini bajarish xuquqi beriladi, agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydonidan tashqarisida yuz bersa, bunda zarba qoida buzilgan joyda amalga oshiriladi.
Qarshi jamoaga erkin zarba bajarish xuquqi beriladi, agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasida yuz bersa, bunda zarba qoida buzilgan joyda amalga oshiriladi.
Agar raqib halol bo‘lmagan usul bilan to‘p tashlashni amalga oshirayotgan o‘yinchini diqqatini chalg‘itsa yoki halaqit bersa.
Bunday o‘yinchi sportga xos bo‘lmagan hatti harakati uchun sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi.
Shu qoidaning boshqa har qanday buzilishida:
Qarshi jamoa o‘yinchisi to‘p tashlashni amalga oshiradi.

DARVOZADAN ZARBA.


Darvozadan zarba o‘yinni yangilash usuli hisoblanadi,
Darvozadan zarba tufayli to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib darvozasiga to‘p kirsa gol xisoblanadi.
Darvozadan zarba tayinlanadi qachonki:
To‘p oxirgi marta xujum qilayotgan jamoa o‘yinchisiga tegib darvoza chizig‘ini yerdan yoki xavodan kesib o‘tsa, lekin agar bunda 10 – qoidadan kelib chiqib gol urilmagan bo‘lsa.
Darvozadan zarbani bajarish tartibi.
Zarba ximoyalanuvchi jamoa o‘yinchisi tomonidan darvoza maydon doirasining har qanday nuqtasida amalga oshiriladi.
Raqiblar to‘p o‘yinga kirmaguncha jarima maydoni doirasining tashqarisida turishadi ( qoladi ).
Zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin, ikkinchi marta to‘p bilan o‘ynashi mumkin emas.
To‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima maydoni doirasidan tashqariga chiqsa to‘p o‘yinda xisoblanadi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar darvozadan zarba bajarilgandan so‘ng to‘p jarima maydoni doirasini tark etmasa ( tashqariga chiqmasa ).
Zarba qaytariladi.
Darvozadan zarba maydon o‘yinchisi tomonidan bajarilsa ( darvozabon tomonidan emas ).
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin ikkinchi marta to‘pga tegsa ( qo‘l bilan emas ):
Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi.
Agar to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa.
Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi.
Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o‘yinchining jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
Darvozadan zarba darvozabon tomonidan bajarilsa.
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng darvozabon to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasidan oldin ikkinchi marta tegsa (qo‘l bilan emas).
Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi.
Agar to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng darvozabon to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa.
Agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasi tashqarisida yuz bersa qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi.
Agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi.
Shu qoidaning boshqa har qanday buzilishida: Zarba qaytariladi.
BURCHAK TO‘PI.
Burchak zarbasi o‘yinni yangidan boshlash usulidir.
Burchak zarbasi tufayli to‘g‘ridan to‘g‘ri urilgan gol xisoblanadi, lekin faqat shu xolatdaki, agar to‘p raqib jamoa darvozasiga urilgan bo‘lsa.
Burchak to‘pi tayinlanadi qachonki:
To‘p oxirgi marta, ximoyalanayotgan jamoa o‘yinchisiga tegib darvoza chizig‘ini yerdan yoki xavodan kesib o‘tsa, lekin agar bunda 10 qoidaga mos ravishda gol urilmagan bo‘lsa.
Burchak to‘pini bajarish tartibi.
To‘p burchak bayrog‘i yaqinidagi belgilangan qismi (sektor) ichiga o‘rnatiladi.
Raqiblar to‘pdan 9,15 m masofa uzoqlikda joylashadi. (to‘p o‘yinga kirmaguncha)
To‘pga zarbani xujumdagi jamoa o‘yinchisi amalga oshiradi.
Qachonki to‘pga zarba berilib va u harakatda bo‘lsa to‘p o‘yinda xisoblanadi.
Zarbani bajargan o‘yinchi to‘p boshqa o‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta to‘pni o‘ynashi mumkin emas.
Qoida buzilishi va jazo.
Burchak zarbasi maydon o‘yinchisi tomonidan bajarilsa (darvozabon tomonidan emas).
Agar to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegishidan oldin, ikkinchi marta to‘pga tegsa (qo‘li bilan emas)
Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba berish xuquqini oladi.
Agar to‘p uyinga kiritilgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegishidan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa.
Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi.
Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o‘yinchining jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11metrlik zarba tayinlanadi.
Darvozabon tomonidan bajariladigan burchak to‘pi.
Agar to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng darvozabon to‘p boshqa o‘yinchiga tegmasidan avval ikkinchi marta (qo‘li bilan emas) tegsa:
Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi.
Agar to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng darvozabon to‘p boshqa o‘yinchiga tegmasdan avval ataylab qo‘l bilan o‘ynasa.
Agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasining tashqarisida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi.
Agar qoida buzilishi darvozabonning uzining jarima maydonida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini oladi.
Shu qoidaning boshqa har qanday buzilishida:
Zarba qaytariladi.


Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin