Sheriklar faoliyatini boshqarish. Hozirgi vaqtda butun jamoaning hujumi va, ayniqsa, mudofaasini uyushtirishni boshqarmaydigan darvozabonni tasawur ham qilib bo`lmaydi. Darvozabon o’yin vaziyatini tezgina baholab, hujumning yo’nalishi, straxovka uchun to’g’ri joylashib olish to’g’risida sheriklariga qisqa va
lo’nda ko’rsatmalar berishi shart. Bu ishni u to’pni e’tibordan chetda
qoldirmay, hatto o’zi kurash olib borayotgan paytlarda ham qilishi
kerak. Mudofaada ishonch bilan harakat qilish, mudofaaning barqaror va
mustahkam bo`lishi ko’p jihatdan darvozabon bilan himoyachilaming
(birinchi galda markaziy himoyachilaming) bir-birlarini nihoyatda
yaxshi tushunishlariga bog’liq. Bevosita darvoza yaqinida jarima to’pi
yoki erkin to’p tepilayotganda, "devor" yasashga, shuningdek,
burchakdan tepish paytlarida darvozabonning bir o’zi boshchilik qiladi.
Darvozabonning taktik tayyorgarligini takomillashtirishda
quyidagilar ko’zda tutiladi:
a) tanlanadigan harakatlami aniq, vaqtida va tez belgilab olish;
b) darvozada, jarima maydonida mljal ola bilish;
v) yuksak mahorat bilan 'Vyinni o’qiy olish", ya’ni mudofaa va
hujumda o’yin sharoitini a’lo darajada tushunish asosida sheriklar bilan
hamkorlik qilish.
4.3. Hujum taktikasi Hujum taktikasi deganda to’p ixtiyorida bo’lgan jamoaning raqib
darvo-zasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish
tushuniladi. Hujum harakatlari tuzilishining xilma-xilligi, hujum rivoji
sur’atining, asosiy yorib o’tish yo’nalishining o’zgartirilishi, nihoyat,
yakkama-yakka kurash, texnik usullaming xilma-xil bo’lishi - bulaming
hammasi hujumni barbod etishga intilayotgan himoyachilami nihoyatda
qiyin ahvolda qoldiradi.
Hujumdagi harakatlar individual harakatlarga, guruh harakatlari va
jamoa harakatlariga bo’linadi.
4.3.1. Individual taktika
Hujumdagi individual taktika - bu futbolchining muayyan maqsadni
ko’zda tutgan harakatlari, uning mazkur o’yin vaziyatida mavjud
90 boMgan bir qancha imkoniyatlardan eng to’g’risini tanlay bilishi,
futbolchining to’p o’z jamoasida boMganda, raqibning diqqat-e’tiboridan
chetga chiqa olishi, o’zi va sheriklari uchun ynaydigan bo’sh joy
topishi hamda paydo qila bilishi, kerak bo’lib qolgan taqdirda esa
himoyachi bilan kurashda yutib chiqishi demakdir.
To’psiz harakatlar.
To’psiz harakatlar quyidagilardan: ochilish, raqibni chalg’itish va
maydon-ning ayrim qismida o’yinchilaming son jihatdan ortiqligini
yaratishdan iboratdir.
Ochilish - bu futbolchining sheriklaridan to’p olish uchun qulay
sharoit yaratish maqsadida joy o’zgartirishi. Mohirlik bilan ochilish
uchun hujumchi u yoki bu vaziyatning qanchalar qulayligini juda yaxshi
baholay oladigan boMishi kerak. Eng qulay pozisiyaga vaqtida chiqib
olish hujumchi va unga qarshi o’ynayotgan himoyachining tezkorlik
xislatlariga, sheriklaming harakatiga va boshqa omillariga bogMiq
boMishi mumkin. Muvaffaqiyat ko’p jihatdan hujumchining to’p qabul
qiladigan pozisiyaga qanchalar tez chiqib olishiga va to’p olgandan
keyin qanday harakat qilishiga bogMiq.
Hujumchilar asosan maydon bo’ylab manyovr qilib, to’psiz
harakatlanib yuradilar. Manyovr qilish - bu fiitbolchining ochilib
chiqishga va raqibni chalg’itishga qaratilgan ko’p martalab joy
almashtirishi. Hamma harakatlaming natijasi, pirovardida matchning
qanday tugashi, o’yinchilar qanchalar to’g’ri pozisiya tanlashiga, ayni
paytda to’pni diqqat-e’tibordan chetda qoldirmay, futbolchiga
sheriklaridan qanchasi o’zini "taklif etishi" ga bogMiq.
Qanotda o’ynaydigan hujumchining qanday ochilgani ma’qulroq
ekani 65-rasmda ko’rsatilgan. 3-o’yinchi to’pni qanotga uzatib
bermoqchi; uning sherigida ochilishning ikkita varianti bor: a) to’pning
himoyachi orqasiga, uzoqdagi bo’sh joyga uzatilishi uchun qulay sharoit
yaratib, himoyachi bilan qariyb bir chiziqqa chiqish (bu variant
hujumchi himoyachiga nisbatan tez yugura olsagina ish beradi); b) o’zi
bilan himoyachi orasidagi masofani uzoqlashtirib hamda shundoqqina
oyogMga uzatib berishlari yoki "chala" uzatishlari uchun sharoit yaratib,
o’z darvozasi tomon harakatlana boshlash
Sheriklaridan hech biri markazdan hujum qilmayotgan bo’lsa, qanot
hujumchisi raqib darvozasiga bevosita xavf solish uchun eng qulay
pozisiyaga chiqib, butun maydon kengligi bo’ylab ochilishi mumkin.
Hamma hollarda ham futbolchi pozisiya tanlashda quyidagilarga
amal qilishi kerak:
1. Ochilish raqib uchun kutilmaganda va katta tezlikda ijro etilishi
kerak. Bu himoyachidan uzoqlashib, to’p olish uchun ma’lum darajada
vaqtdan yutish imkonini beradi.
2. Ochilish hali to’p tegmagan sheriklar harakatini qiyinlashtirib
qo’ymasligi lozim.
3. To’pni egallagan o’yinchiga ortiqcha yaqinlashib borish tavsiya
etilmaydi - bu hujum rivojlanishini sekinlashtirib qo’yadi.
4. "0 ’yindan chiqib qolmaslik" uchun juda ehtiyot bo’lish zarur.
Raqibni chalg’itish - bu sheriklariga individual harakat uchun qulay
sharoit yaratib berish maqsadida futbolchining harakatlanishi.
Qo’riqchisini ergashtirib ketish maqsa-dida ma’lum zonaga soxta
harakatlana borib, yo to’pi bor yinchining, yoki darvozaga bevosita
xavf solish uchun qulay pozisiyada turgan sherigining bemalol harakat
qilishini ta’minlab berish yaxshi manyovr hisoblanadi.
66-rasmda hujumchilaming qanot himoyachilariga hujum uchun
bo’sh zona yaratib berish maqsadidagi chalg’ituvchi harakatlari
tasvirlangan.
To’p 84>’yinchida, 9 va 7-hujumchilar chap tomonga harakatlanib,
qo’riq-chilarini ergashtirib ketadilar-da, 2-qanot himoyachi hujumga
bemalol qo’shilishi uchun zonani ochiq qoldiradilar. Bu paytda
maydonning darvozani zabt etish eng qulay bo’igan qismiga to’p uzatish
uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga keladi.
Chalitish harakatlarini amalga oshirganda quyidagilami yodda
tutish kerak:
1. Harakatlanishlar "rostakam" bo’lishi, ya’ni chinakam xavf solib,
himoya-chilami harakatlanayotganlar ortidan quvishga majbur etadigan
bo’lishi zarur.
2. Harakatlanishlar maksimal tezlikda bo’lmasligi kerak, chunki
raqib uning harakatlarini ilg’amay g’olib, quvishni boshlamasligi
mumkin (tez harakatlanish chalg’itish bo’lmay, balki yuqorida
aytilganidek ochilish bo’ladi).
3. Chalg’itish harakatlarining bir qancha variantlarini bilgan ma’qul,
shundagina himoyachilar faoliyati nihoyatda qiyinlashib qoladi.
Maydonning ayrim qismida o’yinchilaming son jihatdan ustunligini
hosil qilish. Hujumchi o’yinchilar maydonning biron qismida
himoyachilar bilan yakkama-yakka kurashni uddalay olmayotgan bo’lsa,
o’yinchilardan biri to’pni egallagan hujumchi o’ynab turgan zonaga
o’tgani ma’qul. Shunda maydonning ma’lum qismida miqdoriy ustunlik
hosil qilinib, bundan raqibni yutib chiqish uchun foydalansa bo’ladi.
Son jihatdan ustunlikka manyovr qilish bilan, shuningdek,
yakkama-yakka kurashda raqibni yutib chiqish bilan hamda
kombinatsiya yordamida erishiladi. Bu taktik yo’l kpincha hujumga
anchagina o’yinchilar qshiladigan tadrijiy hujum paytida ishlatiladi.
93
68-rasmdan krish mumkinki, 6-o’yinchi to’pni boshqaribturgan 7-
yinchi tomonga o’tib, son jihatdan ustunlik hosil qiladi. Bordi-yu 10-
yarim himoyachi 6-yarim himoyachini ta’qib qilib bormasa, unda 6-
o’yinchida faol individual harakat qilish imkoniyati paydo bo’ladi.
Maydonning ayrim qismida ko’p martalab ochilib chiqib turish,
chal-g’itishlar va son jihatdan ustunlik hosil qilishni uyg’unlashtirish
to’pni egallagan o’yinchilari tomonidan ta’minlanadi. To’pni
boshqarayotgan jamoaning o’yinchilari qanchalik faol manyovr qilsalar,
hujumni rivojlantirishda turli kombinatsiya variantlaridan shunchalik
ko’p foydalanish mumkin va aynan bir hujumning muvaffaqiyatli
tugashi aniqroq bo’ladi.
Ayrim o’yinchining ham, umuman jamoaning ham taktik jihatdan
qanchalar savodli ekanini manyovr qilishga qarab aytsa bo’ladi.