Musobaqalarni o'tkazish usullari reja: Kirish



Yüklə 28,49 Kb.
səhifə1/2
tarix25.09.2023
ölçüsü28,49 Kb.
#148443
  1   2
MUSOBAQALARNI TASHKILLASH VA O\'TKAZISH USULLARI



MUSOBAQALARNI O'TKAZISH USULLARI


Reja:
Kirish

  1. Musobaqalarni tashkillash

  2. Qoidani buzish va sportchiga xos bo‘lmagan xulq

  3. Darvoza olinishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Darvozaga to‘p kiritilsa gol hisoblanadi, agar to‘p o‘z aylanasi bilan darvoza ustunlari o‘rtasidagi chiziq kalinligidan to‘la o‘tsa, faqat darvozaga to‘p otayotgan o‘yinchi yoki jamoaning boshqa vakili tomonidan qoida buzilishiga yo‘l qo‘yilmasa, maydon chizig‘ini nazorat qiluvchi hakam ikki qisqa hushtak va jest ko‘rsatib, gol bo‘lganini ko‘rsatadi. To‘p darvozaga otilgan uchish pallasida, xatto himoyachi o‘yinchilar tomonidan qoida buzilishiga yo‘l qo‘yilsa ham, darvozaga kiritilgan to‘p - gol hisoblanadi.


To‘p darvoza chizig‘idan to‘la o‘tmasdan hakam yoki sekundometrist o‘yinni to‘xtatsa - gol hisoblanmaydi. Agar o‘yinchi o‘z darvozasiga to‘p kiritsa, raqib jamoasiga gol hisoblanadi, faqat darvozabon to‘p otishni bajarish holatidan boshqa. Son jihatidan ko‘p gol kiritgan jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi. O‘yin qachon durrang natija bilan tugagan hisoblanadi, agar jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni bir xil bo‘lsa yoki jamoalar tomonidan bitta ham to‘p kiritilmagan bo‘lsa.
Dastlabki to‘p tashlashni, qur’a tashlaganda g‘olib bo‘lgan jamoa o‘yinni boshlaydi. Agar qur’a tashlanganda yutgan jamoa darvozani tanlasa, u holda bevosita raqib jamoa dastlabki to‘p tashlash bilan o‘yinni boshlaydi. Jamoalar o‘yinning birinchi yarmidan so‘ng darvozalar almashtiradi. Dastlabki to‘p tashlashni o‘yinning ikkinchi yarmida bu xuquqni o‘yin boshida ega bo‘lmagan jamoa tomonidan bajariladi. Har doim o‘yinga qo‘shimcha vaqt belgilanganda yukorida ko‘rsatilgan tavsiya asosida qur’a tashlanadi. Har doim o‘yin darvoza ishg‘ol qilinganidan so‘ng darvozasiga gol kiritgan jamoa o‘yinchilari tomonidan dastlabki to‘p tashlash bilan boshlanadi.
Dastlabki to‘p tashlash o‘yin maydonining markazidan har hil yunalishda bajarilishi mumkin. U hakam hushtagidan so‘ng 3 soniyada bajarilishi shart. Dastlabki to‘p tashlashni bajarayotgan o‘yinchi qo‘lidan to‘pni chiqarmagunga qadar, bir oyog‘i bilan markaz chizig‘ida bo‘lishi lozim. Dastlabki to‘p tashlashni bajaruvchi jamoa o‘yinchilari hushtakka qadar markaziy chiziqdan o‘tishga ruxsat etilmaydi. Har bir taym boshlanishida barcha o‘yinchilar o‘yin maydonining o‘ziga qarashli yarmida bo‘lishi shart. Ammo darvoza olingandan so‘ng hujumdagi jamoa o‘yinchilari o‘yin maydonining har ikkala qismida qolishi mumkin. Har ikkala holda dastlabki to‘p tashlashni bajarayotgan o‘yinchiga raqib jamoasi o‘yinchilari 3 metr masofadan yaqin kelishlari man etiladi.
Yon chiziqdan to‘pni tashlash: Agar to‘p to‘la yon chiziqdan yoki himoyada o‘tayotgan jamoa o‘yinchilaridan tegib yon chiziqdan o‘tib ketsa, yon chiziqdan to‘p tashlash belgilanadi. Yon chiziqdan to‘p tashlash hakam hushtagisiz to‘p chiqib ketishdan oldin to‘pga tegmagan jamoa o‘yinchilari tomonidan bajariladi. Yon chiziqdan to‘p tashlash to‘pning yon chiziqdan chiqib ketgan joyidan yoki u yuza chiziqdan o‘tib ketsa, u holda yuza va yon chiziqning to‘p chiqkan tarafidagi qo‘shilgan joyidan o‘yinga kiritiladi.
To‘p tashlashni bajarayotgan o‘yinchi to‘pni qo‘ldan chiqargunga qadar bir oyog‘i bilan yon chiziqni bosib turishi shart. Lekin o‘yinchi to‘pni yerga qo‘yib, yana olishi yoki to‘pni yerga urib yana uni olishga ruxsat berilmaydi. Yon chiziqdan to‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchiga raqib jamoa o‘yinchilari 3 metrdan yaqin kelishlariga ruxsat berilmaydi. Yon chiziqdan to‘p tashlash bevosita o‘z darvoza maydoni chizig‘i yonida bo‘lsa, o‘yinchiga oraliq masofa 3 mdan kam bo‘lsa ham turishga ruxsat beriladi.
Darvozabon tomonidan to‘p tashlash: Darvozabon tomonidan to‘p tashlash bajariladi: agar darvoza maydonida to‘pni ilib olsa, shuningdek, darvozabondan yoki raqib jamoa o‘yinchilaridan darvoza ortiga, ya’ni yuza chiziqdan o‘tib ketsa. Darvozabon tomonidan to‘p tashlash ya’ni to‘pni o‘yinga kiritish hakam hushtagisiz darvoza maydonidan o‘yin maydoni tomon bajariladi. Agar darvozabon tomonidan uzatilgan to‘p darvoza maydoni chizig‘idan o‘tsa - to‘p tashlangan hisoblanadi.
Boshqa jamoa o‘yinchilariga bevosita darvoza maydoni chizig‘i tashkarisida turishga ruxsat beriladi, faqat ular to‘p darvoza maydoni chizig‘ini kesib o‘tmaguncha unga tegishi man etiladi. Darvozabon to‘p tashlashni bajargandan so‘ng to‘pga boshqa o‘yinchi tegmasdan to‘pga tegishi mumkin emas.
Erkin to‘p tashlash: Aslida, hakamlar o‘yinni to‘xtatib va uni raqib jamoasi o‘yinchilari tomonidan erkin to‘p tashlab davom etish uchun qo‘yidagilarga amal qiladi: to‘pga ega bo‘lgan jamoa qoidani buzganligi sababli to‘pni yo‘qotsa; himoya qilayotgan jamoa o‘yinchilari tomonidan buzilgan qoida natijasida, to‘pga ega bo‘lgan jamoa to‘pni yo‘qotishga olib kelsa.
Himoya qilayotgan jamoa tomonidan qilingan xatolik natijasida hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilari to‘pni yo‘qotishi yoki o‘yinni davom ettira olmasligiga hakamlar to‘la ishonch xosil qilmaguncha o‘yinni to‘xtatishni tavsya qilmaydi. Agar qoida buzilishi tufayli o‘yinchiga shaxsiy jazo berish aniqlansa, u holda hakamlar darhol o‘yinni to‘xtatishga qaror qilishlari lozim, faqat bu holat qoida buzgan jamoani foydasiga hal bo‘lmasa. Aks holda qoidani buzgan o‘yinchini jazolash, yuzaga kelgan holat yakunidan so‘ng amalga oshiriladi.
Agar xatolik oddiy to‘p tashlashga olib kelsa, to‘p qaerda bo‘lmasin, o‘yin xatolikka yo‘l qo‘ygan joydan davom ettiriladi. O‘yin to‘xtatilganda va boshqa aniq holatlarda xatto hech qanaqa xatolikka yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa ham erkin to‘p tashlash belgilanadi:
Agar o‘yin to‘xtatilgan pallada to‘pga ega bo‘lgan jamoa to‘pga egalik qilishni davom etadi;
Agar har ikki jamoa to‘la egalik qilmasa, u holda undan avval to‘pga egalik qilgan jamoa ega bo‘lib kolaveradi;
To‘p shiftga yoki maydon ustidagi boshqa bir narsalarga tegkanligi sababli o‘yin to‘xtatilsa, u holda oxirida to‘pga tegmagan jamoa o‘yinchilari egalik qiladi.
Hakam hushtagiga qadar to‘pga egalik qilgan jamoaga karshi erkin to‘p tashlash belgilansa, u holda shu vaqtda to‘pga ega bo‘lgan o‘yinchi to‘pni darhol o‘sha joyga qo‘yishi shart.
Erkin to‘p tashlashni bajarish: Hakam hushtagisiz odatda, xatoga yo‘l qo‘yilgan joyda bajariladi. Buning asosida istisno tariqasida qo‘yidagilar bo‘lishi mumkin. Erkin to‘p tashlashni asosan o‘yin to‘xtatilgan joydan hakam hushtagidan so‘ng bajariladi.
Agar hakam mustakil yoki texnik delegat talabiga binoan, o‘yinchilar yoki himoya qilayotgan jamoaning mas’ul shaxsi tomonidan yo‘l qo‘yilgan natijasida o‘yin to‘xtatilsa, u holda og‘zaki ogohlantirish yoki shaxsiy jazolanadi. Erkin to‘p tashlash esa o‘yin to‘xtatilganda to‘p qaerda bo‘lsa shu yerdan bajariladi. Bu yer xatoga yo‘l qo‘yilgan yerdan qulay bo‘lsa ham.
Erkin to‘p tashlash xuquqiga ega bo‘lgan jamoa o‘yinchisi qo‘lida to‘p bilan to‘p tashlashni bajarish uchun to‘g‘ri dastlabki holatni tanlaydi, lekin u to‘pni yerga qo‘yib va yana olishi yoki to‘pni yerga urib va uni yana ilib olishi qat’iyan man etiladi. Erkin to‘p tashlashni bajarishdan avval hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilari raqiblar maydoni erkin to‘p tashlash chizig‘ini bosish yoki undan o‘tishi man qilinadi.
Erkin to‘p tashlashni bajarilayotganida hujum jamoasi o‘yinchilari darvozabon maydoni va erkin to‘p tashlash chizig‘i orasida bo‘lishi mumkin emas, aks holda hakamlar o‘yinchilar to‘g‘ri joylashtirib, erkin to‘p tashlashni hushtakdan so‘ng bajarishga ruxsat beradi. Hakam hushtagidan so‘ng erkin to‘p tashlash bajarilishida, bajarayotgan o‘yinchi qo‘lidan to‘p chiqmasdan avval hujum o‘yinchilari erkin to‘p tashlash chizig‘iga tegsa yoki undan o‘tib ketsa, u holda erkin to‘p tashlashni himoyadagi jamoa o‘yinchilari tomonidan bajariladi.
Erkin to‘p tashlashni bajarayotgan o‘yinchiga raqib o‘yinchilari orasidagi masofa 3 metrni tashkil qilishi shart. Ammo ularga o‘z darvoza maydoni chizig‘i buylab joylashishga ruxsat beriladi.
7 metrli jarima to‘p otish: 7 metrdan jarima to‘p otish belgilanadi, agar:
Butun maydon bo‘ylab raqib jamoasi o‘yinchilari yoki mas’ul shaxs tomonidan darvozani yaqqol ishg‘ol qilish imkoniyati to‘xtatilsa;
Yaqqol gol bo‘lish vaziyatida ta’qiqlanmagan hushtak o‘rin olsa;
O‘yinda ishtirok etmagan qandaydir shaxs tomonidan yaqqol darvoza olinish imkoniyati barbod bo‘lsa.
Hujum qilayotgan jamoa o‘yinchisi to‘p va gavda nazoratini saqlab qolishsa 7 metrli jarima to‘p otishni belgilashga zaruriyat yo‘q, xatto o‘yinchi keyinchalik yaqqol darvoza olinishi imkoniyatini yo‘qotsa ham.
Hakamlar 7 metrli to‘p tashlash yaqqol yuzaga kelganga to‘liq ishonch xosil qilmaguncha, ya’ni 7 metrli to‘p tashlash xakikatdan asosli va zarur deb topilmagunga o‘yinni to‘xtatishga shoshilmasligi kerak. Agar himoyachilar ruxsat etilmaydigan harakatlar bilan qoidani buzganligiga karamay hujum qilayotgan o‘yinchi darvozani ishg‘ol qila olsa, u holda bevosita 7 metrli jarima belgilashga hojat qolmaydi. Aks holda, agar o‘yinchi xaqiqatdan to‘pni yoki qoida buzilishi sababli gavdani nazorat qilishni yo‘qotsa, shuningdek, yaqqol darvoza olinish imkoniyati barbod bo‘lsa, u holda 7 metrli jarima to‘p tashlash belgilanadi.
Hakamlar 7 metrli to‘p tashlashni belgilashda taym-aut olishlari shart. 7 metrdan to‘p otishni bajarish maydondagi hakam hushtagidan so‘ng 3 soniya ichida bajariladi. 7 metrli to‘p otishni bajaruvchi o‘yinchi qo‘lidan to‘p chiqargunga kadar 7 metrdan to‘p otish chizig‘iga tegish yoki undan o‘tish man etiladi. 7 metrli to‘p otishni bajaruvchi o‘yinchi yoki uning sheriklari to‘p raqiblariga yoki darvozaga tegmasdan avval to‘pga tegish xuquqidan mahrum etiladi.
7 metrli to‘p otishni bajaruvchi o‘yinchi jamoa a’zolari to‘p otishni bajarayotgan o‘yinchining qo‘lidan to‘p chiqmasdan avval erkin to‘p tashlash chizig‘idan o‘tishga ruxsat etilmaydi. Aks holda, 7 metrli to‘p otishni bajaruvchi jamoaga karshi erkin to‘p tashlash belgilanadi. 7 metrli to‘p otishni bajarishda raqib jamoa o‘yinchilari erkin to‘p tashlash chizig‘i tashqarisida va 7 metrli to‘p otish chizig‘idan to‘p otishni bajarayotgan o‘yinchining qo‘lidan to‘p chiqkunga kadar 3 metrdan kam bo‘lmagan masofada joylashishlari mumkin, aks holda, agar to‘p darvozaga kirmasa 7 metrli to‘p otish qaytariladi. Agar 7 metrli to‘p otilgan to‘p darvozaga kirmasa, otishni bajaruvchi o‘yinchi qo‘lidan to‘p chiqkunga kadar darvozabon belgilangan 4 metrli chiziqdan o‘tsa, to‘p otish qaytariladi.
7 metrli to‘p otishni bajaruvchi o‘yinchi qo‘lida to‘p bilan to‘g‘ri holatni tanlab, to‘p otishga tayyor bo‘lganda darvozabonni almashtirish man etiladi. Bunday holatda darvozabonni almashtirish uchun urinishlar, sportchiga xos bo‘lmagan xulq tariqasida jazolanadi.
To‘p tashlashni bajarishga umumiy tavsiyalar: To‘p otishni bajarishdan avval to‘p o‘yinchining qo‘lida bo‘lishi kerak. Barcha o‘yinchilar to‘p otishda o‘zlariga taalluqli joyda joylashishlari shart. To‘p otayotgan o‘yinchining qo‘lidan to‘p chiqarilishga qadar o‘yinchilar o‘z joylarida bo‘lishi lozim. Noto‘g‘ri joylashgan dastlabki holat hakamlar tomonidan tuzatilishi lozim. Darvozabondan tashqari barcha to‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchilarning bir oyog‘i doimo yerda bo‘lishi shart Ikkinchi oyog‘ini yerdan ko‘tarib va uni yerga qo‘yishi mumkin.
O‘yin davom etishga hakam tomonidan hushtak beriladi: doimo dastlabki yoki 7 metrli to‘p tashlashda; yon chiziqdan, darvozadan yoki erkin to‘p qo‘yidagi holatlarda: taym-autdan so‘ng o‘yinni davom etish uchun; erkin to‘p tashlashdan so‘ng o‘yinni davom etish uchun; to‘p tashlash kechiqtirilsa; noto‘g‘ri holatda joylashishni tuzatgandan so‘ng; og‘zaki tanbex yoki ogohlantirilishdan so‘ng.
To‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchi hakam hushtagidan so‘ng to‘pni 3 soniya mobaynida o‘yinga kiritishi shart. To‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchi qo‘lidan to‘p chiqsa to‘p tashlash bajarilgan hisoblanadi. To‘p tashlashni bajarishda o‘yinchi o‘z sheriklariga qo‘ldan-qo‘lga to‘pni uzatish mumkin emas, sheriklari umuman to‘pga tegishga xuquqi yo‘q. To‘p tashlashni bajaruvchi o‘yinchi to‘p tashlangandan so‘ng u boshqa o‘yinchiga yoki darvozaga tegmasdan avval to‘pga tegishi mumkin emas.
Dastlabki yon chiziqdan yoki erkin to‘p tashlashda himoyachi jamoa o‘yinchilari noto‘g‘ri joylashganligi tufayli hujum o‘yinchilariga noqulaylik keltirmasa, u holda hakamlar himoyachilarning noto‘g‘ri joylashishni to‘g‘irlashi shart emas. Agar bunday holatdan himoyachi jamoa ustunlikka ega bo‘lsa, o‘yinchilarning joylashishi to‘g‘rilanadi.
Agar himoyadagi jamoa o‘yinchilarining birortasi noto‘g‘ri joylashishiga qaramasdan hakam to‘p tashlashni bajarishga hushtak bersa, u holda o‘yinchilar o‘yinni davom etishga to‘la xuquqlidir. To‘p tashlashni bajarayotgan o‘yinchiga raqiblar, yakin turib unga to‘p tashlashni bajarishga xalaqit qilib, to‘p tashlashni kechiqtirilsa yoki boshqa xatolarga yo‘l kuysa u ogohlantiriladi. Bu holat yana qaytarilsa u o‘yindan chetlashilishi shart.
Jazolash. Ogohlantirish: qo‘yidagi holatlarda ogohlantirish mumkin: raqibga nisbatan qoidani buzsa; raqib to‘p tashlashni bajarishida unga qarshi rad harakati qilinsa; o‘yinchi va rasmiy shaxsning sportchiga xos bo‘lmagan xulqi.
Aybdor o‘yinchi yoki rasmiy shaxsni ogohlantirilganda hakamlar sariq "kartochka" bilan qo‘lini yukori ko‘tarib ogohlantiriladi va bu holatni kotib qayd etadi.
O‘yindan chetlatish. O‘yindan (2 daqiqaga) chiqarish qo‘yidagi hollarda qo‘llaniladi:
o‘yinchilar almashishi yoki noto‘g‘ri o‘yin maydoniga chiqish;
jazolangan o‘yinchi o‘yin qoidasini buzishi yana takrorlasa;
maydonda yoki maydon tashqarisida o‘yinchining sportchiga xos bo‘lmagan xulqi uchun;
jamoaning rasmiy shaxslaridan birortasi sportchiga xos bo‘lmagan xulq holati takrorlansa;
raqiblar jamoasi erkin to‘p tashlash xuquqiga ega bo‘lganda to‘pni joyida qoldirish talablariga rioya qilinmasa;
to‘p tashlashni bajaruvchi raqibga nisbatan takroriy qoida buzilishiga yo‘l qo‘yilsa;
o‘yinchi yoki rasmiy shaxsni o‘yin vaqtida diskvalifikatsiya qilinishi sababli;
2 daqiqaga o‘yindan chetlatilgan o‘yinchi, to‘xtatilgan o‘yin davom etmasdan o‘yinchining sportchiga xos bo‘lmagan harakati uchun .
Agar hakamlar o‘yinda yo‘l qo‘yilgan qoida buzish darhol o‘yindan chetlatilishiga asos bo‘ladi deb hisoblasa o‘yinchini o‘yindan chetlatishi mumkin. Shuningdek, bu holat jamoaning rasmiy shaxsiga, xatto u oldin ogohlantirilmagan bo‘lsa ham qo‘llaniladi. Jamoaning rasmiy vakiliga 2 daqiqali jazo belgilansa, bunday holatda rasmiy vakil o‘z joyida qolib o‘z vazifasini bajaradi, jamoa tarkibi esa bir o‘yinchiga kamaytiriladi.
Hakamlar taym-aut e’lon qilingandan so‘ng taalluqli jest ikki barmoqlarini to‘g‘irlab qo‘lini yukori ko‘tarib aybdor o‘yinchiga ko‘rsatadi, kotib (sekundometrist) bu holni qayd etadi. O‘yindan chetlatish har doim 2 daqiqali bo‘lib, ushbu o‘yinchini uchinchi marta o‘yindan chetlatish diskvalifikatsiyaga olib keladi. O‘yindan chetlatilgan o‘yinchi, chetlatilgan vaqt mobaynida o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Jamoa uning o‘rniga boshqa o‘yinchini maydonga chiqarishi man etiladi.
O‘yindan chetlatish vaqti hakam tomonidan o‘yinni davom ettirishga berilgan hushtagidan so‘ng boshlanadi. O‘yinning birinchi yarmida 2 daqiqa o‘yindan chetlatish vaqti tugamasa, kolgan vaqt o‘yinning ikkinchi yarmida o‘taladi. Bu qoida o‘yinga kushimcha vaqt belgilanganda ham o‘z kuchini saqlab koladi.
Diskvalifikatsiya: o‘yindan chetlatish. Diskvalifikatsiya qilinishi shart:
o‘yinda ishtirok etishga xuquqi bo‘lmagan o‘yinchi maydonga chiqsa;
sportchiga xos bo‘lmagan holat uchinchi marta qaytarilsa va jamoaning mas’ul shaxslaridan birortasi avval 2 daqiqani o‘yindan chetlatishga jazolangan bo‘lsa;
raqiblar sog‘ligiga xavfli qoida buzarlikka yo‘l qo‘yilsa;
o‘yinchi yoki jamoaning rasmiy shaxsi tomonidan o‘yin maydonida yoki o‘yin tashqarisida sportchiga xos bo‘lmagan qo‘pollik uchun;
o‘yindan tashkari, shuningdek, o‘yin oldidan yoki tanaffus vaqtida o‘yinchi tomonidan hujum qilinsa;
mas’ul shaxs tomonidan hujum qilinsa;
bir o‘yinchini uchinchi marta o‘yindan chetlatilsa;
tanaffus vaqtida o‘yinchi yoki mas’ul shaxs tomonidan sportchiga xos bo‘lmagan holat takrorlansa.
Taym-aut e’lon qilingandan so‘ng hakamlar ayblanuvchi o‘yinchi yoki jamoa vakilini diskvalifikatsiya qilish uchun qizil kartochka yordamida qo‘lini yukori ko‘taradi; kizil kartochka ulchami taxminan 9x12 sm. Bu holatni bevosita kotib (sekundometrist) qayd etadi.
Diskvalifikatsiya qilingan o‘yinchi yoki jamoaning rasmiy shaxsi darhol maydonni va zaxira xududini tark etishi shart. Bundan so‘ng o‘yinchi, jamoaning rasmiy shaxsi jamoa bilan hech kanday aloqada bo‘lishga ruxsat etilmaydi. Diskvalifikatsiya holati o‘yinchi yoki jamoaning rasmiy vakili uchun ushbu o‘tkazilayotgan o‘yin oxirigacha amal qilinadi. O‘yinchi yoki jamoa rasmiy vakili o‘yin davomida diskvalifikatsiya qilinsa, har doim o‘zi bilan 2 daqiqali o‘yindan chetlatishni ergashtirib keladi. Bu, jamoa tarkibi son jixatdan bir o‘yinchiga qisqaradi degani.
O‘yinchi yoki jamoa vakili diskvalifikatsiya qilinishi jamoa tarkibini kamayishiga olib keladi, ammo 2 daqiqali chetlatish vaqti tugaganidan so‘ng o‘yinchilar tarkibini to‘ldirish mumkin. Diskvalifikatsiya, odatda, faqat berilgan o‘yin oxirigacha amal qilinadi. U hakamlar tomonidan asosli yechim qabul qilishlarini talab etadi. O‘yinchi yoki mas’ul shaxs tomonidan qo‘pol sportchiga xos bo‘lmagan xulq, hujum sababli diskvalifikatsiyadan boshqa holatlardagi diskvalifikatsiya o‘yindan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘yindan xaydash: O‘yindan xaydashga qaror qilinadi: Butun o‘yin davomida maydonda yoki maydon tashkarisida o‘yinchi tomonidan "jismoniy zurlik" qilib hujum qilinsa. Hakamlar taym-aut belgilagandan so‘ng o‘yindan xaydaluvchi aybdor o‘yinchiga, yukorida ikki qo‘li kesishgan ishora ko‘rsatiladi, bu holatni kotib (sekundometrist) tomonidan qayd etiladi.

Xulosa
O‘yindan xaydalish har doim o‘yin vaqtining oxirigacha amal qiladi va jamoa o‘yinni, o‘yin mobaynida bir o‘yinchiga kam bo‘lib davom etadi. O‘yindan xaydalgan o‘yinchi boshqa o‘yinchi bilan almashtirilishi mumkin emas va u darhol o‘yin maydonini, shuningdek, zaxira xududini tark etishga majbur. Shundan so‘ng unga jamoa bilan har kanday aloqa qilishi man etiladi. Hakamlar tomonidan o‘yindan xaydash holati raxbariyatga tushuntirilib, uchrashuv bayonnomasida qayd qiladilar.Bir xil vaziyatda bir nechta xato qilish: Agar jamoaning o‘yinchisi yoki mas’ul vakili o‘yin davom ettirishdan avval bir vaqtda bir va undan ortik qoida buzilishiga yo‘l qo‘ysa va ular har hil jazoga loyiq bo‘lsa, odatda, eng qat’iy jazo qo‘llaniladi. Bunday holatlarda qoida buzilishning o‘yinchiga nisbatan "jismoniy zurlik" qilib hujum qilish hisoblanadi. Maydondagi jamoa tarkibini 4 daqiqaga kamaytirish holatlari ham mavjud:




Yüklə 28,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin