Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika


Taktikaga o`rgatishdagi metodika xususiyatlari



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə11/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
mustaqil ta\'lim

4. Taktikaga o`rgatishdagi metodika xususiyatlari
Hozirgi fiitbol darvozabondan ustalik bilan darvozani himoya
qilishnigina emas, balki jarima maydoni ichida faol harakat olib
borishni, shuningdek, hamma himoyachilami boshqaribturishni ham
85
talab qiladi. U jamoasining hamma mudofaa harakatlarini
muvofiqlashtirib turadi.
Darvozabon turadigan (hammadan orqada) joyning o’zi unga
hujumchilar qanday tizilib kelayotgani va ular nima maqsadda ekanini
ko’rib turish imkonini beradi. Vaholanki, bu narsa ba’zida maydonning
ayrim joylaridagi o’yinchilar nazaridan chetda qoladi. Shuning uchun
mudofaadagi sheriklariga vaqtida "shipshitib qo’yish" himoya
harakatlarining mustahkamligiga muhim ta’sir ko’risatishi mumkin.
Buning ustiga, darvozabon o’z jamoasining ko’pgina hujumlarini
boshlab beradigan (to’pni qo’lga kiritganida yoki darvozadan to’p tepib
berganida) futbolchi, shu sababli ham hujum qatorlarida tashabbus va
izchillik saqlanib turishi uchun uning mahorati juda zarur.
Jamoaning himoya va hujumdagi umumiy o’yini darvozabonning
individual taktik tayyorgarligiga anchagina bog’liq. Darvozabonning
texnik mahorat va jismoniy tayyorgarlikdan o’yinda to’laroq
foydalanishiga uning taktik bilimi yanada ko’proq ta’sir qiladi. Ana
shuning uchun ham darvozabonlarning taktik tayyorgarligi masalasiga
nihoyatda jiddiy e’tibor berish kerak.
Darvozabon taktikasini quyidagilarga bo’lish mumkin:
a) mudofaadagi harakatlar;
b) hujumdagi harakatlar;
c) sheriklar harakatini boshqarish;
Darvozabonning mudofaadagi harakatlari.
Darvozabonning asosiy vazifasi bevosita o’z darvozasini himoya
qilishdir. Bunda "darvozadagi harakatlar" bilan "darvozadan
chiqqandagi harakatlar" ni ajratib ko’rsatish mumkin.
Darvozadagi harakatlar.
Raqibining yakunlovchi zarbalaridan darvozani bevosita himoya
qilishda darvozabon quyidagilarga rioya qilish kerak:
1. Pozisiya (joy) tanlash. To’g’ri tanlangan pozisiya darvozabonga
eng kam kuch sarflab, raqiblar darvozaga yo’naltirgan to’plami
ishonchli qabul qilib olish imkonini beradi. Bunda hujum qilayotgan
jamoaning to’pni boshqarayotgan o’yinchisi holatini, ya’ni qanday
burchak hosil qilib zarba berilishini hisobga olish zarur. Burchak
qanchalik o’tkir bo’lsa (masalan, raqiblar jamoasining yinchisi
qanotda darvoza chizig’iga yetib kolsa), darvozabon to’pni egallab
turgan o’yinchi tomondagi ustunga shunchalik yaqinlasha boradi.
Markazdan hujum bo’lganda darvozabon nishonga urish burchagini
toraytirish va darvozaning istalgan burchagiga yo’naltirilgan to’pni
86
olishni osonlashtirish uchun bir oz oldinroqqa chiqishi kerak. Pozisiyani
yaxshi tanlovchi darvozabon to’pga kamdan-kam yiqilib tashlanadi. Bu
esa hujumchi go’yo darvozabonni poylab to’p yo’naltirganday taassurot
hosil qiladi. Xuddi shuning o’zi pozisiya tanlay bilishga berilgan eng
yuksak bahodir.
2. Qaysi hujumchi qanday yo’nalishda zarba berishni yaxshi
ko’rishini biladi. Tajribali darvozabonlar raqiblar harakatini sinchiklab
rganib, ba’zan har qaysi yetakchi hujumchiga kartotekadek bir nima
tuzib boradilar. Bu umumiy qonuniyatlargagina emas, balki mazkur
muayyan raqibning xususiyatlariga asoslanib pozisiya tanlashni ko’p
jihatdan osonlashtiradi. Shuning uchun darvozabon gohida "to’g’ri
pozisiya"dan u yoki bu tomonga kproq siljib mantiqan to’g’ri qiladi.
3. 0 ’z harakatlarining kuchli va zaif tomonlarini bilish. Ayrim
hollarda darvozabon yiqila turib to’p olish qulayroq tomonda
darvozaning kattaroq qismini qoldiradi. Bu hol darvozaning kattaroq
qismini to’sish uchun eng qulay pozisiya tanlash imkonini beradi. Joy
tanlashni takomillashtirish uzviy suratda trenirovka qilishni, har bir
match davomida yig’inchoqlikni, nihoyatda e’tibor bilan ynashni,
bosiqlik va shoshilmaslikni talab qiladi.
Harakat usulini tanlab olish darvozabonga berilgan zarbani
qaytaruvchi texnik usulni tg’ri ijro etish imkonini beradi. Bunda
darvozabon: darvozadagi o’z pozisiyasini, tpning uchish
traektoriyasini (to’p yuqoridan, pastdan, yon tomonga yaqinroqdan,
uzoqroqdan va hokazo kelayotganini); zarba kuchini, ya’ni to’pning
uchish tezligini (to’pni ilib olish tomoniga surilish yoki uni yiqila turib
ilish kerakligi shunga bogMiq); o’z o’yinchilari va raqib o’yinchilari
qanday joylashganligini (shunga qarab to’pni ilib olish, qaytarib
yuborish yoki tashqariga o’tkazib yuborish kerakligi hal qilinadi);
maydon va to’pning ahvolini (to’pning sirti va yer ho’lmi yoki quruq
ekani va hokazo) e’tiborga oladi.
Harakat usulini aniqlab olgandan keyin darvozabon tegishli texnik
usul yordamida uni amalga oshiradi.

Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin