Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə8/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
mustaqil ta\'lim

Markaziy himoyachilar.
Mudofaaning markaziy qismida o’ynaydigan futbolchilar haqli
ravishda asosiy o’yinchilar hisoblanadi. Chunki ular darvoza zabt
etiladigan eng xavfli joyda raqib bilan kurash olib boradilar.
Qanot himoyachilarining jismoniy va texnik fazilatlariga
qo’shimcha tarzda markaziy himoyachilar havoda kurasha olish uchun
baland bo’yli va juda sakrovchan ham bo’lishlari kerak.
Oldingi markaziy himoyachi o’ziga topshirilgan vazifa bilan zonada
harakat qilishni mohirona uyg’unlashtirib olib borishi kerak. ziga
topshirilgan o’yinchini nazorat qilib borish uning uchun birinchi galdagi
vazifa bo’lib, zonada harakat qilish ikkinchi navbatdagi vazifadir.
Oldingi markaziy himoyachi mudofaada markaziy hujumchining
harakat-larini e’tibor bilan kuzatadi, zarur boMganda esa orqa himoyachi
bilan o’rin almashib, mudofaadagi sheriklarini straxovka qiladi.
Hujumda u to’p olgandan keyin hujum harakatlariga qo’shilib, tezlik
bilan olg’a boradi yoki sheriklariga to’p oshirib beradi. Ayrim paytlarda
ikkinchi eshelondagi hujumni qoMlaydi va iloji boMsa darvozaga to’p
tepadi.
Orqa chiziq markaziy himoyachisi taktik sharoitni nozik did bilan
tushunishi, raqiblarining taktik yoMlarini "o’qiy" olishi hamda to’pni
egallab olish va sheriklarini straxovka qilish uchun mudofaada to’g’ri
pozisiya tanlashi kerak. Uning asosiy ishi - mudofaa qiluvchilaming
hamma harakatlarini muvo-fiqlash, zonada o’ynash, darvozabon va
sheriklar bilan hamkorlik qilish. Sun’iy "o’yindan tashqari holat" ni
to’g’ri uyutirishga hammadan ko’p javob beradigan ham shu
o’yinchidir.
Hujumga o’tayotganda, orqa chiziq markaziy himoyachisi
darvozabon yoki sheriklaridan to’p olish uchun ochiq joyga chiqadi,
keyin esa aniq va xilma-xil uzatishlar qilib, hujumning davom
ettirilishiga imkon yaratadi. Keskin holatlar yaratishda nisbiy
erkinlikdan maksimal foydalanishga intilib, gohida uning o’zi ham hujumga qo’shiladi, ba’zan esa uzoq yoki rtacha masofadan to’p tepib,
hujumni yakunlaydi. Hozirgi vaqtda himoyachilaming vazifalari
universallashuv tomon taraqqiy etib, ulaming harakatlari yarim
himoyachi va qanot hujumchi-larining harakati bilan yaqinlashib
bormoqda.

Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin