4-mavzu. Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning meʼyoriy-huquqiy asoslari
Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimotiga koʼra, ixtisoslashuvi, oʼzining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida oʼziga xos oʼrinni egallaydi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlik uchun ochiq boʼlishi, yaʼni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega boʼlishi lozim. Ochiq iqtisodiyotning xususiyatlari va potentsial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
- oʼtish davrini oʼz boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va unsurlari raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi;
- jahon xoʼjaligi bilan oʼzaro aloqada milliy iqtisodiyot anʼanaviy tovar ayirboshlashdan tashqari, kapitalni chetga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy- texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda integrallashadi;
- xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan milliy daromadning oʼsishi;
- xalqaro ayirboshlash mutanosib iqtisodiy oʼsish omili sifatidagi rolining koʼpayishi;
- xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki ishlab chiqarish koʼlamiga nisbatan milliy daromadning koʼproq oʼsishi.
Oʼzbekiston mustaqillikka erishganidan soʼng, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish yoʼli bilan ochiq turdagi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirmoqda. Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirish istiqbollari ustun darajada jahon xoʼjaligi tizimiga kirib borishiga bogʼliqdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi tamoyillarga asoslanishi belgilab berilgan:
- mafkuraviy kurashlardan qatʼi nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;
- teng huquqli va oʼzaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
- oʼzining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida oʼzaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
- toʼla ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama va koʼp tomonlama tashqi aloqalar oʼrnatish hamda ularni rivojlantirish;
- umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga izchillik bilan oʼtish.
Iqtisodiyotning ochiqligini taʼminlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qoʼshma korxonalar koʼpaya bordi, ichki bozor tovarlar bilan toʼla boshladi. Аmmo, shu bilan birga, buning mamlakat manfaatlariga zid tomoni ham koʼzga tashlana boriladi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi, manfaatlariga tahdidlardan himoyalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
– taklif etilayotgan investitsion loyiha va xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yirik bitimlar, iqtisodiy xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, dastlabki mustaqil ekspertizadan oʼtkazish;
– xorijiy kapital uchun ustuvor soha va tarmoqlar bilan bir qatorda, ularning kiritilishi man qilinadigan soha va tarmoqlar ham qonuniy asosda belgilab qoʼyilishi kerak;
– xorijiy investorlar tomonidan ayrim sohalarda aktsiyalarni xarid qilish jarayonlarini qatʼiylashtirish;
– xorijiy investorlarning strategik tarmoqlarda milliy boyliklarimizning katta qismini qoʼlga kiritishlariga yoʼl qoʼymaslik;
– mamlakat bank tizimining ishonchini himoyalash;
– tashqi faoliyat bilan shugʼullanuvchi xoʼjalik subʼektlaridagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish, ularni oʼqitish va qayta tayyorlash;
– ichki bozorni, milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilish;
– tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish;
– tashqi bozorlarda milliy eksportchilar va ishlab chiqaruvchilarimizning diskreminatsiya qilinmasligi, kamsitilishidan himoya qilish;
– tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi nizo va kelishmovchiliklarni koʼp tomonlama tartibga solish mexanizmlari teng huquqli shartnomalar tuzish orqali hal qilinishiga intilish lozim boʼladi. Bunda asosiy eʼtibor mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari va fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi;
– chet ellardagi respublika mulkini himoya qilish;
– tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdodan yuqori foyda, iqtisodiy samara olishga intilish bilan bir vaqtda, mamlakatning jahon iqtisodiyoti tizimida oʼziga mos nufuzli oʼrinni egallashiga intilishi kabilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini taʼminlashda davlat markaziy rolni oʼynaydi. Bu boradagi davlatning vazifalari quyidagilarda oʼz ifodasini topadi:
- davlatni mikro va makro darajada iqtisodiy tartiblash koʼlamlarini oʼz ichiga oladigan tik hamda strategik qarorlarni asoslash, qabul qilish uchun dastaklar bilan taʼminlash;
- iqtisodiy va maʼmuriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy strategiya va joriy dasturlarni amalga oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda koʼrilayotgan chora-tadbirlarga tuzatishlar kiritish;
- boshqa mamlakatlar bilan oʼzaro aloqalar tizimida himoyalanishni ragʼbatlantirish rejimlarini koʼzda tutadigan qonunlar va meʼyoriy hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakatning iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy himoyalashni taʼminlash;
- iqtisodiyotda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari, vazifalari masʼuliyatini oqilona taqsimlash va ularning oʼzaro bir oʼlchamdagi faoliyatini uygʼunlashtirish.
Mamlakat xavfsizligini taʼminlashni boshqarish tizimi oʼz ichiga quyidagilarni oladi:
- tashkiliy tuzilmalar;
- kommunikatsiya va oʼzaro aloqalar tizimi;
- axborotlar;
- har tomonlama tayyorlangan kadrlar.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan boshqaruv ishlari ikki, oʼzaro bogʼliq yoʼnalishda olib boriladi:
- iqtisodiy huquqbuzarliklarning manbalari va ularning subʼektlariga qarshi kurashish;
- barcha qonun, meʼyoriy hujjatlar hamda boshqaruv qarorlarini iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash talablariga mosligini aniqlash uchun ekspertizadan oʼtkazish.
Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashning muhim sharti ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligini oshirish hisoblanadi. Zero mamlakat iqtisodiy xavfsizligi darajasi uning iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi. Bu salohiyat milliy iqtisodiyot resurslari, zaxiralari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligi, bozor strukturasi, boshqarish tizimi, sanoatni tashkil etish hamda tashqi bozor konьyunkturasining oʼzgarishlarga moslashuvchanligi boshqa mamlakatlarning qoʼllab- quvvatlashi, xalqaro uyushma va tashkilotlarda ishtirok eta olishi bilan ifodalanadi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash uchun asosiy mahsulotlar boʼyicha importga bogʼliqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish lozim boʼladi. Shuningdek, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini ichki va tashqi bozorda himoya qilishga qaratilgan oqilona protektsionizm siyosatini amalga oshirish lozim. Bu siyosat quyidagilarni koʼzda tutishi kerak:
- monopolistik faoliyatni cheklash;
- tayyor ishlab beruvchi sanoat mahsulotlarini, asosan, mashina va asbob- uskunalarni eksport qilishni ragʼbatlantirish uchun soliq imtiyozlarini, imtiyozli kreditlash usullarini qoʼllash;
- turli ishlab chiqarish tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, yangi tashkil topgan xoʼjalik subʼektlarini qoʼllab- quvvatlash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish;
- ichki bozorga noqonuniy yoʼllar bilan arzon, isteʼmolchilar salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi tovarlarni kirib kelishining oldini olish;
- ichki bozorda milliy tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatini koʼzlash, ularni tashqi bozorga chiqishlarini qoʼllab-quvvatlash;
- yirik ishlab chiqarish birlashmalarini qoʼllab quvvatlashning oqilona tizimini yaratish.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash uchun iqtisodiyotning kriminallashuviga qarshi kurashish kerak. Jinoiy guruhlarning iqtisodiyotga kirib kelishining oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim boʼladi:
- daromadlarni deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish;
- nodavlat xoʼjalik subʼektlarining ayrim faoliyat turlarini qonun yoʼli bilan cheklash;
- roʼyxatga olinmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishni man qilish;
- isteʼmolchilar salomatligiga zarar yetkazuvchi mahsulotlarni va litsenziyasiz, sifat sertifikatisiz tovar sotishni man qilish;
- bankrotlik qonuni talablarini hayotga qatʼiy tatbiq etish;
- huquq-tartibot organlarida iqtisodiy qonunbuzarliklarga qarshi kurashish boʼlimlari faoliyatini kuchaytirish;
- iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida turli nazorat va davlat organlarining tadbirkorlar xoʼjalik faoliyatiga noqonuniy aralashishlarini cheklash va bunga qarshi kurashish;
- iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari erkin amal qilishini taʼminlash bilan bir qatorda, davlat organlarining iqtisodiyotni tartibga solish faoliyati samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish kabilar maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashning muhim yoʼli barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, aholi turmush darajasini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy sohada, hayotda keskinlikning vujudga kelishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun xavf-xatar tugʼdirishi shubhasizdir.
Bu holni keltirib chiqaruvchi sabablarning eng muhimlarini quyidagilardan iborat:
1. Ijtimoiy ziddiyatlar oʼz mohiyatiga koʼra hamisha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy oʼzgarishlarni harakatlantiruvchi kuch boʼlib xizmat qiladi. Oʼzgarishlarning qay tarzda borishi yoki boʼlmasa, keskin shakllarga kirishi: ijtimoiy noroziliklar, stixiyali portlashlar, fuqarolar urushlari va inqirozlar tusini olishi toʼplanib qolgan ijtimoiy muammolarning qay darajada keskinligiga, hukmron tuzilmalarning bu muammolarni hal qila olishi yoki hal qila olmasligiga bogʼliq.
2. Islohotlarning mohiyatiga toʼralarcha putur yetkazish, ijtimoiy adolatni buzish, hokimiyatning turli pogʼonalaridagi korruptsiya aholining tang ahvolini yanada yomonlashtiradi va oqibatda jiddiy, ijtimoiy ziddiyatlarga olib kelishi ham mumkin.
3. Keng koʼlamdagi uzoq muddatli isloh qilish jarayonining dastlabki bosqichini I.А.Karimov eng qiyin, ijtimoiy portlash xavfi boʼlgan bosqich deb atagan. Chunki oʼtish davri koʼp hollarda bir qancha hal etilmagan ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi va ular zamiridagi larzaga soladigan kuchni oʼzida saqlab turadi.
4. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida kishilarning eskicha va yangicha fikrlashlari oʼrtasidagi, oʼtmish va hozirgi zamondagi qadriyatlar tizimi oʼrtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashadi. Аholi daromadlari oʼrtasidagi farqlarga quyidagi holatlar taʼsir koʼrsatmoqda:
- iqtisodiyotning turli sohalarida, mamlakatning turli mintaqalarida daromad olish imkoniyatlarining barobar emasligi;
- mamlakatning 60 %dan ortiq aholisi yashayotgan qishloq joylardagi yashirin ishsizlik hamda kichik va oʼrta biznesning yetarli darajada rivojlanmayotganligi salbiy taʼsir koʼrsatmoqda. Oilalarning pul daromadlari tarkibida 47%ga yaqini turli shakldagi tadbirkorlik va xususiy mehnat faoliyatiga toʼgʼri kelmoqda.
Аholi turmush darajasi barqaror oʼsmoqda. Shu boisdan Oʼzbekistonda aholi turmush darajasiga va hayot sharoitlari bilan bogʼliq ijtimoiy tahdidlar birmuncha kamaydi2.
Yana bir muhim ijtimoiy tahdid real ishsizlik hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi ichida ishsizlik darajasi 10%dan oshib ketsa, u iqtisodiy tahdidni vujudga keltiradi. Ishsizlikning vujudga kelishi bozor iqtisodiyoti qonuniyatlaridan biridir. Аmmo ishsizlik tufayli kambagʼallik, hatto qashshoqlik, jinoyatchilik, narkomaniya va shunga oʼxshash ijtimoiy ofatlar, ijtimoiy norozilikning kelib chiqishi tabiiydir.
Ushbu iqtisodiy tahdidning yana bir xususiyati respublika qishloq xoʼjaligida ortiqcha bandlikning mavjudligi hisoblanadi. Chunki bu mehnat resurslaridan
ekstensiv, unumsiz foydalanishga oxir-oqibatda ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi. Hozirgi davrda qishloq xoʼjaligida ortiqcha ishlab chiqarish natijalariga ziyon yetkazmagan holda boʼshatib boshqa sohalarga oʼtkazish lozim boʼladi.
Mamlakat ichki xavfsizligiga tahdidlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aholi, shu jumladan, mehnatga layoqatli aholi, mehnat resurslari sonining oʼsish surʼatlarining asosiy fondlar yaratayotgan yangi oʼrinlarning oʼsish surʼatlariga nisbatan orqada qolishi, kelgusida ishsizlar daromad olish imkoniyatiga ega boʼlmagan kishilar sonining oʼsishiga olib kelishi mumkin;
- ish haqining aholi, shu jumladan, yollanma ishchi va ishchi xizmatchilarning oila daromadlaridagi ulushining kamayishi, ish haqining ragʼbatlantiruvchanligining pasayishi;
- aholi tarkibida keksa nafaqa yoshidagi kishilar ulushining koʼpayishi kelgusida ularning ijtimoiy taʼminoti masalalarida muammolarni tugʼdiradi;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga toʼsqinlik qiluvchi omillarning koʼpayishi;
- soliq yukining ogʼirligi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga toʼsqinlik qiluvchi omil hisoblanadi.
Bu omillar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, tadbirkorlik faoliyatiga toʼsqinlik qilib, ijtimoiy ziddiyatlar va tahdidlarni vujudga keltirishga imkoniyat yaratadi.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun korxonalar xoʼjalik moliyaviy faoliyati, jismoniy shaxslarning daromad olishi va xarajatlari toʼgʼrisidagi haqqoniy axborotlarni toʼplash, tahlil qilish asosida iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni keng qamrovli nazorat qilish tizimini shakllantirish lozim. Bunda davlat boshqa organlar, nodavlat tashkilotlar, uyushmalar bilan oʼzaro bogʼliqlikda aloqadorlik, hamkorlikni yoʼlga qoʼyishi kerak boʼladi.
Dostları ilə paylaş: |