3.3.1. To’pga zarba berish
To’pga zarba berish futbol o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi.
To’pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi (7-rasm).
Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan
bo’lib, bu to’pning kerakli traektoriya bo’ylab harakatlanishi va optimal
tezligi bilan xarakterlanadi. To`pning uchish tezligi zarba beruvchi
bo`g’in bilan to’pning o’zaro to’qnashgan paytdagi boshlang’ich
tezligiga, shuningdek, ular massasining bir-biriga nisbatiga bog’liq.
0 ’zaro ta’sir etuvchi bo’g’inlaming massasi nisbatan muhim boMgani
sababli to’pning uchish tezligini oshirish uchun zarba beruvchi bo’g’in
tezligini oshirishi kerak bo’ladi.
To’pga oyoq bilan zarba berish.
To’pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan,
oyoq yuzining ichki, o`rta va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan,
tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz to’rgan to’pga, shuningdek
turli yo’nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to’pga turgan joydan,
harakat vaqtida, sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi.
Oyoq bilan to’p tepish yo’llari juda xilma-xil bo’lishiga qaramay,
ular texnikasini tizimli tuzilishi jihatidan tahlil qilish ko’p usullar uchun
umumiy bo`lgan asosiy harakat fazalarini ajratib ko’rsatish imkonini
beradi.
3.3. Maydon o’yinchisining texnikasi
28
Dastlabki faza - yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi,
uning tezligi fiutbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga
qarab belgi-lanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’pni oldindan
o`ylab qo’yifgan oyoq bilan tepadigan qilib mo’ljal olish kerak. Bunga
eng so’nggidan bitta oldingi qadamni qisqartirib yoki uzaytirib erishsa
bo’ladi. Yugurish qadamlarining o’rtacha uzunligi katta yoshli
futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo’ ladi.
3.Taktika xaqida tushuncha va uning tasnifi
Taktika deganda o’yinchilaming raqib ustidan alaba qozonishga
qaratilgan individual va jamoaviy harakatlarini tashkil qilishi, ya’ni
jamoa futbolchilarining muayyan rejaga binoan aynan shu muayyan
raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishiga imkon beradigan
birgalikdagi harakatlarini tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya harakatlarining
maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarini
belgilashdan iboratdir.
Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda jamoa oldida turgan
vazifalarga, kuchlar nisbati va o’yinchilaming o’zaro kurashuvchi
guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga
bog’liq. Futbol taktikasining tasnifi 64-rasmda berilgan.
Futbol matchi ko’p martalab hujumdan himoyaga va himoyadan
hujumga o’tishdan iborat bo’lgani uchun ham, tabiiyki, har qaysi
jamoaning hujum va himoya harakatlari uyushgan bo’lishi kerak.
Taktika uchrashuv vaqtida butun o’yin faoliyatining asosiy
mazmuni hisoblanadi. Konkret raqibga qarshi to’g’ri tanlangan kurash
taktikasi muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi, noto’g’ri tanlangan
yoki uchrashuv mobaynida asqotmagan taktika esa odatda
magMubiyatga olib keladi.
Raqiblami neytrallash vazifalarini to’g’ri hal qila bilish va
hujumdagi o’z imkoniyatlaridan muvaffaqiyatli foydalana olish umuman
jamoaning ham, uning alohida yinchilarining ham taktik yetukligini
ko’rsatadi. Hujum va himoyada hamma futbolchilaming harakatlari
yaxshi uyushtirilgan hamda, albatta, faol boMgandagina jamoa
muvaffaqiyatga erisha oladi.
Murabbiy o’yinning taktik rejasini qanday qilib tuzgan blmasin,
bu reja alohida futbolchilarning harakatlari bilan amalga oshiriladi. Ana
shuning uchun ham individual taktik kamolotga erishmay turib,
jamoaning yinini chiroyli va risoladagidek qiladigan aniq taktik
harakatlami oshirishni xayolga ham keltirib bo’lmaydi.
Futbol yinida taktika bilan texnika bir-biriga chirmashib ketgan
bladi. To’pni kimga va qanday uzatish lozim, raqibni dog’da qoldirish
uchun aylanib o’tishni ishlatish kerakmi yoki to’pni sherikka oshirgan
ma’qulmi, darvozaga qaysi paytda zarb berish zarur ekanligini Hal
qilayotgan o’yinchi taktik tafakkurdan foydalanadi, ahd qilgan
harakatini amalga oshirayotganda esa u texnik mahoratini namoyish
etadi. Demak, texnika yinchining texnik rejalarini amalga oshirish vositasi blib xizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a’lo darajada
bo’lsagina xilma-xil taktik harakatlami bajarish mumkin.
Teng kuchli jamoalar uchrashuvida ulardan birining g’alabasiga
kpincha mag’lub blganlarda irodaning kamlik qilgani yoki jismoniy
va texnik tayyorgarlik bo’sh bo’lgani sabab qilib ko’rsatiladi. Biroq
futbol yinidagi g’alaba aksariyat hollarda taktik rejalar kurashi bilan
belgilanadi.
Taktika ikki jamoaning jismoniy, texnik va ma’naviy-irodaviy
tayyogar-likdagi darajalari teng boMganda, ulardan birining g’alaba
qilishini ta’minlab beradigan muhim omildir. Yirik musobaqalardagi
ko’plab misollar shundan dalolat beradi.
Ustalik bilan ishlatilgan taktikagina muvaffaqiyat keltira oladi.
Ba’zan jamoalar har qanday raqibga qarshi o’ynaganda ham bir xil
taktika ishla-taveradilar. Taktik jihatdan bunday qashshoqlik, bir xillik
mahoratning o’sib borishiga to’sqinlik qiladi. Har bir jamoa, ayniqsa,
yuqori darajali jamoa xilma-xil taktik planda o’ynay bilishi kerak,
boMmasa u, ayrim yutuqlari boMishiga qaramay, musobaqalarda katta
g’alabaga erisha olmaydi.
0 ’quv-trenirovka jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e’tibor
beriladi. Har bir o’yinchi va, umuman, jamoa harakatlaming xilma-xil
variantlarini mukammal egallagan bo’lishi kerak.
Hujum harakatlari bilan himoya harakatlarining doimiy kurashi
natijasida o’yin taktikasi uzluksiz takomillashib boradi. Xuddi ana shu
kurash futbol taktikasi taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi.