3.2. Harakatlanish texnikasi
23
qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo’qligi o’nga xos
xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i orqaga uzatilganda sonning
yozilishi cheklanganligidadir.
0 ’yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab
qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga orttirilib,
bu ko’proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog’Iiq. Tisarilib
yugurayotganda, o’yinchi ba’zan muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi.
Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og’irlik markazi o’qi
tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchi holatining turg’un bo’lishi
shartlaridan biridir.
Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spesifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi. Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan
yugurish qadamlari bilan ifodalanadi (3-rasm). Qadam tashlash siklining
birida (qo’shaloq qadam) siltanuvchi oyoq tayanch oyoqning oldiga
chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish paytida havoda uchish fazasi juda
qisqa.
Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan zarur holatga
o’tishda (masalan, yinchi oldini to’sib olishda) foydalaniladi. U
dastlab harakatlanish fazasi sifatida qo’llaniladi. Keyinroq o’yindagi
vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro
etiladi.
Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi (4-
rasm). Birinchi qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab,
yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish
va siltanish harakatlarida zo’r berish yuqori tomonga emas, balki yon
tomonga yo’naltiriladi.
Sakrashlar. To’xtash va burilish usullarining ba’zilarini ijro etishda
sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari,
to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fmtlar
texnikasining qismiga kiradi. 0 ’yindan oldin, yon tomonlarga, yuqoriga
hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. 0 ’yindagi vaziyat
ko’pincha maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab
qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinasion
qobiliyati bilan belgbilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo,
vaqt va kuch xarakteristikalari optimal bo’lgan harakatlar qilishi kerak
bo’ladi.
25
Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish
fazalari bladi. Sakrashning ikki xil usuli bor: bir oyoqda depsinib
sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.
Bir oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga
bajariladi. Bunday sakrashda faol depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib,
gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomonga o’tkaziladi.
Sakrashning traektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga bog’liq. Bir
oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq
amortizasiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o’tish imkonini
beradi. Og’irlik markazi o’qining proeksiyasi tayanch yuzasining
chegarasida yoki undan tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi.
Sakrab to’pga kalla urayotganda, ko’pincha maksimal baland
ko’tarilish kerak boMadi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni
taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qyish
yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilaboldinga tomon faol depsinish kerak boMadi, bunda qoMlarni ko’krak
baravar silkitib ktarish depsinishning samarasini oshiradi.
Ikki oyoqda depsinib sakrash. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab
yon tomonga va oraliq yo’nalishalarda sakraladi.
Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda salgina
cho’nqayadi. Oyoqlami faol to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik
markazining o’q sakrash tomoniga o’tkaziladi va qoMlar silkitiladi.
Yugurib kelib sakrayot-ganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa
to’xtaydigan qilib qo’yiladi. Cho’nqa-yish paytida ikkinchi oyoq
birinchisi bilan tezgina juftlanadi. Depsinishda havoda uchish va yerga
tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi boMadi.