52
Xullas, kwp yillar mobaynida har xil ilmiy ywnalishlarda twplanib qolgan talay
muammolar Maksvell nazariyalari yordamida echila boshladi. Fizika tarixida
birinchi marta ”Elektromagnit maydoni fazoning shunday bir qismiki, u wzini va
wz ichiga olgan moddalarni (narsalarni) elektrlangan yoki magnitlangan holatda
ushlab turadi“ - deb xulosaga kelindi. J.Maksvellning mashxur bwlgan twrtta
differentsial tenglamasi elektrodinamika fanining yanada rivojlanishiga asos bwldi.
Chuqur tushunchalar berib twxtalmaganda, bu tenglamalar tegishlicha: Gauss
teoremasi, elektromagnit induktsiya hodisasi, magnit kuch chiziqlari uzluksizligi
va twla tok qonunlarini differentsial kwrinishda aks ettiradi.
J.Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlarida buyuk olimlar Genrix Gerts (1857-1894 y.), P.N.Lebedev
(1866-1912 y.), A.S.Popov (1859-1906 y.) tomonidan amaliy tasdiqlanib,
elektromagnit twlqinlar (radio twlqinlari) hisobiga elektrotexnika, radio va
televidenie vujudga kelishiga sababchi bwldi.
Elektrotexnikaning rivojlanishi XX asrning boshlarida fan va texnikaning
yirik va amaliy soxalarini kashf qilish bilan nishonlandi. Elektr energiyasini
ishlab chiqarishda katta-katta elektrogeneratorlar, uni masofaga uzatishda esa yirik
va yuqori kuchlanishli transformatorlar kashf etildi. Elektr yuritgichlar (motorlar)
zavod va fabrikalarda bug` mashinalarining wrnini egalladi va sekin-asta
transportda elektor yuritma vazifasini ham bajara boshladi. Bu esa
elektrotexnikadan ”elektr mashina va transformatorlar“, ”elektr yuritma“, ”korxona
va shaxarlarni elektrlashtirish“, ”elektr stantsiyalar, elektr tarmoqlar va sistemalar“
kabi yangi ywnalishlar ajralib chiqib, ularning mustaqil fan sohalariga aylanishiga
olib keldi.
Dostları ilə paylaş: