Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix19.12.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#76362
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish (1)

Payvandlash transformatori 
14-расм 


36 
Payvandlash transformatori metalla buyumlarni, konstruktsiyalarni va 
hokazolarni eritib, o`zaro ulash uchun xizmat qiladi. 5.21-rasmda avyvanlash 
transformatorirning printsipial sxemasi ko`rsatilgan. U transformator 1, drossel` 2, 
yakor` 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel` bilan yakor` orasidagi 
tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo`lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi 
kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan 
o`zgarishsiz bo`lishi lozim. Payvandlash toki drossel` 2 bilan yakor` 3 orasidagi 
tirqish 6 ni o`zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel` chulg`amining 
induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko`payadi va aksincha. 
Qisqa tutashuv bo`lganda drossel` elektr yoy va transformatorning tokini 
cheklaydi.
Transformator salt ishlaganda 
70
60
20
U
V, nominal nagruzka bilan 
ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.
 
 
 
 
 
 
 
15-расм 


37 
2.3. O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini 
o`rgatish uslublari. 
O`quvchilar elektr sxema zanjirning nusqasi bo`lmay, balki uning mohiyati 
va printsipini ifodalashga ishonch hosil qilishlari uchun doskada tasvirlangan 
sxema elementlarining joylashishini o`zgartirib qaytadan chizish va hamma 
sxemalarda aynan bitta zanjir tasvirlanganligini ko`rsatish kerak.
O`zgaruvchang tok kuchlanishini o`zgartirish. 
Ko`pgina elektrik asboblar turli kuchlanishlarga mo`ljallangan bo`ladi. Hatto 
bitta asbobning o`zini ishlatish uchun uning turli qismlariga turli kuchlanishlar 
berish talab qilinadi. Masalan, radiopriyomnikda lampaning shog`lanishi uchun 
o`, v kuchayttirgishning ishlashi uchun esa 350v kuchlanish talab qilinadi. 
Shuning uchun asbobga beriladigan tarmoq kuchlanishini orttirish yaki 
kamayttirish imkonini beruvchi moslama kerak bo`lishi ravshan. O`zgaruvchang 
tok kuchlanishini elektromagnit hodisasidan foydalanib o`zgartirish mumkin 
ekan, vaholanki o`zgarmas tok kuchlanishini o`zgartirish usuli juda 
murakkabdir. Asoson huddi ana shu sababli amalda o`zgaruvchang tokdan keng 
foydalanadi. 
Transformator P.N.Yabloshkov tomonidan 1876-yilda ixtiro qilingan. 
Transformatorning asosiy turlari: 
1. Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar-ular elektr energiyani 
olisga uzatishda, iste`molchilarni elektr energiya bilan ta`minlashda ishlatiladi. 
2. Avtotransformatorlar-iste`molchiga beriladigan kuchlanishni biroz 
o`zgartirish yaki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi.
3. O`lchov transformatorlar- yuqori kuchlanishni va katta toklarni oddiy 
o`lchov asboblari bilan o`lshashga imkon beradi. 
4. Payvandlash transformatorlari. 
Transformator berk po`lat o`zak va unga kiygizilgan o`ramlar soni turlicha 
bo`lgan ikkita g`altakdan iborat. O`zak ommaviy toklarni kamaytirish 


38 
maqsadida bir-biridan izolyatsiyalangan alohida-alohida listlardan yig`iladi. 
Ikkala g`altakning sho`lg`amlari izolyatsiya bilan qoplanadi va bir-biriga 
ulanmaydi. G`altakning o`zgaruvchang tok tarmog`iga ulanadigan sho`lg`amiga 
birlamchi iste`molchiga ulanadigan g`altakning sho`lg`amiga ikkilamchi 
sho`lg`am deyiladi. 
Birlamchi sho`lg`amdan o`tuvchi o`zgaruvchang tok transformator 
o`zagida o`zgaruvchang magnit maydon hosil qiladi. U ikkilamchi sho`lg`amda 
induktsiya EYuK uyg`otadi, chunki o`zakdan o`tayotgan magnit oqimi uzluksiz 
o`zgaradi. O`zak bo`lmaganda magnit kuch chiziqlari birlamchi sho`lg`am 
chekkalarida har tomonga qayrilish bo`lar edi va ularning ko`pchiligi 
ikkilanuvchi sho`lg`amga borib etmasdi. Bu hodisaga magnit oqimining 
soshilishi deyiladi. O`zak berk bo`lmaganda ham magnit oqimi soshiladi. 
Magnit oqimining soshilishi sho`lg`amdagi induktsiya e. yu. kuchini, shu bilan 
birga butun qurilmaning foydali ish koeffitsientini pasaytiradi. 
Agar o`zak berk bo`lsa, u holda birlamchi sho`lg`am togining deyarli barcha 
magnit oqimi o`zak ishidan o`tadi va shulg`amni kesib o`tadi.
Faqat ferromagnit moddagina o`zak materiali bo`lib xizmat qilishi mumkin. 
Ammo transformator o`zagini tayyorlash uchun har qanday ferromagnit ham 
yaroqli bo`lavermaydi. O`zakning materiali shunday bo`lishi kerakki, uni 
o`zgaruvchang magnit maydoni bilan uzluksiz qayta magnitlash uchun iloji 
boricha kam energiya sarf bo`lishi kerak, aks holda transformator qattiq qiziydi. 
Shuning uchun o`zak materiali sifatida maxsus transformator po`lati ishlatiladi.
Agar transformatorning ikkilamchi sho`lg`am zanjiri ochiq bo`lsa, u holda 
birlamchi sho`lg`amning berk zanjirida tok juda kam bo`ladi. Buni 
transformatorning juda katta o`zinduktsiyaga ega bo`lishi bilan tushintiriladi; 
birlamchi sho`lg`amda hosil bo`ladigan o`zinduktsiya EYuK uning uchlardagi 
kuchlanishga deyarli teng va kuchlanishga qarshi ta`sir qiladi. Bunda birlamchi 
sho`lg`amdan salt ishlash toki deb ataluvchi juda kuchsiz tok o`tadi. Bu tok 


39 
o`zakdagi o`zinduktsiya EYuKni etarli darajada hosil qilishi uchun kerak 
bo`ladigan magnit maydonining o`zgarishi saqlab turadi.
Tabiyki huddi shu magnti maydoni ikkilamchi sho`lg`amning o`ramlarida 
ham e yu k ni induktsiyalaydi. O`zakning magnit maydoni birlamchi hamda 
ikkilamchi sho`lg`amlarining har bir o`ramida bir hil eyuk…, demak, tahminan 
sho`lg`amlaridagi kuchlanishlar hamshu sho`lg`amlarining o`ramlari soniga 
to`g`ri proportsional` degan xulosa kelib chiqadi. 
Agar o`ramlar sonini 2 bilan belgilasak, u holda ikkilamchi o`ram zanjiri 
ochiq bo`lganda, yana transformatorning salt ishlashda qo`yidagi munosabat 
o`rinlidir. 
2
1
2
1
2
2
U
U
Bunda U
1-
va U
2-
mos ravishda birlamchi va ikkilamchi sho`lg`amlardagi 
kuchlanish.
Agar ikkilamchi sho`lg`am uramlari birlamchi sho`lg`am uramlari sonidan 
ortiq bo`lsa, bunday transformatorni yuksaltiruvchi transformator deyiladi, 
chunki ikkilamchi sho`lg`amda kuchlanish birlamchi sho`lg`amdagiga 
qaraganda yuqori. Agar ikkilamchi sho`lg`am uramlari birlamchi sho`lg`am 
uramlari sonidan kam bo`lsa, bunday transformatorni pasaytiruvchi 
transformator deyiladi. 
n=
2
1
2
2
Ikkilamchi sho`lg`amni qisqa tutashtirilganda undan o`tayotgan tok o`zakda 
birlamchi sho`lg`amdagi magnit oqimiga qarshi yo`nalishga qo`shimcha magnit 
oqimi hosil qiladi. O`zakda magnit oqimining susayishi birlamchi sho`lg`amdagi 
induktsiya EYuK ni kamaytiradi. Shuning uchun undagi tokning qiymati 
o`zaktagi magnit oqimi oldingi qiymatiga erishmaguncha o`sib boradi. Ikkala 
sho`lg`am bir xil qo`shimcha magnit maydoni hosil qilishi, ,sho`lg`am hosil 


40 
qilgan magnit oqimi esa undagi tok kuchi bilan uramlari soniga ko`paytmasi 
bilan aniqlangani uchun taxminan qo`yidagicha bo`ladi.
I
1
2
1
=I
1
2
2
Bu formula transformator nagruzka bilan ishlaganda birlamchi va 
ikkilamchi sho`lg`amlarning tok kuchi hamda uram sonlari orasidagi 
bog`lanishni ifodalaydi. Transformator nagruzkasi deganda ikkilamchi 
sho`lg`amdagi tokning to`la aktiv quvvati tushiniladi. 
Bu formuladan transformator sho`lg`amlaridagi tok kuchlari 
ularning uram sonlariga teskari proportsional ekanligi kelib chiqadi. Shunday 
qilib, transformatorda elektrik energiyaning bir zanjirdan ikkinchi zanjirga 
elektromagnit induktsiya hodisasi yordamida uzatilishi sodir bo`ladi. 
Transformatorda sho`lg`amlardagi issiqlik ajratishga va o`zakning qayta 
magnitlanishiga ketadigan energiya sarfi juda kam bo`ladi. Transformator 
qancha quvvatli bo`lsa, uning foydali ish koeffitsienti shuncha yuqori bo`ladi. 
Quvvatli transformatorning f.i.k. 98% gacha etadi. Bu esa berilgan quvvatli 
tokni transformatsiyalash uchun kam quvvatli bir necha transformator o`rniga 
shu quvvatga mo`ljallangan bitta transformatordan foydalanish maqsadga 
muvofiq ekanligini bildiradi.
Energiyaning yuqolishini hisobga olmay, taxminan qo`yidagi xulosaga 
kelishi, transformator sho`lg`amlariga ulangan ikkala zanjirdagi elektr tokining 
quvvati birday va asosan ikkilamchi sho`lg`am zanjiriga ulangan asboblarning 
iste`mol quvvati bilan aniqlanadi.
Agar transformatorning birlamchi sho`lg`amini o`zgarmas tok zanjariga 
ulansa, u holda transformator o`zagidagi magnit maydoni o`zgarmas bo`ladi, 
shuning uchun ikkilamchi sho`lg`amda e.yu.k. induktsiyalanmaydi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin