O’zgaruvchan toklarni to’g’rilash.
Ishning maqsadi: Yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarning ishlashini o’rganish
va uning
xarakteristikalarini olish.
Kerakli asboblar: To’g’rilagich maketi, pasaytiruvchi transformator, ostsillograf,
o’zgaruvchan va o’zgarmas
tok ampermetri va voltmetri, ulovchi simlar.
Ishning qisqacha nazariyasi.
O’zgaruvchan toklarni o’zgarmas tokka aylantiradigan qurilmalarga to’g’rilagichlar
deyiladi. To’g’rilagichlar Yarim o’tkazgichli diodlar asosida yig’iladi. Shuningdek to’g’rilagichlar
tarkibiga tekislovchi filtrlar va chiqish kuchlanishini o’zgarmasdan saqlab turadigan stablizatorlar
ham kiradi.
Ma`lumki, diodlar ventilli qurilma bo’lib, ular elektr tokini bir tomonlama o’tkazish
xususiyatiga ega. To’g’rilagichlar barcha radioelektronika qurilmalarida oziqlantiruvchi manba va
akkumulyatorlarni zaryadlash maqsadlarida ishlatiladi. Radiohavaskorlik amaliyotida ham
to’g’rilagichlarning turli tuman sxemalari keng tarqalgan.
To’g’rilash sxemasi ikki xil – bitta va ikkita yarim davrli bo’ladi. Mazkur sxemalarni taxlil
qilish uchun transformatorning ikkinchi chulg’ami bilan ketma-ket ulangan diod va rezistordan
tuzilgan quyidagi sxemani ko’raylik (1-rasm). Agar transformatorga o’zgaruvchan
kuchlanish
berilsa, ikkilamchi chulg’am kuchlanishining musbat Yarim davri to’g’ri kelganda diod ochilib,
zanjirda tok hosil bo’ladi. Kuchlanishning manfiy Yarim davrida esa diod yopiladi va undan tok
o’tmaydi. Bu jarayonlarni grafik tasviri 9a-rasmda keltirilgan. Demak mazkur sxemada tok kirish
kuchlani-shining musbat Yarim davridagina hosil bo’ladi. Uning asosida tuzilgan to’g’rilagich esa,
mos ravishda bir Yarim davrli to’g’rilagich bo’ladi.
Radio qurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanib bo’lmaydi. Shuning
uchun pulslanishni yo’qotish – tekislash zarur bo’ladi. Bunday jarayonni
amalga oshiradigan
qurilmalar tekislovchi filtrlar deb ataladi. eng sodda tekislovchi filtr yuklama (nagruzka) ga
paralell qilib ulangan kondensatordan iborat. Ikki yarim davrli to’g’rilash sxemasi asosida tuzilgan
to’g’irlagichning sxemasi va undagi yuz beradigan jarayonlarning grafik tasviri 2-rasmda
ko’rsatilgan. Sxemaning ishlashi xuddi bitta Yarim davrli to’g’rilash sxemasining ishlashiga
o’xshash bo’ladi. Bu sxemada kuchlanishning pulsatsiyala-nish chastotasi ikki marta ortiq bo’lib
uning amplitudasi kichik bo’ladi.
To’g’rilagich sxemalarining turlari ko’p, lekin Shu sxemalar ichida ko’prik
sxema deb
ataladigan to’g’rilagich amaliyotda keng tarqalgan. Uning sxemasi 3-rasmda keltirilgan.
To’g’rilagich sxemasidan ko’rinadiki transformator kuchlanishining birinchi Yarim davrida D
1
va
D
2
lar ishlasa, ikkinchi Yarim davrida D
2
va D
4
lar ishlaydi. Ko’prik sxemaning asosiy afzalliklari
Shundaki, to’g’rilangan tok amplitudasining pulslanishi kichik bo’ladi va o’rta nuqtali
transformatorga hojat qolmaydi. Ko’pincha to’g’rilagichlar ko’prik sxema asosida yig’iladi.
1-rasm 2-rasm
To’g’rilagichlarning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: to’g’rilangan
maksimal tok va
kuchlanish kattaliklari, to’g’rilagichning foydali ish koeffitsienti(F.I.K) va x.k.
Mazkur ishda ko’prik sxemasida yig’ilgan to’g’rilagichning
tuzilishi, ishlash tamoyili
o’rganiladi va olingan natijalar asosida to’g’rilagichning foydali
ish koeffitsienti quyidagi
formuladan hisoblanadi.
2
2
1
1
U
I
U
I
(10)
Ko’prik sxemasida ulangan to’g’rilagich maketi maxsus panelga o’rnatilgan bo’lib, uning
sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
3-rasm 4-rasm
Ishni bajarish tartibi:
1. Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan o’lchov asboblari bilan tanishing va 12-rasmda keltirilgan
sxemani yig’ing.
2. Transformatorning chiqishiga (transformatorning chiqish kuchlanishi 12-40V oralig’ida bo’lishi
kerak) ostsillografni ulang. Ostsillograf ekranidan o’zgaruvchan kuchlanish pulsatsiyasining vaqt
davomida o’zgarishi ostsilogram-masini chizib oling.
3. Ostsillografni to’g’rilagichning chiqishiga ulang va to’g’rilangan kuchlanish ostsillogrammasini
chizib oling.
4. To’g’rilagichning nagruzka xarakteristikasini aniqlang. Buning uchun reostat yordamida I
0
to’g’rilangan tokni o’zgartirib ampermetr va voltmetr ko’rsatishlari yozib olinadi.
Olingan
natijalar asosida I
0
=f(U) bog’lanish grafigi chiziladi.
5. To’g’rilagichning FIKni aniqlang. Qilingan ish yuzasidan hisobot yozing.
Nazorat savollari:
1. To’g’rilagichlarning ishlash tamoyilini tuShuntiringg`
2. To’g’rilagichlarning ko’prik sxemasi qanday tuzilgang`
3. To’g’rilagichning FIKi qanday aniqlanadi?
4. To’g’rilagichlar qaerlarda qo’llaniladi?
Adabiyotlar:
1.H.Nig’matov “Elektronika va signallarni qayta ishlash”Toshkent -1993y.
2. YU. F. Kolontaevskiy Laboratorniy praktikum po radioelek-tronike. «Visshaya shkola»,
Moskva. 1989