22
2.2. Transformatorlar va uch fazali transformator chulg`amlari
ulanish guruhini aniqlash
O`qitish jarayoniga yangi uslublarni tadbiq
etish kadrlar tayyorlash
talablarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Shu maqsadda qo`yida uch fazali ikki
chulg`amli transformatorning chulg`amlari ulanish guruhini aniqlashga yangicha
uslubiy yondashish e`tibor uchun havola qilinmoqda.
Ma`lumki, elektr stantsiyalarida ishlab chiqilgan elektr energiya uzoq
masofalardagi iste`molchilarga uzatishda o`zaro parallel ulangan bir necha kuch
oshiruvchi transfarmatorlari vositasida amalga oshiriladi. Sanoatning turli
soholaridagi elektr ta`minoti tizimlarida ham parallel
ulangan pasaytiruvchi
kuch transfarmatorlaridan foydalaniladi. Transfarmatorni parallel ulash uchun
qo`yiladigan muhim shartlardan biri, ularning chulg`amlari
bir xil ulanish
guruhiga ega bo`lishdir.
«Elektr mashinalari» kursiga oid darslik va o`quv qo`llanmalarida ikki
chulg`amli transfarmator chulg`amlarining ulanish guruhini, asosan tsiferblatli
soatdan foydalanib aniqlash usuli bayon qilingan (bu
usul standart tomonidan
ham tavsiya qilinadi) va mazkur usulning boshqa usullaridan ungayligi
taqidlangan. Shu bilan birga bu usulni tushintirishda metodik jihatdan bazi bir
kamchiliklar ham mavjud, ya`ni yuqori kuchlanishli (YuK) va past kuchlanishli
(PK) chulg`amlar EYuK lari uchun qurilgan
vektor diagrammalar alohida-
alohida quriladi. «Yulduz» sxemasiga ulangan YuK sho`lg`am fazaviy EYuK
lari uchun qurilgan vektor diagrammada ikkita (masalan A va V fazalar) vektor
uchlarini o`zaro birlashtirib aniqlangan liniyaviy
kuchlanish vektori chizmada
ogma holatni egallagan bo`lsa ham soatning 12 raqamiga yunaltirilgan deb
tasavvur qilinadi.
Bu jarayondagi:
a) vektor diagrammalarning bir-biriga bog`lanmagan holda
qurilishi va so`ngra ularni bir-biriga qo`shish tartibi;
23
b) YuK chulg`am uchun qurilgan vektor diagrammadan aniqlangan liniyaviy
kuchlanish vektori ogma holatni egallagan bo`lishidan qatiy nazar soatning 12
raqami o`rniga 0 ning izohsiz ishlatilishi talabalarda ayrim tushinmovchiliklarga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: