5A130101 – Matematika (Geometriya va topologiya kafedrasi) I kurs magistratura talabasi Ibragimova Umida Baxtiyor qizining o’quv-uslubiy



Yüklə 19,97 Kb.
tarix12.11.2022
ölçüsü19,97 Kb.
#68746
hisobot


5A130101 – Matematika (Geometriya va topologiya kafedrasi) I kurs magistratura talabasi Ibragimova Umida Baxtiyor qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2021– 2022 o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar



HISOBOTI

Ushbu hisobot “Geometriya va topologiyakafedrasining


___________ № __ - son yig’ilishida muhokama qilindi.

5A130101 – Matematika (Geometriya va topologiya kafedrasi) I kurs magistratura talabasi Ibragimova Umida Baxtiyor qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2021 – 2022 o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar hisoboti.

I. O’quv- metodik ishlar.
1.1. Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida 1-kurs 1-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
Yarim yil davomida reyting jadvali asosida fanlardan mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar:
Barcha fanlardan yarim yillik semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirdim, jumladan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” (60 soat), “Banah fazolarida operatorlar nazaryasi” (150 soat) "O’lchovlar va Integrallar nazaryasi" ( 150 soat),”Matematik fizikaning zamonaviy usullari” (150 soat)
" Banah fazolarida operatorlar nazaryasi " fanidan har dars berilgan mustaqil ishlarni referat shaklida topshirdim.( ilova qilaman )
” O’lchovlar va Integrallar nazaryasi” fanidan . (ilova qilaman)
1.2. Ilmiy-tadqiqot ishlari.
Ilmiy rahbarim PhD N.K.Mamadaliyevdan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo'yicha yangi ko'rsatmalar oldim.
1.3. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.
O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim.
Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilarining ma`ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashg`ulotlari bo`yicha tahliliy ma`lumot shakllantirdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o`tkazdim.
1.4. Ilmiy seminar.
Magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim.
II. Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar ish rejasi.
2.1. Tadqiqot o’tkazishga tayyorgarlik.
Ilmiy rahbarim dotsent E.I.Qo’chqorov bilan magistrlik dissertatsiya ishining maxzusini tanladik.
Kafedrada tanlagan dissertatsiya mavzusini tasdiqladik.
Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografiya va axborot resurslari, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishishdim. Ilmiy rahbarim PhD N.K.Mamadaliyev yordamida dissertatsiya mavzuimga oid “Topologik fazolarning zichligi va sust zichligi” haqida tushunchalarni o’rganib chiqdim va biblografik ro’yxat shakllantirdim. (ilova qilaman)
Axborot manbalari va hujjatlarni (adabiyot va elektron resurslar ) chuqur o’rgandik. Ilmiy rahbarim PhD N.K.Mamadaliyev bilan “Topologik fazolarning zichligi va sust zichligi” nomli dissertatsiya mavzuim bo’yicha qisqacha annotatsiya tayyorladik. (ilova qilaman).
Ilmiy tadqiqot muammosini shakllantirdik va tavfsifladik. Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni (muammolarni) tuzdik.
Tadqiqotning ilmiy dolzarbligini, ilmiy yangiligini va amaliy ahamiyatga ega ekanligini asosladik.


2.2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish.
Tadqiqot ishining kalendar rejasini tuzdik. Ilmiy rahbarim PhD N.K.Mamadaliyev tavsiyasiga binoan dissertatsiya mavzusiga oid tadqiqot bosqichlarining ketma-ketlikda bajarmoqdaman. Magistrlik dissertatsiyamning struktura va mantiqiy sxemasini tuzdik, adabiyotlarni o’rganmoqdaman.
2.3. Tadqiqotni amalga oshirish uchun materiallar yig`ish.
Tadqiqot terminalogiyasini aniqlash: asosiy tushunchalar aniqlanib tahlil qilindi, solishtirildi, umumlashtirildi va boshqalar orqali terminologiyada qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Natijalarni qayt qildik va rasmiylashtirdik.

Ushbu hisobot shaxsiy kalendar rejasi asosida tayyorlandi.


Ushbu hisobotni “Geometriya va topologiya” kafedrasiga
2022-yil fevralda topshirdim.
Magistratura talabasi: U.B.Ibragimova
Hisobot bilan tanishdim. Ilmiy rahbar: PhD N.K.Mamadaliyev
Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin