5A130101 –Matematika (Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika) mutaxassisligi I kurs magistratura talabasi Rajabov Kamol Jamolovich o’quv-uslubiy
5A130101 –Matematika (Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika) mutaxassisligi I kurs magistratura talabasi Rajabov Kamol Jamolovich o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2021 – 2022 o’quv yilida amalga oshirgan bir yillik ishlar
HISOBOTI
Ushbu hisobot “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasining
___________ № ___ -son yig’ilishida muhokama qilindi.
5A130101 –Matematika (Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika) mutaxassisligi I-kurs magistratura talabasi Rajabov Kamol Jamolovichning o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2021– 2022 o’quv yilida amalga oshirgan bir yillik ishlar hisoboti.
Talabaning o’quv- uslubiy, ilmiy – tadqiqot, ilmiy-pedagogik va ilmiy amaliyot bo’yicha kalendar ish rejasi
I.1. O’quv-metodik ishlar 1. Magistratura I-kurs uchun nazariy ta’lim asosida o’quv rejasidagi mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
2. Bir yil davomida reyting jadvali asosida o’tilgan fanlardan mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar:
Bir yillik semestr uchun mo`ljallangan barcha fanlardan darslarga o`z vaqtida qatnashdim va yakuniy nazoratlarni topshirdim, jumladan 1-semestr fanlari “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” (60 soat), “O`chovlar va integrallar nazariyasi” (150 soat), “Banax fazosida operatorlar nazariyasi” (150 soat), “Matematik fizikaning zamonaviy usullari” (150 soat), 2-semestr fanlari "Tasodifiy miqdorlar yig'indisi uchun limit teoremalar" (150 soat), “Asimptotik statistik xulosalar” (150 soat), "Funksional fazolarda limit teoremalar" ( 150 soat),
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan Bitiruv malakaviy ishim “Bir o’lchovli akslantirishlarning tasodifiy siljishlari” mavzusi bo’yicha seminarda ma’ruza qildim. (ilova qilaman)
“Banax fazosida operatorlar nazariyasi” fanidan “Chegaralangan operatorlar nazariyasi” mavzusi bo’yicha seminarda ma’ruza qildim. (ilova qilaman)
“O’lchovlar va Integrallar nazaryasi” fanidan “Lebeg integrali va uning xossalari” mavzusi bo’yicha seminarda ma’ruza qildim.. (ilova qilaman)
“Matematik fizikaning zamonaviy usullari” fanidan mustaqil ta’lim uchun berilgan misollarni ishladim. (ilova qilaman)
"Funksional fazolarda limit teoremalar" fanidan "Banax fazolarida katta sonlar qonuni” mavzusida seminarda ma'ruza qildim. (ilova qilaman)
"Asimptotik statistik xulosalar" fanidan “Nuqtaviy bahoning taqsimoti yordamida ishonchlilik intervalining ko’rinishi " mavzusida seminarda ma'ruza qildim. (ilova qilaman)
"Tasodifiy miqdorlar yig'indisi uchun limit teoremalar" fanidan "Kuchaytirlgan katta sonlar qonuni" mavzusida seminarda ma'ruza qildim. (ilova qilaman)