II – variant 1. Quyidagi harakatlardan qaysi biri tekis harakatga misol bo’la oladi ?
I. Tezligi bir xilda kamayib borayotgan jism harakati II. Tezligi bir xilda ortib borayotgan jism harakati III. Bir tekisda tormozlanayotgan jism harakati IV. Tezligi o’zgarmas bo’lgan jism harakati A) I, II, IV B) Faqat IV C) I, II, III D) I, II, III, IV
2. 2,4 m masofadan devorga urilgan tennis koptogi undan qaytayotib 60 sm masofada ushlab olindi . Koptokning ko’chishi va bosib o’tgan yo’li necha sm ga teng ?
A) 180 sm, 300 sm B) 180 sm, 180 sm C) 300 sm, 300 sm D) 300 sm,180 sm.
3. Jismning tezligi 5 s da 2,5 m/s dan 4,5 m/s gacha oshdi. Harakat tezlanishi nimaga teng (m/s2 ) ?
A) 0,8 B) 0,2 C) 0,4 D) 1,4
4. 720 km/soat necha m/s ga teng ?
A) 50 B) 72 C) 200 D) 20
5. Gapni to’ldiring: “ Vaqt birligi ichida jism tezligining o’zgarishi ..... deb ataladi. ” A) ...chiziqli tezlik ... B) ...burchak tezlik...C) ...erkin tushish... D) ...tezlanish...
6. Boshlang’ich tezliksiz to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning 3- s oxiridagi tezligi aniqlang ( m/s ). Tezlanish 1,5 m/s2.
A) 3,6 B) 5,4 C) 3,2 D) 4,5
7. Poyezd 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan stansiyaga yaqinlashmoqda. Uning tezlanishi -1,6 m/s2 bo'lsa, necha sekunddan keyin to'xtaydi ?.
A) 30 B) 25 C) 20 D) 15
8. Jismning tekis tezlanuvchan harakati uchun tezlanishi qanday bo’ladi ?
A) a>0 B) a=0 C) a<0 D) ixtiyoriy
9. Gapni to’ldiring: “ Agar moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar ichida teng masofalarni bosib o’tsa, bunday harakat ... deb ataladi. ” A) ...tekis tezlanuvchan harakat ... B) .... tekis harakat....
C) .... no tekis harakat... D) ...tekis sekinlanuvchanharakat...
10. Qaysi javobda tezlanish birliklari to’g’ri ko’rsatilgan ?
I. m/s II. m/s2 III. sm/s IV. km/s V. m/minut VI. km/s2 A) II, III, IV, VI B) I, II, V C) II, VI D) III, IV, VI
11. To'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda o'rtacha tezlik formulasini aniqlang (v0=0)
A) vo'rt=at2 B) vo'rt=t2 /2a C) vo'rt=at/2 D) vo'rt=at2/2
12. Gapni to'ldiring: " To'g'ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakatda jismning tezlanishi tezlik vektori ……" A) …ga teskari yo'naladi B) … bilan bir xil yo'naladi
C) ga tik yo'naladi D) …bilan ixtiyoriy burchak hosil qiladi
0>