11. Mexanik ish ______________________ kattalikdir. 12. Jism yoki jismlar sistemasining ish bajarish qobiliyatini tavsiflaydigan kattalik _______________________________________________ deb ataladi. 13. Energiya so’zi yunonchada “__________________________” degan ma’noni bildiradi. 14. Mexanik energiya ham _______________ degan asosiy birlikda o’lchanadi. 15-16. Jism __________________ va ________________________ kvadrati ko’paytmasining yarmisi bilan o’lchanadigan kattalik jismning kinetik energiyasi deyiladi. 17. Jism kinetik energiyasining o’zgarishi bajarilgan ________________ ga teng. 18. Yerdan h balandlikdagi m massali jism ______________________________ energiyasi E=mgh formuladan aniqlanadi. 19. O’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning yoki jism qismlarining bir – biriga nisbatan ______________________ ga bog’liq energiya potensial energiya deb ataladi. 20. Jism yuqoridan pastga tushishda og’irlik kuchi ___________________________ ishorali ish bajaradi
Javoblar:
Nazorat ishi mavzusi: Saqlanish qonunlari
Nazorat shakli: Test
I – variant 1. Gapni to’ldiring: “Jismning tezligi tufayli ega bo’ladigan energiyasi ....deb ataladi. ” A) ... potensial energiya ... B) ...kinetik energiya ... C)... ichki energiya ... D) ... quvvat ...
2. Gapni to’ldiring: “ Jismning vaziyati tufayli ega bo’ladigan energiyasi .... deb ataladi. ” A) ... potensial energiya ... B) ...kinetik energiya ... C) ... ichki energiya ... D) ... quvvat ...
3. Gapni to’ldiring: “ Vaqt birligi ichida bajarilgan ish .... deb ataladi. ” A) ... potensial energiya ... B) ...kinetik energiya ... C) ... ichki energiya ... D) ... quvvat ...
4. Jism yuqoriga ko’tarilishda qanday kuchni yengish uchun ish bajaradi ?
A) og’irlik kuchi B) havoning qarshilik kuchi
C) og’irlik kuchi va havoning qarshilik kuchi D) elastiklik kuchi