6 – 9, 10 fizika fanidan nazorat shakllari va ularni baholash mezonlari


Solishtirma qarshilik qaysi harf bilan belgilanadi ? A) R B) I C) ρ D) U 14



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə36/78
tarix12.11.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#68780
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Nazorat ishlari 7dan10gacha @fizika attestatsiya

13. Solishtirma qarshilik qaysi harf bilan belgilanadi ?
A) R B) I C) ρ D) U
14. Zanjirdagi tok kuchi, kuchlanish va elektr qarshilik orasidagi munosabatni aniqlovchi qonun kim tomonidan topilgan ?
A) M. Faradey B) A. Volta C) Om Georg Simon D) A. Mari Amper
15. Eng yaxshi o’tkazgichlar qatorini aniqlang
A) Metallar , nixrom, chinni B) Oltin, kumush, mis, alyuminiy
C) Nikelin, nixrom, xromel D) toza suv, volfram, odam tanasi, konstantan
16. Zanjirdagi tok kuchi ortishi uchun kuchlanish qanday o’zgartirilishi kerak ? ____________
17. __________________________ so’zining o’zbekcha ma’nosi “qarshilik ” demakdir.
18. Ketma-ket ulashda zanjirning hamma joyida _________________________ bir xil bo’ladi.
19. Parallel ulashda zanjirning hamma joyida ______________________ bir xil bo’ladi.
20. 3,5 kW = ________________ W
Javoblar:
















1

A

8

A

15

B

2

A

9

D

16

Oshirilishi kerak

3

C

10

A

17

Reostat

4

B

11

A

18

Tok kuchi

5

C

12

C

19

Kuchlanish

6

B

13

C

20

3500

7

B

14

C









5 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Elektr isitish asboblari.Turli muhitlarda elektr toki
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. 1,5 kA tok kuchi ostida3 soat elektroliz qilish natijasida qancha mis olinadi ? Mis uchun k=0,329 mg/C.
2. 4 Vkuchlanish ostida 1 t toza nikel olish uchun qancha energiya sarflanadi ? Nikel uchun k=0,304 mg/C.
3. Ko'ndalang kesim yuzasi 2 mm2 bo'lgan 10 m uzunlikdagi nikelin simdan 1 soat davomida qancha issiqlik miqdori ajraladi ? Tok kuchi 2,5 A. Nikelin uchun ρ=0,4·10-6 Ω·m
Javoblar: 1) m=5,33 kg 2) E=13,15 MJ 3) Q=45 kJ


II – variant
1. Elektroliz vaqtida katodda 50 mg toza kumush olish uchun elektrolitik vanna zanjiridan qancha zaryad o'tkazilishi kerak ? Kumush uchun k=1,118 mg/C.
2. 5 soat davom etgan elektroliz vaqtida 100 mg toza nikel olindi. Elektrolitdan o'tuvchi tok kuchini toping. Nikel uchun k=0,304 mg/C.
3. 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan elektr isitkichdan 1 soat davomida 8,7 MJ issiqlik ajraldi. Isitkichning elektr qarshiligi topilsin.
Javoblar: 1) q=44,7·106 C 2) I=18,2 mA 3) R=20 Ω


III – variant*
1. Isitkichning quvvati 1,1 kW ga teng bo'lib, 220 V kuchlanish ostida ishlaydi. Agar uning spirali 0,2 mm2 yuzali xromeldan qilinganligi ma'lum bo'lsa, spiral uzunligi topilsin. Xromel uchun ρ=1,4·10-6 Ω·m ga teng.
2. Elektroliz vaqtida katodda 25 mg miqdorda mis olinishi uchun zanjirdan o'tuvchi elektronlar sonini aniqlang. Elektron zaryadi e=1,6 ·10-16 C.Mis uchun k=0,329 mg/C.
3. Nikel olish vaqtida elektroliz 2 soat davom etdi. O'zaro parallel ulangan ikkita elektrolitik vannaning biridagi katodda 40 mg nikel olindi. Agar zanjirdagi umumiy tok kuchi 30 mA ga teng bo'lsa, ikkinchi vannadagi zanjirda qanday tok kuchi hosil bo'lgan? Nikel uchun k=0,304 mg/C.
Javoblar: 1) l=62,8 m 2) N=4,75·1020 3) I=11,8 mA


6 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Turli muhitlarda elektr toki. Magnit maydoni
Nazorat shakli: Test
I – variant
1. Abu Rayhon Beruniy o`z asarlarida magnitni nima eb atagan ?
A) temir tortuvchi B) magneziya toshi С) magnit temirtosh D) somon tortuvchi
2. Magnitlarning xossala to’g’ri bayon qilingan javobni belgilang
1. Turli nomli qutblar bir-biriga tortiladi, bir xil nomli qutblari bir-biridan itariladi;
2.Erkin holda ipga gorizontal osib qo`yilgan magnit qutblari Yerning shimol va janub tomonlarini ko`rsatadi ;
3.Bir qutbli magnit hosil qilish mumkin ;
4.Yer shari ulkan magnitdir. SHimoliy magnit qutbi Yerning shimoliy qutbidan 2100 km uzoqda joylashgan ;
5.Har qanday magnit ikkita qutbga ega: Shimoliy (N) va Janubiy (S)
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 , 5 C) 3, 4 D) 1, 2, 4, 5
3. Gapni to'ldiring: " Gazlar orqali elektr tokining o'tishi …. deb ataladi."
A) rekombinatsiya B) gaz razryadi C) elektron o'tkazuvchanlik D) elektroliz

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin