Javoblar: 1) A=1,98 kJ 2) v'=1,7 m/s 3) μ=0,25 II– variant 1. Massasi 1 kg bo'lgan jism 40 m/s tezlikda vertikal yuqoriga otildi. Uning 2 s dan keyingi kinetik va potensial energiyalarini toping.
2. Tezligi 100 m/s, massasi 600 g bo'gan snaryad gorizontal uchib borayotib uning yo'nalishida 2m/s tezlikda harakatlanayotgan 250 kg massali vagonetkada ortilgan qumga tiqilib qoldi. Vagonetkaning keyingi tezligi nimaga teng bo'ladi ?
3. Qiya tekislikning foydali ish koeffitsiyenti 80 %. Agar qiya tekislikning uzunligi 8 m , qiya tekislik va unda ko'tarilayotgan jism orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,43ga teng bo'lsa, uning balandligi qanchagateng ?
Javoblar: 1) Ek=200 J Ep=600 J 2) v'=2,23 m/s 3) h=6,93 m
4 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi: Statika va gidrodinamika
Nazorat shakli: Test
I – variant 1. Jismdagi uning barcha massasi to'plangandek bo'ladigan nuqtasi qanday ataladi ?
A) og'irlik markazi B) geometrik markaz C) massa markazi D) fizik markaz
2. Jismning turg'unligi nimalarga bog'lq ? I. jism og'irligiga II. jism asosi yuzi kattaligiga III. ag'daruvchi kuchning og'irlik markazidan qanchalik uzoqda A) I B) II C) III D) I, II, III
3. Gapni to'ldiring: "Jism aylanish o'qiga ega bo'lmasa, u muvozanatda bo'lishi uchun unga ta'sir etuvchi barcha kuchlar … nolga teng bo'lishi kerak." A) ayirmasi B) yig'indisi C) ko'paytmasi D) bo'linmasi
4. Harakatlanayotgan suyuqlik yoki gazlardagi dinamik bosim nimaga bog'liq ?
A) suyuqlik yoki gaz turiga B) tezligiga C) suyuqlik yoki gazlardagi turiga D) bosimga
5. Gapni to'ldiring: "Harakatlanayotgan suyuqlik yoki gazlarning tezligi kichik bo'lganda … degan oqim hosil bo'ladi." A) turbulent B) laminar C) uyurmali D) laminar, y'ani girdobli