6- bob. Geo information tizimning konsepsiyasi va talablari


- rasm.GIT-da asboblar turkumi va ma’lumotlar turi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/5
tarix03.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#82684
1   2   3   4   5
6.3.7- rasm.GIT-da asboblar turkumi va ma’lumotlar turi
Ma’lumotlarni kompilasiyalash. Geoishlov yordamida avtomatlashtirish mumkin bo‘lgan tadbirlarni bajarish oldidan ma’lumotlarning sifatli va batafsil ekanligiga ishonch hosil qilish kerak hamda ularning ko‘plab QA/QS so‘rovlariga yaroqliligini nazorat qilish lozim. Mazkur ish oqimlarini geoishlov vositasida avtomatlashtirish birgalikda turkum tadbirlardan foydalanish, mazkur asosiy jarayonlarni ma’lumotlarni ishlovdan o‘tkazish va ularni hujjatlashtirishda ko‘mak beradi.
Tahlil va modellashtirish. Geoishlov - medellashtirish va tahlil qilish uchun hal qiluvchi muhit hisoblanadi. Modellashtirish uchun qo‘llaniladigan ilovalarga quyidagilar kiradi:

  • Chidamlilik va yaroqlilik, prognozlash va muqobil senariylarni baholash modellari.

  • Tashqi modellar integratsiyasi.

  • Modellarni tarqatish va ulardan hamkorlikda foydalanish.


6.3.8- rasm.GITning kompleks modellari.


6.4. Geo information tizimlarda ma’lumotlarni boshqarish

Geografik ma’lumotlar, ma’lumotlarini boshqarish barcha GIT-ilovalar uchun muhimdir. GIT foydalanuvchilari geoishlov funksiyalarini bir ma’lumot bazasidan ikkinchisiga ko‘chirish, turli formatlardagi ma’lumotlarni, masalan GML (Geographic Magkup Language) profayllarida e’lon qilish, bir-biriga o‘xshash Ma’lumotlar to‘plamini birlashtirish, GIT ma’lumotlar bazasi sxemalarini modyernizatsiya qilish, shuningdek ma’lumotlar bazasidagi ahborotlarni batafsil ishlovdan o‘tkazish uchun qo‘llashadi.


Kartografiya. Geoishlovning rivojlangan uskunalari turli masshtabdagi kartografik tasavvurlarni hosil qilish, moddiylashtirish, bosib chiqariladigan kartografiya mahsulotlarini yaratishda sifatni ta’minlash va nazorat qilish (QA/QS), ish jarayonlarining aksar qismini jamlash va avtomatlashtirish uchun foydalaniladi.
GIT – tarmoqlari:
-Ko‘pgina geografik ma’lumotlar umumiy informatsion resurslar asosida boshqarilishlari mumkin;
-Web ulanmalari GIT portal kataloglari deb ataladi, foydalanuvchilarga o‘z ma’lumotlarni taqdim etishini, kerakli ma’lumotlardan unumli foydalanish uchun imkon beradi. Natijada GIT sistemalari ko‘provq butun dunyo o‘ramasiga ulanib ma’lumotlarni olish va almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
GIT tarmog‘ini SDI kirish va yurg‘izish prinsplaridan biri deb aytsa ham bo‘ladi. U ko‘pgina foydalanuvchilar saytlarini birlashtirib va publikatsiya qilishga undab World, Wide, Web bilan birgalikda geografik ma’lumotlardan foydalaniladi. GIT tarmog‘iga uchta asosiy qurilish bloklari kiradi :

  • Metama’lumotlar portal kataloglari, foydalanuvchilar qidirib GIT ma’lumotlarini topilishi uchun;

  • GIT tarmoqlar foydalanuvchilar tomonidan GIT ma’lumotlarini joylashuvi uchun;

  • GIT foydalanuvchilari izlab ushbu ma’lumotlarni topish uchun sersivga murodaat qilishi;

Ma’lumotlarning taxlilini ko‘rsatish uchun GITda qator uslublar amalga oshirilgan o‘lchamli belgilar uslubi – ob’yektlarning taxlil qilinayotgan xarakteristikalarini maxsus belgilar bilan ko‘rsatiladi, ularning o‘lchami sonli ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Rangi va shakli esa-sifatli ma’lumotni ko‘rsatadi.
Sifatli va sonli fon uslubi- bunda bil xil mazmundagi ma’lumotlar guruxlashtiriladi va yaratilgan linyalar turi byeriladi.
Nuqtali uslub-tasviriy vosita sifatida bir xil o‘lchashdagi nuqtalarning ko‘pligi namayon bo‘ladi. Ustun va aylana shaklidagi lokal diogrammalar bir necha xarakteristikalarni solishtirishlarini ko‘rsatadi. Bunday diogrammalar geografik bog‘lanishga ega.
Chiziqlar uslubi – turli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatilishi bo‘yicha keng tarqalgan uslublardan biri. Ularning yordamida izogips(topologik va gipsometrik), izoterm, izobar xaritalar shakillanadi,.
Izochiziqlar yordamida bir xil xususiyatga ega bo‘lgan xududlar ajratiladi: asl izochiziqlar(biror bir ko‘rsatkichni uzluksiz o‘zgarishini ko‘rsatadi masalan garizontallar), va psevdoizochiziqlar, bir xil statistikaga ega ma’lumotlarni tabiatga ko‘rsatadi.
Nazorat savollari

  1. Tasvirli atributlar deganda nimani tushinasiz?

  2. GITda atributlar turlari.

  3. Geoma’lumotlar bazasi turlarini tushintiring?

  4. Geografik tasavvur deganda nimani tushinasiz?

  5. Geovizuallsh usuliga ta’rif bering.

  6. Vizualizatsiyaga ta’rif bering.

  7. Ma’lumotlarni kompilasiyalashga ta’rif bering.

  8. Tahlil va modellashtirishni izoglang.

  9. Kartografiya nima maqsadda qo‘llaniladi?

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin