6 – Ma’ruza Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stantsiyalar (gaes). Kichik va mikro ges. Priliv (pges) va to'lqinli



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/6
tarix30.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#105061
1   2   3   4   5   6
6maruza

GAESlarda alohida generator va nasoslar to‘plamidan yoki ham generator, ham nasos rejimida ishlay oladigan qaytar rejimli gidroelektragregatlardan foydalaniladi. Har ikkala rejimda ham GAESning foydali ish koeffitsienti 100%dan kam bo‘lganligi sababli, sutka davomida olib qaralganda u elektr energiyasini iste’mol qiladi, ya’ni rasmiy jihatdan foyda keltirmaydi. Biroq bu vaqt davomida energotizimning yuklama grafigini tekislanishi hisobiga yuqorida qayd etilgan xarajatlarning bartaraf etilishi natijasida tizim miqyosida salmoqli darajadagi texnik-iqtisodiy samaraga erishiladi. Noan’anaviy energetikani rivojlantirishning samarali yo‘nalishlaridan biri, bu kichik quvvatli GES yordamida katta bo‘lmagan suv oqimlari energiyasidan foydalanishdir.


Yuqori akkumulyasiyalovchi basseyn
Quyi
ta’minlovchi
suv ombori
Stansiya binosi
Quvur
6.1- rasm. Gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyasining prinsipial sxemasi

Bu yunalishning muhimligi shu bilan belgilanadiki, bir tomondan salmoqli potensialga ega bo’lgan suv oqimlaridan foydalanish oson bo’lsa, ikkinchi tomondan, yirik daryolarning gidroenergetik potensiallaridan foydalanish potensiallsrining amaliy jihatdan juda kam qolganligidip. Elektr energiya ishlab chiqaruvchi kichik gidroenergetika ob’ektlari shartli ravishda uchta guruhga: 5000 kVt gacha quvvatli «mini» GES, 3÷100 kVt quvvatli «mikro» GES va o‘rnatilgan quvvati 25 MVt gacha bo‘lgan kichik GESlarga bo‘linadi. Mikro va mini GESlar qishloqlar, fermerlik xo‘jaliklari, shuningdek tegirmonlar, chekka hududlardagi katta bo‘lmagan ishlab chiqarishlar, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan joylar, yaqin o‘rtada elektr uzatish tarmog‘i bo‘lmagan hududlar uchun ishonchli, ekologik toza, ixcham, o‘zini harajatlarini tez oqlovchi energiya manbalaridir. Chunki ushbu hududlarda hozirda va keyinchalik ham elektr uzatish tarmoqlarini qurish mikro GESlarni qurishga nisbatan qimmatdir.

Katta bo‘lmagan elektr stansiyalar tabiat landshaftini, atrof muhitni nafaqat ishlatish jarayonida balki qurilish jarayonida ham saqlab qolish imkonini beradi. Kichik GESlarni ishlatish jarayonida suvning sifatiga salbiy ta’siri yuk bo‘lib, suvning dastlabki tabiiy tarkibini saqlanib qoladi. Boshqa ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘lmish quyosh, shamol energetikasiga qaraganda, kichik gidroenergetika ob havo sharoitlariga diyarli bog‘liq bo‘lmay arzon va uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlab bera olish imkoniyatiga ega.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin