6 – Ma’ruza Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stantsiyalar (gaes). Kichik va mikro ges. Priliv (pges) va to'lqinli



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/6
tarix30.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#105061
  1   2   3   4   5   6
6maruza

6 – Ma’ruza Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stantsiyalar (GAES). Kichik va mikro GES. Priliv (PGES) va to'lqinli (TGES) elektr stantsiyalarda elektr energiyani ishlab chiqarish Reja: 1. Gidroakkumlyatsiyalovchi elektr stansiyalarida (GAES) elektr energiyani ishlab chiqarish. 2. GEAS texnologik sxemalari , asosiy jihozlari , ishlash prinsiplari va FIK. 3. Kichik va Mikro GES lar. 4. Oqim elektr stansiyalarida elektr energiyani ishlab chiqarish 5. To’lqinli GES (TGES) da elektr energiyani ishlab chiqarish.

Gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyasi (GAES) – boshqa elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qabul qilib, uni suvning potensial energiyasiga va zarur vaqtda bu potensial energiyani qayta elektr energiyasiga aylantirishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar majmuyidir. Shunday qilib, GAES odatdagi nasos va gidroelektr stansiyalari rejimlarida ishlovchi inshoot hisoblanadi. GAES turli balandliklarda joylashib, bir-biri bilan quvurlar orqali bog‘langan ikkita suv havzasidan iborat bo‘lgan gidrotexnik inshootlarga ega. Yuqorida joylashgan suv havzasi sun’iy yoki tabiiy (masalan, ko‘l holida), quyi suv havzasi esa to‘g‘on yordamida to‘silgan suv havzasi holida bo‘lishi mumkin. GAES binosi quvurining quyi qismida joylashtiriladi. GAESning prinsipial sxemasi 6.1- rasmda tasvirlangan. Energotizimning sutkalik yuklama grafigini keskin o‘zgaruvchanligi, odatda, uni qoplash uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Bu xarajatlar, birinchi navbatda, issiqlik elektr stansiyalarining yuklamalarini o‘zgarishi, katta yuklamalarda solishtirma yoqilg‘i sarfining nisbatan kattaligi, zaruriy zahirani saqlab turish zarurligi bilan bog‘liqdir. Bunday xarajatlarni kamaytirishning samarali yo‘llaridan biri yuklama grafigini tekislash, ya’ni grafikning o‘zgarishidagi keskinlikni bartaraf etishdir. GAES energotizimda aynan shunday vazifani bajaradi.

,


Energotizimning yuklamasi kam bo‘lgan soatlarda (odatda, sutka davomida 7-12 soat) GAES nasos stansiyasi rejimida ishlaydi.
Natijada energotizimning yuklamasi GAESning quvvatiga teng bo‘lgan miqdorga ortadi. Bunda GAES tarmoqdan oluvchi elektr energiyasi hisobiga suvni quyi havzasidan yuqori havzaga haydaydi. Shu tariqa bunday rejimda tarmoqdan olingan elektr energiyasi suvning potensial energiyasiga o‘zgartiriladi.
Energotizimning yuklamasi katta bo‘lgan soatlarda (odatda, 2-6 soat) GAES odatdagi GES rejimida ishlaydi. Natijada u energotizim yuklamasining bir qismini qoplaydi va tizimdagi boshqa stansiyalarning umumiy yuklamasini GAESning quvvatiga teng bo‘lgan miqdorga kamaytiradi. Bunda u yuqori havzadagi suvning potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantirib, tarmoqqa elektr energiyasini uzatadi. Gidroagregatlarni ishga tushirish va ish rejimini o‘zgartirish jarayonlari bir necha daqiqa vaqtni oladi. Bu esa GAESni yuqori darajada manevrlanganlik xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin