International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
May 21
st
2022
87
ELEKTR ENERGIYA ISTE'MOLIDA VAQT BO'YICHA
TABAQALASHTIRILGAN TARIFLARNI QO’LLASH EVAZIGA
YUKLAMA GRAFIGINI ROSTLASH
t.f.d. prof.,
X.M.Muratov
,
PhD,
K.Sh.Kadirov,
Magistr,
S.G’.Yuldoshev.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.
Annotatsiya
: Maqolada elektr energiya iste’molida vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini qo’llash
orqali elektr yuklama grafigini rastlash uchun qilingan ishlar va kutilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot
keltirilgan.
Kalit so’zlar
: elektr energiya, tarif, energiya tejash, rostlash,
yuklama grafik, aholi, sanoat.
Jaxonda elektr energiyani hisobga olishda vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimlarini qo’llash uchun
yuqori samarador texnologiyalarni yaratish iste’molchilarning elektr energiya iste’molini baholash usullarini
ishlab chiqish, elektr energiyasi sarfini meyorlashtirish, elektr energiya iste’moli jarayonini kompleks
boshqarish
tizimini ishlab chiqish, elektr energiya iste’molini boshqarish jarayonida boshqaruv va texnik
omillarning kompleks tasiri darajasini aniqlash, elektr energiya iste’molini ishlab
chiqarish va texnologik
omillarga bog’liqlik darajasini aniqlash usullarini takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda.
Dunyoda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini iste’molchilarga sifatli va uzluksiz yetkazib berish jarayonini
takomillashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, elektr energiyasiga vaqt
bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo’llashning samaradorligini baholashning, texnologik jarayonlarini
amalga oshirishda elektr energiyasi iste’molini me’yorlashtirishning, elektr energiyasini uzatish va iste’mol
qilish jarayonlarini
kompleks boshqarish, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan texnik
tizimlarini asoslashning yangi uslublari ishlab chiqarilmoqda
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining muhim tarmog’i bo’lib ulgirgan energetika sohasini
sifat jihatini tubdan rivojlantirish va zamonaviy talablar asosida sohaning texnik
hamda texnologik darajasini
oshirish, jumladan, vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini keng qo’llashga kirishilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O`zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi Farmoni, O`zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379-son «Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash
chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
keltirilgan. 2018 yil 1 yanvardan energetika tizimida tariflarning yangi 4 guruhi kuchga kirdi. 2018 yil 1
yanvargacha bo’lgan tariflar tizimining 10 ta guruhi mavjud edi. [1]
Respublika elektr energetika tizimida hozirgi paytda elektr energiyasi iste’molchilari quyidagicha bo’lingan:
qurilish, sanoat, aholi, transport, qishloq xo’jaligi va kommunal maishiy iste’molchilar. Ushbu
iste’molchilarning elektr energiyasi iste’moli turlicha bo’lganligi uchun energetika
tizimidagi noteks
yuklamagrafiklarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun dunyoning barcha mamlakatlarida energetika
tizimidagi noteks yuklama grafiklari o’ziga xos muommolarni keltirib chiqaradi.
Vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi qo’llanilganida yillik iste’mol hajmi bir xil bo’lmaydi.
Iste’molchilarning elektr energiyaga bo’lgan asosiy talab davri asosan sutkaning ertalabki va kechki davriga
to’g’ri keladi.
Sutkalik grafikning asosiy xususiyatlari quyidagicha: noteks grafik (tungi davrdagi minimum yuklamalar
davrining, maksimum yuklamalar davriga nisbati) quyidagicha ifodalanadi:
𝛼
𝐻
=
𝑃
𝑚𝑖𝑛
𝑃𝑚𝑎𝑥
; (1.1)
Yuklamani to’ldirish koeffisenti (o’rtacha sutkalik yuklamalar davrining
maksimum yuklamalar davriga
nisbati) quyidagicha ifodalanadi:
𝛾
3
=
𝑃 𝑜′𝑟
𝑃 𝑚𝑎𝑥
;
(1.2)