International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https :
econferencezone.org May 21 st 2022 88
Shuningdek maksimal yuklamalar davrining soatlar bo’yicha miqdori quyidagicha ifodalanadi.
ℎ =
𝑌
𝑦𝑖𝑙
𝑃 𝑚𝑎𝑥
;
(1.3)
Bunda Y
yil
-yillik iste'mol qilingan elektr energiyasining miqdori, P
max
– energiya tizimining yillik maksimum
yuklamalar davri.[
Vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini amalga oshirish, iste’mol qilingan elektr energiya miqdorini
davrlarga bo’linishiga bog’liq. Masalan, vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini qishgi va yozgi
davrlarda sutkaning “pik” soatlariga qarab elektr energiyasi bahosini o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Italiya, Germaniya, Fransiya vas hu kabi mamlakatlarda vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi
amaliyotga ancha yillar oldin joriy qilingan va bu hozirgi kungacha o’zini oqlab kelmoqda.
Vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimining Yevropa davlatlarida qo’llanilishi shuni ko’rsatadiki,
ishlab chiqarish korxonalarida, aholi turar joylarida, qishloq xo’jaligida va boshqa tizimlarda 20% gacha elektr
energiyasini tejashga erishilgan.
Hozirgi paytda respublika energetika tizimida 750 kVA dan yuqori bo’lgan iste’molchilarda vaqt bo’yicha
tabaqalashtirilgan tariflar tizimi qo’llanilib kelinmoqda. Yaqin kelajakda aholi turar joylari va kichik ishlab
chiqarish korxonalari 750 kVA gacha bo’lgan quvvatga ulangan elektr energiya iste’molchilari uchun ham
huddi shu tartibda vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi qo’llaniladi. Natijada aholi turar joylari
hamda kichik ishlab chiqarish korxonalari 750 kVA gacha bo’lgan quvvatga ulangan elektr energiya
iste’molchilari ham mavjud elektr energiyasi iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarning sutkaning davrlariga
qarab iste’mol qilishlari talab qilinadi. Iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining miqdori qaysi davrga mos
kelsa shu davrga qarab vaqt bo’yicha ikki yoki uch davrli vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimiga
o’tish imkoniyatlari mavjud bo’ladi.
Agar vaqt bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi iste’molchilarning talabiga binoan hafta davomida, dam
olish kunlari, kechasi va kunduzi foydalansa, ya’ni, iste’molchilar talabiga qarab hafta davomida
arzonlashtirilgan narxda foydalanish mumkinligi, shu bilan birga dam olish va bayram kunlari ish kunlariga
qaraganda balandroq narxda vaqt bo’yicha tabalashtirilgan tariflarni qo’llash energetika tizimida elektr
energiyasi yuklama grafigini rostlashga olib keladi.