6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə14/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6 MARUZA

2.3 guruhga Actinomycetales tartibi kiradi. Ular shoxlangan gifalardan iborat bo’lib, ulardan mitseliy hosil bo’ladi. Gifalar bir hujayrali, diametri 0.5 - 2 mkm. Agarli oziqa muhitda o’stirilgan aktinomitsetlarda substrat va havo mitseliylari bo’ladi. Havo mitseliylari to’g’ri shoxlangan, spiralsimon, mutovkasimon ko’rinishda bo’ladi. Sporabandlari bo’lib, sporalar ko’payish uchun xizmat qiladi. Ba’zi aktinomitsetlarda havo mitsellalari o’rnida har xil shoxlangan tayoqchalar bo’ladi. Aktinomitsetlarning saprofit vakillari hayvon, odam va o’simliklarda qo’zg’atadigan kasalliklariga qarshi kurashishda ishlatiladigan antibiotiklar ajratadi. Aktinomitsetlar tartibi oltita oilani o’z ichiga oladi, ba’zilari odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadi turli kasalliklarni qo’zg’atadi.

III. Tenericutes bo’limi
Bu bo’limga rigid (qattiq) hujayra devori yo’q, grammanfiy, pentidoglikan sintezlamaydigan prokariotlar, odam, hayvon va o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikoplazmalar kiradi. Ularda hujayra devori yo’q. Hujayra membranasi 3 qavatdan iborat bo’lib, oval yoki sharsimon shaklli, ba’zilari ipsimon shoxlangan bo’lishi mumkin. Kattaligi 125 - 250 nm, bo’lib, eng kichik bakteriyalarga yaqin. Viruslar kabi bakterial filtrdan oson o’tadi. Ular Mollicutes (mollis - lotincha yumshoq, cutes -teri yoki po’st) sinfini tashqil etib, Mycoplasmatales tartibi va bu tartibga 3 oila - Mycoplasmataceae, Acholeplasmataceae va Spiroplasmataceaelar kiradi.


IV. Mendosicutes bo’limi
Bu bo’limga hujayra devori takomillashmagan, peptidoglikani yo’q, hujayralari sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon, piramida ko’rinishli, kvadrat, olti nurli yulduzsimon, mitselliyli va hokazo shaklli prokariotlar kiradi. Ba’zi vakillari Gram musbat, ba’zilari Gram manfiy bo’yaladi, endosporalar hosil qilmaydi, ko’plari harakatchan.
Ko’pgina vakillari haqiqiy anaeroblar, ba’zilari aerob. Tashqi muhitning ekstermal holatlarida yashaydi.
Bo’limga Archeobacteria sinfi kirib, ular o’zining fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari va ekologiyasining noyobligi bilan va boshqa prokariotlardan keskin farqlanadi. Xususan, ribosoma RNK si - 5S va 16S, transport RNK-lari tarkibi va birlamchi tuzilishi va hujayra devori lipid membranasi tarkibi bilan ajralib turadi. Ba’zi turlarining 100°S dan ham yuqori temperaturada rivojlanishi va boshqa - noyob xususiyatlar bu xil prokariotlarga xosdir.
Arxibakteriyalar 5 guruxga bo’linadi:

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin