6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə8/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
6 MARUZA

Archangiaceae oilasi Archangium avlodiga ega bo’lib, uchlari konussimon vegetativ hujayralari bo’ladi. Mikrotsistalari esa tayoqchasimon shaklga ega.
Poliangiaceae oilasi Poliangium avlodidangina iborat bo’lib, silindrsimon hujayralarining uchlari o’tmas bo’ladi, miksosporalari vegetativ hujayralari bilan bir-biriga o’xshash bo’ladi.
Cytophagales tartibi meva tanalar hosil qilmaydi. Vegetativ hujayralari tayoqchasimon va ipsimon ko’rinishda bo’ladi, sirpanib harakatlanadi, grammanfiy. Bir qancha oilalari mavjud. Cytophagaceae oilasida olti avlod mavjud. Ular ichida Cytophaga avlodining vakillari tayoqchasimon yoki ipsimon bo’lib, ularning uchlari o’tmaslashgan yoki konussimon bo’ladi, bu organizmlar mikrotsistalar hosil qilmaydilar, haqiqiy aerob yoki fakultativ anaerob. Xemoorganotroflar bo’lib xitin, agar, sellyuloza va boshqa moddalarni parchalaydi.
Sporacytophaga avlodining vakillari mikrotsistalar hosil qiladi.
Beggiatoaceae oilasiga kiruvchi organizmlar rangsiz uzun shoxlanmagan iplar ko’rinishida bo’ladi, iplarni tashkil qiluvchi zanjirdagi qator hujayralarni yo’g’onliklari har xil bo’ladi. Harakati sirpanib amalga oshadi. Birorta substratga yopishmaydi.Ko’payishi ayrim hujayralarni ko’ndalangiga bo’linishi orqali bo’ladi. Gram manfiy. Miksotrof yoki xemoorganotroflar. Aerob yoki mikroaerofillar.
Beggiatoa avlodi birorta substratga yopishmagan iplar (trixoma) hosil qiladi. Turib qolgan vodorod sulfidga boy joylarda uchraydi. Beggiatoaceae oilasi sulfidlarni sulfatlargacha oksidlaydi. Ularni oq rangda bo’lishi oksidlanishni oraliq mahsuloti bo’lib bakteriya hujayrasida oltingugurt ‘lementi to’planishidir.
1.8 guruh – xlamidobakteriyalar. Bu gurux vakillari hujayrasining usti qobiq bilan o’ralgan. Bu guruhga yettita avlod kiradi.
Sphaerotilus avlodi – bir hujayrali, tayoqchasimon grammanfiy organizmlar bo’lib, subpolyar joylashgan xivchinlarga ega. Zanjirsimon bo’lib uchlari bir-biri bilan ulangan hujayralardan tashkil topgan uzun ipsimon shaklga ega bo’lib o’sadi. Ularni usti shilimshiqsimon moddalardan tuzilgan qobiq - qin bilan o’ralgan bo’ladi. Xlamidobakteriyalarning iplari bir necha millimetrga yetishi mumkin. Hujayralar qin ichida bo’linib ko’payadi. Hosil bo’lgan harakatchan qiz hujayralar qin ichidan sirpanib chiqib ketadi yoki qinning parchalanganida undan chiqishi mumkin. Bu avlod vakillari chuchuk suvlarda, qog’oz va sut sanoati chiqindilari bilan ifloslangan suvlarda uchraydi.
Leptothrix avlodi vakillari - to’g’ri tayoqchalar shaklida bo’lib, ular zanjir hosil qilib qobiq bilan o’ralgan holda uchraydi. Ba’zan ular ayrim yoki bir guruh hujayralar holida suzib yurishi mumkin. Qobiqlari temir yoki marganets oksidlarining gidratlari bilan to’yingan yoki qoplangan holda uchraydi. Hujayrasi bitta polyar xivchinga ega. Grammanfiy. Aerob. Yuqorida aytilgan vakillar kabi chuchuk suvlarda yashaydi. Bulardan tashqari Streptothrix, Crenothrix , Clonothrix avlodlari ham mavjud.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin