6- mustaqil oʻzbek bolalar folklori namunalarini toʻplash, nashr etish va ilmiy estetik qiymatini oʻrganish



Yüklə 23,95 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü23,95 Kb.
#202908
  1   2   3
6 MUSTAQIL


6- MUSTAQIL
Oʻzbek bolalar folklori namunalarini toʻplash, nashr etish va ilmiy estetik qiymatini oʻrganish
Bolalar folklori o`zbek bolalar adabiyotining sarchashmasi.
Bolalar folklori – kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o`zaro uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlar va musiqiy poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og`zaki ijodiyotining o`ziga xos tarmog`idir.
Shunga qaramay, o`zbek bolalar folklori namunalarini to`plash, nashr etish va ilmiy-estetik qimmatini o`rganishga uzoq zamonlar e`tibor berilmay kelindi. XX asrning dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan esa-da, u uzluksiz jarayonga aylanmadi. Elbek to`plab, tartib berib 1937-yilda chop ettirgan «Bolalar qo`shig`i» to`plamidan O. Safarov tartib bergan «O`zbek xalq ijodi» seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan «Boychechak» to`plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish ana shu fikr dalili bo`la oladi. O`zbek bolalar folklorini o`rganish 60yillardan e`tiboran izchillasha bordi.
Z.Husainovaning «O`zbek topishmoqlari» (1966), G`.Jahongirovning «O`zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning «Bolalarni erkalovchi o`zbek xalq qo`shiqlari» (1983), «O`zbek bolalar poetik folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O`zbek bolalar o`yin folklori» (1998) singari tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko`zga tashlanadigan bo`ldi. Shuni ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo`shiqlariga munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo`lganini e`tirof etish bilan bolalarning bu sohadagi qo`shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari ham mavjud. To`g`ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o`tkazilish tartiblarini ham, rasm-rusumlari va qo`shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost.
Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz o`tmagan; hech bo`lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko`rgach, o`sha marosimni keyinroq o`yinda muqallid qilib o`zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo`shiqlarni to`qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o`z marosim va mavsum qo`shiqlari yuzaga kela boshlagan.
Bu jarayon davr o`tishi, turmush sharoitining o`zgarishi, yangicha ijtimoiy munosabatlarning tug`ila borishi tufayli u yoki bu marosimning tamoman yo`qolishi, yo shunchaki kattalar o`rtasida nufuzini yo`qotishi natijasida o`sha marosim bolalar o`yini yoki ijrochiligida yashash shakliga o`tishi bilan yanada chuqurlasha borgan. Bunday holatni «Boychechak», «Chittigul», «Binafsha», «Oppoqijon» kabi mavsum qo`shiqlari misolida yaqqolroq ko`rish mumkin. O`zbek bolalar folklori namunalari tabiatidan kelib chiqib, genetik asoslariga ko`ra uni uch qismdan tarkib topgan hodisa sifatida kuzatish mumkin:

  1. Kattalar hamisha o`z farzandlarini o`ylab yashaganlar – mehnat va ijod bilan shug`ullangan. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to`g`risida qayg`urish majburiyatining tobora chuqurlashuvi tarzida kechib, talay qo`shiqlarning to`qilishiga sabab bo`lgan. Ayniqsa, chaqaloqni parvarish etish mas`uliyati behad katta bo`lgan.

Onalar ana shu murakkab mas`uliyatni zimmalariga olganlar: o`tkir zakovat, tadbirkorlik, beqiyos insoniy mehribonlik evaziga o`zlari goho tushunib, goho tushunmay, «bolalarni tarbiyalab o`stirish bilan mamlakatning kelajak tarixini, demakki, dunyo tarixini ham tarbiyalab etishtirganlar. Bu yo`lda qo`shiq ularga madadkor bo`lgan: bolalarini qo`shiq bilan uxlatganlar, yig`lasa-kuylab ovutganlar, erkalatganlar, hatto qo`shiq bilan chaqaloqqa daxldor marosim rasm-rusumlarni bajarganlar. Shu zaylda allalar, aytim-olqishlar, ovutmachoqlar, erkalamalar, qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlar yuzaga kelgan. Ularda erkalash leytmotiv bo`lgan. Shu sababli xalq og`zaki poeziyasining ana shu namunalarini erkalash poeziyasi tarzida umumlashtirish va xarakterlash asoslidir.
Erkalash poeziyasi namunalari ijro maqsadi, o`rni va bola yoshiga munosabatiga ko`ra
ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruhga mansub qo`shiqlar bolaning beshikdaligi davri bilan chambarchas bog`liq, shu vajdan ularni beshik qo`shiqlari deyishadi. Allalar va etnografik mazmundagi aytim-olqishlar ana shunday xarakterga ega.
Beshik qo`shiqlari chaqaloq uch yoshni to`ldirgunigacha aytilsa, ikkinchi guruhga mansub qo`shiqlar bola tug`ilganidan to 6-7 yoshga to`lgunigacha ijro etilsa-da, aslida ular beshik bilan bog`lanmagan onalik mehri tarovatidan bitilgan badihalardir. Bular suyish qo`shiqlari bo`lib, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlardan tarkib topgan.

Yüklə 23,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin