6-10 kv LI ta`minlovchi tarmoqlarni qurish



Yüklə 11,11 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü11,11 Kb.
#201862
  1   2
shaxar elektr ta`minoti

6-10 KV li ta`minlovchi tarmoqlarni qurish


Elektr tarmogʻi — elektr energiyasini uzatilishi yoki taqsimlanishi maqsadida bir-biriga ulangan asbob-uskunalar va qurilmalar hisoblanadi. Umumiy maqsadlarga moʻljallangan Elektr tarmogʻi elektr stansiyalar bilan isteʼmolchilarni havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bogʻlaydi, hududiy jihatdan tarqoq isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usulda taʼminlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bogʻlanmaydigan Elektr tarmoqlari ham boʻladi. Qanday maqsadlarga moʻljallanganligiga qarab, ular taʼminlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, yaʼni elektr energiyasini kichik elektr stansiyalardan shahar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar isteʼmolchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi boʻyicha ikki guruhga, yaʼni kuchlanishi 1 kV gacha va undan yuqori boʻlgan tarmoqlarga boʻlinishi mumkin.
.Chet el mamlakatlarining shahar elektr ta’minot sxemalari.6-10 kV li ta’minlovchi tarmoqlarni qurish. Radial zaxiralanmagan tarmoq.Sirtmok va yarim-yopiq tarmoqlar. Binolar elektr tarmog‘i sxemalarini qurish. Turar-joy binolarida elektr tarmogini taqsimlash sxemalari.Jamoat binolarida elektr energiyani ichki taqsimlash sxemalari.1000 V gacha kuchlanishda ishlatiluvchi apparatlar.Taqsimlovchi uskunalar. Elektr ta’minoti tizimida texnikiqtisodiy hisoblar. Shahar elektr tarmoqlari parametrlarini optimizatsiyalash va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili. Kabel liniyalarining texnik-iqtisodiy xususiyatlari.Kabel liniyalarining kesim yuzalarini iqtisodiy tanlash va optimallashtirish.
Bu nimstansiyalarda transformatorlar 6-10 kV li shinalarga quyidagi uchta variant bo‘yicha ulanadi:
a) o‘zgich orqali;
b) yuklama o‘zgichi va saqlagich orqali;
v) ajratgich va saqlagich orqali.
Bu holatda transformator himoyasi uchun o‘zgich va saqlagichlar xizmat qiladi, kommutatsion o‘chirib-yoqishlarni amalga oshirish uchun esa: o‘zgich, yuklama o‘zgichi va ajratgichlar. (a) sxema 630-1000 kVA va undan yuqori bo‘lgan quvvatli transformatorlar uchun qo‘llaniladi. NN tomondan transformator va chiquvchi liniyalarga avtomatlar yoki saqlagichlar o‘rnatiladi. Tarmoqni uchastkalarga bo‘lish kerak bo‘lgan taqdirda, ketuvchi liniyalarga o‘zgichlarni yoki yuklama o‘zgichlarini o‘rnatish imkoniyati mavjuddir.Bunday qurilmalarning o‘rnatilish zaruriyati shahardagi shoxobchalanmagan tarmoqlarda kelib chiqadi.Bundan tashqari, shahar tarmoqlarida YUK va PK tarafdan ZAU (AVR)li sxemalar keng tarqalgan.
Yuqori kuchlanish (6-10 kV) tarafidan ZAU li bir transformatorli TP sxemasi.
Normal rejimda YUU-1 (VN-1) o‘zilgan, YUU-2 esa o‘chirilgan. (1) chi magistral o‘chirilgandan so‘ng, bu TP ning ta’minoti (2) chi magistralga ulanadi. Bu sxemaning kamchiligi transformator zaxirasining yo‘qligidadir.Ikki transformatorli nimstansiyalarda ZAU past kuchlanish tarafida avtomatlarni (kontaktorlarni) qo‘llagan holda bajariladi – rasm (a,b).
A1 va A2 – avtomatlar (normal rejimda o‘chirilgan).
Normal rejimda ikkala transformatorlarning ishlash vaqtida As - o‘chirilgan.
Agar YUK va PK tarafidan berk rejimda ishlovchi shahar tarmoqlarida TP o‘rnatiladigan bo‘lsa, transformatorning PK tarafidan maxsus bir tomonlama quvvatda ishlovchi BQA (AOM) avtomatlarga ega bo‘lgan sxema qo‘llaniladi. TP-1 va TP-2 lar turli magistrallar shinalaridan ta’minlanadi. Mabodo L-1 da QT sodir bo‘lsa, TP-1 orqali 0,38 kV li tarmoqdan 6-10 kV li tarmoqqa teskari tok oqib o‘tadi va BQA o‘chiriladi.
TP-1 ning PK tarmog‘i TP-2 dan ta’minlanadi. Sanoat tarmoqlarida bu sxemalar qo‘llanilmaydi, chunki ular ochiq sxema rejimida ishlaydi.

Yüklə 11,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin