6-10 kv LI ta`minlovchi tarmoqlarni qurish



Yüklə 11,11 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü11,11 Kb.
#201862
1   2
shaxar elektr ta`minoti

6-10 kv li linya va kabel elektr tarmoqlarini shaxar elektr tarmoqlarida qo`llanilidi bundan asosiy maqsad isrofni kamaytirish bolib hisoblanadi Asosan shaxarlarda 10 kv lik kabellardan foydalanib 6-kv kuchlanish yetqaziladi bu istemolchilar oldidagi kichik transformatorlarda 380 v ga aylantirib istemolchilarga jo`natiladi

Bu linyadagi 220 kv li kuchlanisni 10 kv ga tushirib beradigan padstantsiya


Hozirgi zamonda texnik osishni ta‘minlaydigan fan va texnika (avtomatika, elektronika, telemexanika va aloqa) asosiy bolimlarining rivojlanishini kompleks vazifali qurilmalarga ta‘luqli tizimlar va elementlar ishonchliligi hisobisiz va ularga ta‘luqli savollar yechimisiz tasavvur qilib bolmaydi. Bu esa umumiy ishonchlilik nazariyasining rivojlanishida, ishonchlilikning xarakteristikalarini (inkor va ishochli-lik vazifalari, ortacha toxtovsiz ish vaqti, boshqa qurilmalarning inkor jadalligi) va uning asosiy mezonlarini aniqlashda va yoritishda katta rol oynadi.
Elektr energetika tizimida ishonchlilik muhandislik hisob uslubi va nazariyasi-ning rivojlanishi korsatilgan bolimlarga qaraganda sal kechroq boshlandi. Umumiy ishonchlilik nazariyasining mexanik kochirishlarni elektr tizimining har xil bogin-larida amalga oshirib bolmaydi. Ularni aniqlashtirish va elektr ta‘minoti tizimining xususiyatiga moslashtirish shart. Bunday xususiyatlarga:
- energiyani ishlab chiqarish, uzatish va foydalanish jarayonining uzluksizligi va ajralmasligini hisobga oladigan elektr taminotining xarakteri;
- elektr energiyasining sifati va ishonchliligi boyicha har xil talablarga ega bolgan iste‘molchilar tomonidan elektr energiyasining koplab maqsadlarga ishlatilishi;
- hisobga olinmasa ham boladigan tarmoqning kichik ehtimoldagi toliq ishdan chiqishi hamda potensial rejimli ortiqcha elementlarning katta miqdordagi manbalar va iste‘molchilari tufayli yuzaga keladigan toliq rejali va rejasiz ta‘mir;
- elektr ta‘minot tizimi elementlari ozi bilan elementlardan tashkil topgan murakkab tizimni namoyon qiladi. Ularning ishonchlilik xarakteristikalari toliq korsatilmagan va ishlash sharoiti, materiallar turi va sifati, tuzilishiga oid xossalarga bogliq;
- ishlash sharoiti va toxtovsiz ortacha ish vaqtini hisoblash uchun bir necha yillar ketadigan, ishonchlilik xarakteristikasi ta‘sirini hisobga olish ancha qiyin bol-gan elementlarning profilaktik ta‘miri va sinoviga duch keladigan, zavod va laboratoriya sharoitida sinov statik materiallarini olish qiyinligi;
Yana shuni aytish joizki, atrof-muhit va elektr ta‘minoti tizimi ozaro ehtimolli tabiatga ega. Ba‘zi maqsadga etish ehtimolligi haqida - kerakli miqdorda va sifat korsatkichida (kuchlanish, chastota va h.k.) elektr energiyani iste‘molchiga yetkazish gapirib otish mumkin.
Elektr ta‘minot tizimining ishonchliligi energetika tizimining sifat korsatkich-laridan biri hisoblanadi. Lekin bu korsatkich jiddiy ravishda farq qiladi. Masalan, tizimning energiya sifat korsatkichidan. Agar tizim kerakli ishonchlilikka ega bolmasa, qolgan korsatkichlar ozining amaliy ahamiyatini yoqotadi. Chunki ular ekspluatatsiyada toliq ishlay olmaydilar.
Elektr ta‘minot tizimi samarador ishlashi uchun miqdoriy korsatkich sifatida haqiqiy chiqish samaradorligining ideal samaradorlikka nisbati qollaniladi.
Samarador ishlashning miqdoriy bahosi elektr ta‘minoti tizimining ishonchlilik hisobi ahamiyatli natijalardan biri hisoblanadi. Tizim samaradorligining miqdoriy bahosi ishonchlilikning miqdoriy korsatkichiga tayanishi kerak.
Ushbu fanni ozlashtirish uchun ehtimollar nazariyasi yordamida elektr ta‘minoti tizimining ishonchlilik hisoblari asosida qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan. Fanni organish vaqtida misollarni yechish paytida vujudga keladigan barcha savollarga javob bera olmaydi, lekin fanda oquvchi uchun asosiy hisob usullari toliq keltirilgan.
Elektr tarmogʻiga, foydalanilishiga koʻra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi boʻyicha halqali va radial; ishlash rejimi boʻyicha ochiq va berk turlarga boʻlinadi. Elektr tarmogʻi tarkibiga YEOr tokni oʻzgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr stansiyalari kiradi. Oʻzgaruvchan tok Elektr tarmoqlari keng tarqalgan. Oʻzbekistonda bunday Elektr tarmoqlari uchun 12,24,36, 48,60, 127, 220, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750, 800, 1000 kV li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. Oʻzgarmas tok Elektr tarmoqlari, asosan, shaharlar, qisman temir yoʻl elektr transporti va baʼzi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanishi 220 V gacha boʻlgan. Elektr tarmoqlar kichik quvvatli isteʼmolchilar (uy-roʻzgʻor yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kV gacha boʻlgan Elektr tarmoqlar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanish 6 kV dan yuqori boʻlgan Elektr tarmoqlardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi.
Hisob davri uchun texnologik yo‘qotishlar kuchlanishi 220–500 kV, 35–110 kV, 6–10 kV va 0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlari bo‘yicha, shuningdek shartli-o‘zgarmas yo‘qotishlar, yuklama yo‘qotishlar hamda hisobga olish tizimining ruxsat etilgan xatoliklar bilan bog‘liq yo‘qotishlar bo‘yicha alohida va umumiy hisoblab chiqiladi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 11,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin