2 1
!
kor, o‘zining fashistlar qo‘lidan osonlikcha qutula olmasligini,
aziz umri mana shu tutqunlikda xazon bo‘lishi ehtimolini o‘y-
lamasligi mumkin emas edi.
Qolaversa, dushman ham o‘z chan-
galida oddiy odam emas, balki fashizm kirdikorlarining tub mo-
hiyatini teran anglaydigan, agar qamoqxonadan
tirik chiqib ketsa,
bu yerda ko‘rgan-kechirganlarini dunyo afkor ommasiga oshkor
qilishi mumkin bo‘lgan qalami o‘tkir ijodkor turganini yaxshi bi-
lardi. Shu tufayli ham fashistlar shoirni xufiyona o‘ldirishni
maqsad qilgan edilar. Ularning bu niyatini ichdan his qilgan
Musa Jalil o‘limni
mardonavor qarshi oladi, uning qoshida tiz
cho‘kmaydi. Garchi o‘zining jonsiz vujudi tuproqqa qorishib
ketsa-da, misralar aro uning o‘lmas ruhini o‘zida mujassam
etgan she’r-u dostonlari mudom tirik bo‘lishini bashorat qiladi.
She’rning so‘nggi misralari esa Musa Jalilning
butun hayoti va ijodiga qo‘yilgan go‘zal badiiy obida
bo‘lib qoldi:
«O‘lim» deyish mumkinmi, axir,
Yengib o‘lgan bunday o‘limni?
Darhaqiqat, shoirning «Moabit daftari»da kuylangan erkin
hayotga
chanqoqlik, insoniyatning baxtli kelajagiga ishonch
hissi Musa Jalilning har qanday o‘limni dog‘da qoldirganidan
yorqin dalolatdir. Shu daftardan o‘rin olgan «Qushcha» nomli
she’rida qamoqxonaning tikanli simiga kelib qo‘ngan erkin
qushchaga murojaat qilib, shoir:
Uch, qushcha, hur
Qo‘shig‘im bo‘lib! –
Shudir sendan so‘nggi tilagim.
Tanim qolsin bunda (Tan nima?)
Ona
yurtga borsin yuragim, –
deya kuylagan edi. Uning o‘lim oldidan qilgan orzusi ro‘yobga
chiqdi. Shoir she’rlarida ifoda etilgan o‘tli tuyg‘ular, go‘zal
2 2
insoniy hislar nafaqat yurti va o‘z yurtdoshlari, balki jahonning
ko‘plab xalqlari yuragiga yetib bordi,
millionlab qalblarda aks
sado berdi. Jumladan, o‘zbek kitobxoni Musa Jalilning «Moabit
daftari» to‘plamini (tarjimon – Mamarasul Boboyev) va bosh-
qa asarlarini o‘z ona tilida o‘qib, ko‘ngliga jo qildi.
1. Musa Jalilning hayoti va ijodi qanday davrda kechdi?
2. Shoirning serqirra faoliyati o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?
3. «Moabit daftari»ning yaratilish tarixini so‘zlab bering.
4. Bu qo‘lyozmaning taqdiri qanday kechgan ekan?
5. «Ishonma» she’rida shoirning qanday kechinmalari badiiy
ifodasini topgan?
6. Nima
sababdan shoir
«Bu so‘zni –
Do‘stlar aytmas meni sevsalar» deya ishonch bilan ta’kid-
laydi?
7. Musa Jalil taqdiriga o‘xshash taqdirli ijodkorlardan yana
kimlarni bilasiz?
8. Shoirning «Ishonma» she’rini yod oling.
Dostları ilə paylaş: