Kontaktsiz datchiklar, kontaktsiz o‘chirgichlar – bu avtomatlashtirish asboblari obyekt holatini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
GOST 26430-85 bilan «kontaktsiz o‘chirgich» termini kiritilgan. Keyinchalik GOST Р 50030.5.2-99 bilan bu termin «kontaktsiz datchik»ga o‘zgartirildi. Hozirgi paytda ikkala termin ham qo‘llanilib kelmoqda (2.4.-rasm).
2.4.-rasm.Kontaktsiz datchik ko‘rinishi
Kontaktsiz o‘chirgich (VB), obyekt o‘chirgichni sezgir zonasiga tushganda, kommutatsiya operatsiyasini bajaradi. Ta’sir etuvchi obyekt va sezgir element orasida mexanik kontakt yo‘qligi uchun, VB uning ishini ishonchligini ta’minlaydi. (2.5-rasm)
2.5-rasm. Kontaktsiz o‘chirgich
Kontaktsiz o‘chirgichni funksionalnal sxemasi uchta blokdan iborat (2.6-rasm):
2.6-rasm. Kontaktsiz o‘chirgichning funksional sxemasi
Sezgir elementning aktiv yuzasiga obyekt yaqinlashsa, kontaktsiz o‘chirgich ishga tushadi. Bunda 400 mA bo‘lgan doimiy tok zanjirlari va 250 mA bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirlarida, kommutatsion element qo‘shiladi yoki ajraladi (yoki ikkita operatsiyani bajaradi).
Kontaktsiz datchiklar sezgir elementining ta’siri bo‘yicha quyidagi prinsip bo‘yicha klassifikasiyalanadi – induktiv, optik, sig‘im va h.k.
Kontaktsiz o‘chirgichlar – bu turli soha texnologik jarayonini avtomatlashtirishning birlamchi o‘zgartgichi bo‘lib, quyidagilarda qo‘llaniladi:
qishloq xo‘jaligi
suv xo‘jaligi
avtomobil qurish
mashinasozlik va h.k.
VB ni qo‘llanish sohasini kengligi, texnologik masalalarni yechish kengligi:
Dostları ilə paylaş: |