6-amaliy mashg`ulot. Texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish. Qog’ozdan ko’gazmali qurollar yasashni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish reja



Yüklə 115,87 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü115,87 Kb.
#166455
  1   2   3   4
6-AMALIY


6-AMALIY MASHG`ULOT. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI O‘RGATISH. QOG’OZDAN KO’GAZMALI QUROLLAR YASASHNI O’RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma’lumot.
2. Texnologiya ta’limi darslarida AKTdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Amaliy mashg‘ulotlar uchun taqdimot tayyorlash texnologiyalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: axborot texnologiyasi, power point, prezintatsiya, kompyuter turlari, zamonaviy texnologiyalar.
Bugungi kunda respublikamizning ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning me'yoriy-huquqiy bazasini tubdan takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy izlanishlar va zamonaviy texnologiyalarni boshlangʻich ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, bilish faoliyatini shakllantirish orqali boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalarini oʻstirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Buni esa aynan boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarni, salohiyatli, metodik jihatdan kuchli qilib tarbiyalashdan boshlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sifatini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Ta’lim jarayonida natijaviylikka erishish boʻyicha oʻquvchilarning aqliy va ijodiy tafakkurini oʻstirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan.
Ta’lim tizimida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini texnologiya fanini puxta oʻrgatish uchun axborot ta’lim resurslari, ijodiy materiallar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, fanga boʻlgan qiziqishni oʻstirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining boshlangʻich sinf texnologiya darslarida foydalanish va uni darslarda joriy etishda quyidagi bir qator muammolar oʻz yechimini topishi kerakligi ta’kidlanadi:
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini texnologiyani oʻrgatishda oʻziga xos innovatsion texnologiya turi bu - axborot texnologiyasi ekanligi; Boshlangʻich sinf texnologiya darslari jarayonida har bir innovatsion texnologiyalarning oʻz oʻrni bor. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalarning bir turi sanalgan axborot texnologiyasi - oʻquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oʻstirish uchun xizmat qiladi. Axborot texnologiyasi interfaol metodlar, didaktik oʻyinlardan farqli oʻlaroq, barcha tushuncha va mavzularni ekranda koʻrib, fikr yuritishda va amaliy uchun yaxshi samara beradi.
Texnologiya darslari axborot texnologiyalari va ularning turlaridan foydalanish eng yaxshi vosita ekanligi qayd etildi.
2. Boshlangʻich sinf texnologiya darslaridan axborot texnologiyalari orqali oʻtishda ehtiyoj seziladigan mavzular bazasini shakllantirish lozim; Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish belgilangan mavzu yuzasidan chuqur bilim olish, tasavvur, tushuncha hosil qilish uchun zamin yaratadi.
3. Axborot texnologiyalaridan boshlangʻich sinf texnologiya darslarida foydalanish uchun uni didaktik vositalari tizimini ishlab chiqish zarur.
4. Boshlangʻich sinf texnologiya darslari jarayonida yaxshi samara bera oladigan axborot texnologiya turlarini ajrata olish va undan foydalanishni tashkillashtirish.
Oʻqituvchi boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan qoʻllashda didaktik vositalardan foydalanish uchun maxsus koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi zarur.
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallar quyidagi muammolarni hal etishi zarur:
1. Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir materiallarni tanlash va ularni oʻqitish samaradordigini oshirishda saralangan materiallardan nazariy (ma’ruza) va amaliy mashgʻulotlarda qanday an'anaviy, noan'anaviy metodlardan hamda shakllardan foydalanishni aniqlash.
2. Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallar oʻquvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlashlarini, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni, mantiqiy mulohaza yuritishlarini, amaliy ishlarni bajarishni hisobga olish.
3. Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarni boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga samarali usulda oʻqitish metodikasini ishlab chiqish.
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlagan materiallaridan oʻquv jarayonida foydalanishi deganda quyidagi maqsadlar tushuniladi:
1. Tanlangan materiallar texnologiya fanining oʻquv rejasi va fan dasturi talablariga mos kelishi, Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining qiynalmasdan oʻzlashtirib olishlariga yordam berishi;
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarashni, amaliy ishlash ko‘nikmasini o‘stirish;
3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni oʻstirish;
4. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda abstrakt tafakkurni, mantiqiy mushohada yuritishni rivojlantirish;
5. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni egallagan nazariy bilimini qiynalmasdan amaliyotda qoʻllay bilishi;
6. Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallardan oʻquv jarayonida foydalanish maqsadli va rejali asosda boʻlishi, zaruriy pedagogik vaziyatni aniqlangan holda tanlanishi.
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlangan materiallarga quyidagi didaktik talablarni qoʻyish mumkin:
1. Tanlangan materiallarning mazmuni didaktik va metodik talablarga javob berishi kerak.
2. Tanlangan materiallar mazmuni sodda, qisqa va tugallangan matnda ifodalangan boʻlishi zarur.
3. Tanlangan materiallar mazmuni va ulardagi faktlar haqiqiy boʻlishi lozim.
4. Tanlangan materiallar va sinov savollari aniq hamda tushunarli boʻlishi darkor.
Axborot texnologiyasi shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiya boʻlib, oʻquvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, taʼlim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taʼminlash, faollikni oshirish, oʻz-oʻzini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.
Hozirgi vaqtda taʼlimda quyidagi asosiy axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda va oʻrganilmoqda:

Yüklə 115,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin