- “checkbox” (ing. checkbox – belgilash katakchasi) – bir necha variantlarni tanlash mumkin bo‘lgan belgilash katakchasini hosil qiladi;
2. -rasm. Belgilash katakchasini hosil qilish. - “hidden” (ing. hidden – yashirin) – turli xizmatchi ma’lumotlar uchun maxfiy maydon hosil qiladi. Ushbu maydon veb-sahifaga ko‘rinmaydi; - “password” – parol kiritish uchun maydon hosil qiladi. Ushbu maydonga yozilgan simvollar o‘rniga parolning maxfiyligini saqlash maqsadida “yulduzcha” belgisi aks ettiriladi;
3.-rasm. Xizmatchi ma’lumotlar uchun maxfiy maydon hosil qilish -“radio”–berilgan variantlarning ichidan faqat birini tanlash mumkin bo‘lgan radiotugma hosil qililadi;
4.-rasm. Radio tugma maydonni hosil qilish. -“reset”–formadagi barcha maydonlarining qiymatlarini boshlang‘ich holatga qaytaruvchi tugma hosil qilinadi; -“button”–tugma hosil qilinadi; -“image”–forma ma’lumotlarini serverga yuborish uchun grafik tugma hosil qilinadi; -“submit”–forma ma’lumotlarini serverga yuborish uchun oddiy tugma hosil qilinadi.
5.-rasm. Forma maydonlarini hosil qilish. Shuningdek, HTML tilining 5 talqinida «type» atributi uchun bir qancha qo‘shimcha qiymatlar kiritilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: -“date” – foydalanuvchiga “DD.MM.YYYY” formatda sana tanlash maydonini hosil qiladi; Ishlab chiqarilgan sana: "date">
6-rasm. Forma sana maydonlarini hosil qilish. - “datetime” – UTC vaqt zonasiga muvofiq sana va vaqt tanlash maydonini hosil qiladi; -“datetime-local” – mahalliy sana va vaqt tanlash maydonini hosil qiladi; Mashg’ulot vaqti: "datetime-local">
7-rasm. Forma sana va soat maydonlarini hosil qilish.
- «list» atributi – ushbu atribut
qilingan ma’lumotlar ro‘yxatini maydon bilan bog‘laydi va natijada
maydonga kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning variantlari taklif etiladi.
Ushbu holatda taklif qilinadigan variantlar to‘yxati dastlab ko‘rinmay turadi,
maydon faollashishi bilan ro‘yxat taklif etiladi;
8-rasm. Formada maydonini «list» atributi orqali hosil qilish.
- «name» atributi – maydonning nomini aniqlaydi va shu nom orqali
maydonga murojaat qilish mumkin bo‘ladi;
- «placeholder» atributi – maydonga qiymat kiritilgunga qadar unga
qiymat sifatida ko‘rinib turuvchi matn. Maydonga qiymat kiritilishida
ko‘rinmaydi. Ushbu atribut maydonga qanaqa qiymat kiritilishi lozimligi
haqida foydalanuvchiga izoh beradi.
Masalan:
"text" placeholder="Ismingizni kiriting
9-rasm. Formada maydonini «placeholder» atributi orqali hosil qilish.