6-Amaliy mashg’ulot. Veb-sahifada forma (shakl)lar bilan ishlash Ish maqsadi: Asosiy HTML da formalar bilan ishlash va ko'nikmalarini egallash .
Masalani qo’yilishi: Tizimga ro‘yxatdan o‘tishni amalga oshirish bo’yicha veb-sahifa HTML da yarating.
Uslubiy ko'rsatmalar:Internetda foydalanuvchi kompyuteri va veb-server orasida ma’lumot almashish HTML forma (shakl)lari orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi veb sahifadagi shaklning maydonlariga kerakli ma’lumotlarni yozib uni veb-serverga yuboradi. Serverda esa, ushbu ma’lumotlar maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi. Masalan, tizimga ro‘yxatdan o‘tishni amalga oshirishda foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini maxsus maydonlar orqali serverga yuboradi va serverda ushbu ma’lumotlarning ma’lum talablarga (masalan, qayta aloqa uchun electron pochta manzili yoki maxfiy so‘zga qo‘yiladigan talablar) mosligi tekshiriladi hamda tizimning ma’lumotlar bazasida yangi yozuv qayd etiladi. Shundan so‘ng foydalanuvchiga amallar muvaffaqiyatli yoki, aksincha, amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi axborot uzatiladi.
HTML tilida forma (shakl)lar
- «method» (ing. method – usul) atributi – ushbu atribut ma’lumotlarni
serverga yuborish usulini aniqlashtiradi. «method» atributi “GET” yoki
“POST” qiymatlarini qabul qiladi.