6-Amaliy mashg’uloti Mavzu: Teodolitni tekshirish va tuzatish. Maqsad


Asbobni gorizontal holga keltirish



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#132655
1   2   3   4
Asbobni gorizontal holga keltirish 
Asbob ish oldidan bir ikki kunda bir marta tekshiriladi.
Lekin asbob bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganda hamma vaqt avval 
gorizontal holatga keltiriladi, keyin o’lchash ishi boshlanadi. 
Gorizontal holatga keltirish uchun limb mahkamlanib, alidadani bo’shatiladi 
va adilak ixtiyoriy ikkita ko’tarish vinti o’rtasiga qo’yiladi; shu ko’tarish vintlari 
buralib, adilak pufakchasi o’rtaga keltiriladi.
Keyin alidada bo’shatilib, u 90° ga aylantiriladi va 3- vintni burab, pufakcha 
o’rtaga keltiriladi. Shunda asbob gorizontal vaziyatga kelgan bo’ladi. 
2.Iplar turining bir ipi vertikal bo’lishi kerak.
Buni tekshirish uchun teodolitni gorizontal vaziyatga keltirgach, asbobdan 
20-30 m masofadagi uzun shovun chiziqqa (ipga) qaraladi.
Agar vertikal ip bor bo’yicha shovun chiziqni qoplasa, shart bajarilgan 
bo’ladi, aks holda shart bajarilmaydi. Buni tuzatish uchun okulyar qalpoqchasini 
burab olib, okulyar tirsagini ob’ektiv tirsagi bilan birlashtiruvchi to’rtta vint 
(shurup) otvertka bilan bo’shatilib, okulyar qismini to’r ipi shovunni bor bo’yicha 
berkitguncha buraladi. Keyin to’rt vint mahkamlab qo’yiladi. 
3.Trubaning ko’rish o’qi mo trubaning aylanish o’qi aa1 ga perpendikulyar 
bo’lishi kerak.
Bu shart bajarilmaganda kollimatsion xato s hosil bo’ladi.


1—truba, 2—iplar to’ri, 
3—ob’ektiv, 4—vertikal doird,
 5—kollimatsion xato. 
Masalan, 4.2–shaklda ko’rish trubasining kesimi ko’rsatilgan. Bunda ko’rish 
o’qi mo trubaning aylanish o’qi aa
1
ga perpendikulyar bo’lganda, ko’rish o’qi mo 
bo’ylab limbdan sanoq olinar edi. Lekin to’r markaziy m
1
da bo’lsa, m
1
o trubaning 
aylanish o’qi aa
1
ga perpendikulyar bo’lmay, m
1
o bo’yicha ketib mo bilan s 
burchak hosil qiladiki, bu kollimatsion xato deyiladi.
Bu xato qiymatini aniqlash uchun limbni mahkamlab alidada bo’shatiladida, 
trubaning vertikal doirasi 3 trubaga nisbatan o’ng tomonda turganda (bu “doira 
o’ngda” DO’ yoki R bilan ko’rsatiladi) truba uzoqdagi M nuqtaga qaratiladi va I 
vern’erdan 75° 44' 00" sanoq olinadi. II vern’erdan yolg’iz minut va sekund 43' 
00" olinadi. Keyin minut, sekundlarning arifmetik o’rtasi hisoblanadi: 
"
30
'
43
75
2
"
00
'
43
"
00
'
44
75
0
0



Bu sanoqni R deb olsak R = n
1
±= 75° 43' 30" bo’ladi. Keyin truba 
bo’shatilib o’z o’qi aa
1
atrofida 180°, ya’ni zenit orqali aylantiriladi.
Bunda vertikal doira trubaga nisbatan chap tomonda bo’ladi va bu turish 
doira chapda deb, DCh yoki L bilan belgilanadi. Alidadani bo’shatib, truba yana M 
nuqtaga qaratiladi.
Bunda ko’rish o’qi m
2
o bo’yicha ketadi. Keyin yuqoridagi kabi, I vern’erdan 
gradus, minut va sekund, ikkinchi vern’erdan esa minut, sekund sanoqlari olinib 
bularning arifmetik o’rtasi hisoblanadi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin