6. Kompressorlar
1.
Kompressorlarning ishlash uslubi va turlari
2.
Haydash jarayoni tahlili
3.
Porshenli kompressorning indikator diagrammasi.
Kalitli so`zlar: hajmiy kompressor, parrakli kompressor,
siqilgan gaz, kinetik energiya,
haydash jarayoni, siqilish jarayoni, indikator diagramma.
6.1. Kompressorlarning ishlash uslubi va turlari
Kompressorlar turli gazlarni yoqish uchun ishlatiladi. Kompressorda siqilgan havo,
texnikaning turli sohalarida keng qo`llaniladi. Masalan,
siqilgan havoda ishlovchi, metallurgiya
sanoatida o’choqlarga havo purkashda, metallarni katta bosim ostida kesishda, qurilish ishlarini olib
borishda va h.k.
Ko`proq tarqalgani mexanik kompressorlar hisoblanadi. Ishlash uslubiga qarab mexanik
kompressorlar hajmiy va parraklikka bo`linadi. Hajmiy kompressorlarda
bosim ortishi gazning
hajmini chegaralangan devorlarni bir-biriga yaqinlashishi hisobiga bo`ladi. Ular porshenli, rototsion
turlarga bo`linadi. Parrakli kompressorlarda siqilish ikki holatda yuzaga keladi: avval gazga tezlik
rotorni aylanishi hisobiga beriladi, so`ngra harakatga kelmaydigan maxsus kanaldan (diffuzorda)
oqimning kinetic energiyasi
potensial energiyaga aylanadi, ya`ni tezlik kamayib, bosim ortadi.
Parrakli kompressorlar markazdan qochma va o`qliga bo`linadi.
6.1-rasm.Porshenli kompressorning chizma tasviri.
Porshenli kompressor (6.1-rasm) Krivoship-shotun mexanizmi-6 yordamida
harakatga
keladigan porshen-2 ega bo`lgan silindr-1 dan tashkil topgan. Porshenli chapdan o`ngga harakatga
kelishida klapan-3 ni ochiq holatida gazni silindrga so`rilishi yuzaga keladi.Porshenni qayta
harakatida, ya`ni o`ngdan chapga harakatlanishida havo siqiladi va L
1
-klapanni
silindrdan itarib
ochadi.
Rotatsion kompressorlar (6.2-rasm) porshinni o`rnini sirg`anuvchi plastina-2 o`rnatilgan rotor
bajaradi.Markazdan qochma kuchta`sirida ushbu plastinalar qobiq-1 ga yaqinlashtirilgan bo`ladi.
Rotor korpusda ekstsentrik joylashgan bo`ladi, shuning uchun plastinalar orasiga tushgan gaz sikli
rotor aylanishi hisobiga hajmda kamayib boradi, shuni hisobiga bosim ortadi.
Markazdan qochma
kompressor chizmasi 6.3-rasmda ko`rsatilgan. Kanal-3 ko`rinishida ishchi parraklardan tuzilgan
disk-2, korpusda aylanadi. Parraklar oralig`idagi kanalga kirgan gaz markazdan qochma kuch
ta`sirida
hartarafga
otilib,
parraklari
qobiqqa
mahkamlangan
diffuzor-4
ga
kelib
tushadi.Diffuzorlarda gazning kinetik energiyasi potensial energiyaga aylanadi. Shunday yo`l
bilan
olingan siqilgan gaz kerak joydaishlatiladi.