2.OAV axborot–psixologik urushni olib borish vositasi sifatida.
3.Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi.
4.Jamoa ruhiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta
axborot tarqatadigan mamlakatning mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasida keng tarqatish va targ‘ib qilish. Lekin bunday vazifa borligi haqida ular ochiq oydin aytmaydi, aksincha, uni har xil yo‘llar bilan yashiradi. Masalan, inson huquqlari yoki demokratik andozalar niqobi ostida va hokazo.
“Birinchi darajali” va “rivojlanmagan” davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi
“Birinchi darajali” va “rivojlanmagan” davlat haqidagi afsonalar aslida bir necha asrlik tarixga ega. Ammo sayyoramiz mamlakatlarini bunday toifalarga bo‘lish uchun asos yo‘q. Iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy jihatlardan rivojlangan mamlakatlar aholisi yaxshi yashaydi degan gapning o‘zi uncha ham to‘g‘ri emas. “Yaxshi yashash” nima degani? Moddiy boylik yetarligimi? Unda nega aholisi eng uzoq umr ko‘radigan Yaponiya bir necha o‘n yilliklar davomida dunyo mamlakatlari ichida o‘z joniga qasd qiluvchi fuqarolar soni jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadi? Nega Samarqand va Buxoro to‘ylarini ko‘rgan fransuz va nemislar bizning urf-odatlarimizga havas bilan qaraydilar va “sizlarga Yevropa madaniyati kerak emas ekan” degan fikrlarni bildiradilar? Bu AQSH professori Samuyel Xantington aytgan madaniyatlar (sivilizatsiyalar) to‘qnashuvi emas, aksincha, ular turfa xilligi, kolaversa, sirtqi dialogidir.
Tomas Ron (1913-2000)
1976-yilda u axborotni harbiy kuchlarning eng zaif bo‘g‘ini deb ta’riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas’ul kishilarni e’tiborini qaratdi. Shundan beri mazkur so‘zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda.
Axborot urushi
“Axborot urushi deb, ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning moddiy yutuqqa ega bo‘lish maqsadida bir biriga ochiq va yashirin maqsadli axboriy ta’sirlarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda axborot urushini deb yanada raqib ustidan axboriy hukmronlikka erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar yetkazish uchun davlatning xarbiy kuchlari, xukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tabdirlar va operatsiyalar majmuasiga aytiladi”
Har bir OAV auditoriyaga o‘ziga xos ta’sir etish kuchiga ega. Internetgacha ularning ichida eng samaralisi televideniye edi, chunki u tomoshabinga uch yo‘l bilan axborot yetkazadi: tasvir, ovoz va mantiq. Shuning uchun televideniye ommaviy ravishda tarqalganidan keyin besh-o‘n yil ichida besh yuz yillik tarixga ega bo‘lgan matbuotdan uzib ketdi. Radioga ham katta kuchga ega, chunki u ikki kanal orqali ta’sir ko‘rsatadi, ovoz va mantiq. Uning afzalligi – jonli ovoz yordamida auditoriya bilan muloqot qilish, bunday usul axborot manbai bilan tinglovchi o‘rtasidagi masofani yo‘qotadi. Inson ovozi, uni yurakdan chiqishi, undagi hayajon va samimiylik radioning imkoniyatini keskin oshiradi. Matbuotning o‘quvchi bilan muloqot yo‘li esa asosan mantiqiy isbotdan iborat, bunday ta’sirga ma’lum miqdorda tasvir ham qo‘shiladi: gazetadagi rasmlar, rang, sarlavhalar ko‘rinishlari.
Turli OAV (televideniye, radio, davriy matbuot)ning o‘ziga xos psixologik ta’siri.
Internetni ko‘p mutaxassislar harbiylarning ixtirosi deb aytadi. Aslida esa dastlabki bosqichda uni AQSHdagi to‘rtta universitet kashf etdi. Mazkur universitetlar kompyuterlarini bir tizimga birlashtirib, o‘zaro kutubxonalaridan foydalana boshladilar. Pentagon esa bundan tez xabar topdi. Va ihtironing imkoniyatlarini o‘rganib, undan harbiy qumondonlikni takomillashtirish maqsadida olimlarni jalb etib, ularga barcha sharoitlarni yaratib, arpanetni (internetning birinchi nomi) o‘z maqsadlariga yo‘naltirdi.
Internetning paydo bo‘lishi va internet jurnalistikasining takomili.
Ayrim mutaxassislar (masalan, G.G.Pochepsov) tomonidan unga hech narsani qarshi qo‘yib bo‘lmaydigan shpris ta’siriga qiyoslaydilar. Bunday o‘xshatishda ma’lum bir haqiqat bor. Agar biror-bir g‘oyani, u yolg‘on bo‘lsa ham, OAV haddan tashkari ko‘p va turli shakllarda takrorlaversa, auditoriya (garchi u ushbu g‘oyaga dastlabki bosqichda ishonmagan bo‘lsada) borib-borib keyincha unga ishonadigan bo‘ladi. har xil uslublarda, barcha OAVda ma’lum bir fikrni takrorlash odamning ostki ongiga ta’sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan bo‘ladi. Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi.
Neyrolingvistik dasturlash
Agar radio, televideniye va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs haqida qayta-qayta biror-bir noto‘g‘ri baho takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi xalqlar, har xil millatlar unga ishonadilar. Neyrolingvistik dasturlash uchun eng qulay OAV televideniyedir, chunki u auditoriyaga bir paytni o‘zida uchta kanal orqali o‘z ta’sirini o‘tkazadi. AQSH kommunikativistlari televideniyeni xatto trankvilizatorga ham o‘xshatadilar.
6-MA’RUZA. AXBOROT KURASHI VA OAV
Reja:
1.Dunyoda axborot o‘lchovlarining o‘rganilishi.
2.OAV axborot–psixologik urushni olib borish vositasi sifatida.
3.Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi.
4.Jamoa ruhiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari