- ish joyini tayyorlash uchun 1000 V kuchlanishdan yuqori
bo‘lgan elektr zanjirlarini o‘chirish, erga ulash hamda vaqtinchalik
to‘siqlar qo‘yish talab qilinmasa, bunday o‘rindoshlik vazifasini
bajarishga yuqorida ko‘rsatilgan uskunalarni ishboshi tomonidan
o‘chirishi yoki yoqishiga hamda ish joyini tayyorlashga va ishlashga
ijozat berishga ruxsat bergan xodimning ruxsati bilan o‘chirgichni
o‘chirishi yoki yoqishiga tegishli releli himoya va avtomatika
uskunalarini sinab ko‘rishga ruxsat etiladi.
Elektrostansiya va podstansiyalardagi elektr uskunalarida elektr
xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan yakka ishchiga
kuyidagi ishlarni farmoyish bilan amalga oshirishga ijozat beriladi:
- ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari hududini obodonlashtirish,
o‘t-o‘lanlardan tozalash, yo‘llar va yo‘lakchalardagi qorni tozalash;
- 2,5 metrdan past balandlikda taqsimlovchi elektr uskunalari
xonasidan tashqarida joylashgan radio va aloqa tarmoqlari
uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
- taqsimlovchi elektr uskunalari xonasidan tashqarida joylashgan
to‘siqlarda va uskuna ustiga yopilgan qoplamalardagi doimiy
yozuvlarni qayta tiklash;
-
transformatorlar,
generatorlar
va
boshqa
uskunalarni
quritilishini nazorat qilib turish;
- moylarni quritish va tozalashda moy tozalagich hamda
yordamchi apparatlarga xizmat ko‘rsatish;
- kompressorlar, transformatorning moy nasoslari, ventilyatorlar-
ning mexanik qismlari va elektr motorlarida bajariladigan ishlar;
Dostları ilə paylaş: |