- izolyatorlarni artish;
- qisqichlardagi boltlarni tortib qo‘yish;
- simlar va shinalar ulangan qismini tortib mahkamlash;
- tekshirish uchun moy olish va etishmaganda quyish;
- transformatordagi o‘ramlarning sonini ko‘paytirish va kamaytirish bilan kuchlanishni o‘zgartirish;
- releli himoya vositalari, avtomatika, o‘lchov asboblarini tekshirish;
- begona energiya manbai yordamida elektr uskunani yuqori kuchlanishda sinash;
- o‘lchov shtangasi yordamida izolyatorlarni tekshirish;
- kabel elektr tarmoqlarining shikastlangan joylarini topish.
Har bir podstansiya va qo‘shilmada ishlashga ijozat berish naryadning 3-jadval ida rasmiylashtiriladi.
Har bir podstansiyada ish ushbu naryad bo‘yicha to‘la tamom qilinganidan keyingina uskunani elektr tarmog‘iga ulab tushirishga ruxsat beriladi.
Farmoyish bir nechta elektr uskunalarda (qo‘shilmalarda) navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun berilishi mumkin.
III. Taqsimlovchi elektr uskunalari hududida joylashgan havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari, dispetcherlik va texnologik boshqaruvchi vositalari uchastkalarida ishlash.
Taqsimlovchi elektr uskunalari hududida joylashgan havo elektr uzatish tarmoqlaridagi ish havo elektr uzatish tarmoqlarida xizmat qiluvchi xodimlar tomonidan berilgan naryad asosida