Taqsimlovchi elektr uskunalari tashqarisida, 2,5
metrdan past
balandlikda joylashgan yoritgichlarni tozalashga ulardagi lampalarni
almashtirishni elektr xavfsizligi bo‘yicha II gruppaga ega bo‘lgan bir
ishchi farmoyish bilan bajarish mumkin. 2,5 metrgacha balandlikdagi
taqsimlovchi elektr uskunalar ichida uning
xonalaridan tashqarida
o‘rnatilgan yoritgich apparatlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
farmoyish bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan
yakka ishchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tok o‘tkazuvchi qismlari to‘silgan 1000 V kuchlanishdan yuqori
bo‘lgan elektr uskunalari
joylashgan xonalarni, hamda boshqaruv va
releli himoya vositalari joylashgan xonalarni tozalash farmoyish bilan
elektr xavfsizligi bo‘yicha II gruppaga ega bo‘lgan
bir ishchi
tomonidan bajarilishi mumkin. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari
maydonini tozalash farmoyish bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha III
gruppaga ega bo‘lgan yakka ishchi tomonidan bajarilishi mumkin.
V. Sinov savollari.
1. Elektrostansiya va podstansiyalarning
elektr uskunalari hamda
kabel elektr tarmoqlarida
ish bajarishda ish rahbarini tayinlash.
2. Podstansiyalar, qo‘shilmalarda bitta
naryad bilan bir nechta ish
joylarida ish bajarish.
3. Taqsimlovchi elektr uskunalari hududida joylashgan havo va
kabel
elektr uzatish tarmoqlari, dispetcherlik va texnologik
boshqaruvchi vositalari uchastkalarida ishlash.
4. Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari hamda
kabel elektr tarmoqlarida farmoyish bo‘yicha ish bajarish.