6-ma’ruza
Ishlatish va haydash quduqlarining yer usti jihozlari
Ishlatish va haydash quduqlarining yer usti
jihozlariga favvora armaturasi,
kolonna
boshchalari,
flanetsli g‘altaklar, manifoldlar, berkituvchi va
boshqariluvchi qurilmalar hamda bosim ostida ochqich-yopqichlarni
almashtirish
uchun maxsus moslamalar kiradi.
Favvora armaturasi
(2.7-jadval) neft va gaz (ishlatish va haydash)
quduqlarini ishlatish rejimlarida
quduq ustini germetiklash, nazorat qilish va
boshqarish uchun xizmat qiladi.
2.17-rasm. Favvora armaturasining ikki quvur boshchali namunaviy sxemasi:
1-manometr;
2-
manometrning
tamba moslamasi;
3-
manometr ostidagi flanets;
4-
tamba
moslamasi; 5-uchlik, krestovina;
6-
drossel; 7-quvur boshchasining
o‘tkazuvchisi;
8-
javob qaytaruvchi flanets;
9-
quvur boshchasi.
Favvora armaturasining sxemalari ГОСТ 13846—84 (ST SEV 4354—83)
bilan reglamentlashtirilgan. Keltirilgan standartga
mos ravishda favvora
armaturasining oltita namunaviy sxemalari ajratilgan (2.17-rasm): to‘rttasi —
uchtalik, ikkitasi — xochsimon.
Favvora armaturasi talabga qarab, quduqlarni ikki qatorli lift bilan ishlashini
ta’minlovchi yon tarmoqlarda qo‘shimcha trubali boshcha va tamba moslamalari
bilan jihozlanishi mumkin. Ba’zida bir necha
elementlarni bir blokka
birlashtirishga ham to‘g‘ri keladi, bunda takrorlanuvchi tamba moslamasi,
avtomatlashtirilgan himoya qurilmalari va masofadan
turib boshqariluvchi tamba
qurilmalari qo‘llanishi mumkin.
Favvora armaturasi talabga qarab quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
a) normal (ishchi muhit harorati -40 - + 120 °S);
b) zanglashga chidamli:
v) karbonat kislotasiga chidamli K
1
(SO
2
hajmiy miqdori 6%
dan ortiq
emas);
2.7-jadval