Quduqlarni burg‘ilash jarayonida kolonna boshchasiga preventor
joylashtirilsa, ishlatishda esa favvora armaturasi joylashtiriladi (2.17-rasm).
Mustahkamlovchi boshchalari ikki turda ishlab chiqariladi:
bir flanetsli, quyi qismi konduktorga qotiriladi; korpus va korpusning yuqori
qismidagi flanetsga texnik va ishaltish kolonnasi o‘rnatiladi va qotiriladi;
ikki flanetsli oraliq, korpusning quyi flanetsiga konduktor yoki quyi
kolonna
boshchasi o‘rnatiladi; korpus va korpus yuqori
qismidagi flanetsga texnik, oraliq
yoki ishlatish kolonnalari o‘rnatiladi yoki qotiriladi.
2.18-rasm. Mustahkamlovchi quvurlarni joylashtirishning namunaviy sxemalari:
I, II, III sxemalar – mos ravishda bir, ikki va uch kolonnali quduq konstruksiyasi;
IV, V, VI sxemalar – mos ravishda uzaytirilgan bir, ikki va uch kolonnali quduq
konstruksiyasi; 1-ishlatish kolonnasi; 2,3-oraliq kolonna; 4-konduktor; 5- kolonna
flanetsi; 6-quyi kolonna
boshchasi; 7-o‘rta (oraliq) kolonna boshchasi; 8-flanetsli
katushka; 9-yuqori kolonna boshchasi.
Mustahkamlovchi quvurlar klinli va muftali ilgichli kolonnalari yordamida
o‘rnatiladi. Klinli ilgichlar – uch-olti to‘plamli tishsimon nasechkali klinlardan
iborat; muftali ham huddi klinlidek, faqat rezbali birikmalar qo‘llaniladi.
Bir flanetsli kolonna boshchalari yordamida obsad kolonnasini bog‘lash
uchun qo‘llaniladigan jihozlar ikki turda ishlab chiqariladi:
Mustahkamlovchi quvurlarining muftali ilgichli OKM;
Mustahkamlovchi quvurlarining klinli ilgichli OKK.
OKK turidagi jihozlar alohida yig‘iladigan birliklar – kolonna
boshchalaridan tashkil topgan. Konduktorning yuqori uchiga biriktiriladigan quyi
kolonna boshchasini (GNK) konduktorga uchta variantda biriktiriladi:
Boshcha korpusidagi
ichki rezba yordamida; tashqi rezba yordamida;
payvandlash.
Mustahkamlovchi muftali quvurlarning OKM turidagi quvur boshchalari 14
MPa ishchi bosimga tayyorlanadi (TU 26-02-201—76 «Oborudovanie dlya
obvyazki obsadnыx kolonn tipa OKM»).
Klinli OKK turidagi quvur boshchalari 21, 35 va 70
MPa ishchi bosimga
tayyorlanadi (TU 26-02-579—74 «Oborudovanie dlya obvyazki obsadnыx kolonn
tipa OKK» va TU 26-02-728—76 «Oborudovanie ustya neftyanыx i gazovыx
skvajin na rabochee davlenie 70 MPa»).
Dostları ilə paylaş: